hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning jamlama hisobi jamg‘aruv
qaydnomasiga yozib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan
foydalanish mumkin:
1010-«Xom-ashyo va materiallar»
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar»
1030-«Yoqilg‘i»
1040-«Ehtiyot qismlar»
1050-«Qurilish mollari»
1060-«Idish va idish materiallari»
1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»
1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari»
1090-«Boshqa materiallar».
Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi,
kreditida esa ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot
davri boshidagi materiallar qoldiG‘ini aks ettiradi.
Mol yetkazib beruvchilar schYotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga
materiallarning qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Qabul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki yetishmasligi aniqlansa, u holda
materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schYotlar».
Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib
beruvchilar hujjatlarida
ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli material
schyotlari
debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» hisobvarag‘i kreditlanadi.
Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schYotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy
tannarxiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Materiallarning sarflanishini buxgalteriya hisobida hisobga olishning muhim
xususiyatlari mavjud. Korxonada materiallar quyidagi maqsadlar tufayli ombordan chiqib
ketishi mumkin:
ishlab chiqarishga sarflanganida;
ortiqcha materiallar sotilganida va boshqa hollarda.
Ombordan ishlab chiqarishga materiallar sarflanganida
quyidagicha buxgalteriya
provodkasi beriladi:
D-t Ishlab chiqarish xarajatlari (2010, 2310, 2510 va hokazo)
K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar».