huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talabning
qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq;
3) qarzni talab qilish huquqini bundan buyon amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi uchun - talab
qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qiymati bilan mazkur talabni sotib olish
xarajatlarining summasi oʻrtasidagi ijobiy farq.
(2-q.)
Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab
qilish huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan oʻzganing
foydasiga voz kechish shartnomasiga koʻra olingan salbiy farq soliq toʻlovchining
zarari deb
eʼtirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi.
301-modda. Ilgari chegirib tashlangan
xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini
qoplash tarzidagi daromad
(1-q.)
Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini
qoplash tarzidagi
daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) joriy soliq davrida oʻrni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga boʻlgan huquqlardan
oʻzganing foydasiga qayta voz kechish yoʻli bilan oʻrni qoplangan,
oldin xarajatlar jumlasiga
kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb eʼtirof etilgan talablarning summalari;
2) chiqimlarning (xarajatlarning) oʻrnini qoplash uchun Oʻzbekiston
Respublikasi davlat
budjetidan olingan mablagʻlarning summalari;
3) sugʻurta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan toʻlangan zararni kompensatsiya
qilish
summalari, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasida koʻrsatilgan sugʻurta toʻlovlari
mustasno;
4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning oʻrnini qoplashdan olingan boshqa
kompensatsiyalar.
(2-q.)
Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan boʻlsa, oʻsha hisobot
(soliq) davrining daromadi boʻladi.
Dostları ilə paylaş: