sotish qiymati ularning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga teng
bo‘lmasligi mumkin.
3
Tovar-moddiy zaxiralari sof sotish qiymatigacha quyidagi
usullar asosida qisman
hisobdan chiqariladi:
1.
Moddalar bo‘yicha usul – bunda tovar-moddiy zaxiralarining har bir turi
baholanadi;
2.
Asosiy tovar guruhlarining usuli – bunda tovar-moddiy
zaxiralarining guruh
imtiyozi baholanadi;
3.
Zaxiralarning umumiy darajasi usuli – bunda hamma tovar-moddiy zaxiralari
baholanadi.
TMZlar hisobdan chiqarilgan ularning
haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni
baholashning quyidagi usullarini qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin:
7. Transport-tayyorlov xarajatlari hisobi.
Materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinganida ko‘p hollarda ularni sotib
olish hamda tayyorlash bilan bog‘liq operatsiyalar 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid
qilish» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqning debetida 6010, 2310, 2010,
6990 va boshqa hisobvaraqlarning kreditlari bo‘yicha materiallarning sotib olish qiymati
qiymati shakllanadi. Shuningdek bu yerda materiallar bilan bog‘liq
transport-tayyorlov
xarajatlari ham ifodalanadi.
Bu hisobvaraqning kredit tomonida 1010-1090-hisobvaraqlarning debeti bo‘yicha
haqiqatda kelib tushgan va kirim qilingan materiallarning hisob qiymati aks ettiriladi.
Hisob narxlarida qabul qilingan materiallar va ularni sotib olish hamda tayyorlash
qiymatlari orasidagi farq 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar» hisobvarag‘iga
o‘tkaziladi va har oyning oxirida 1610-«Materiallar qiymatidagi og‘ishlar»
hisobvarag‘ining debetida yig‘ilgan summa ishlab chiqarishga va boshqa ehtig‘jlarga
sarflangan materiallarning qiymatiga mutanosib taqsimlanib, xarajatlar hisobvarag‘iga
ko‘chiriladi.
1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» hisobvarag‘i
debetidagi qoldiq
korxonaga hali kelib tushmagan yo‘ldagi materiallar qiymatini ifodalaydi.
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham kiradi.
Bularga materiallarning shartnoma qiymatidan tashqari ularni sotib olish bilan bog‘liq
barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarning turlari bo‘yicha tegishli
hisobvaraqlarda mavjud materiallarning umumiy hajmi bo‘yicha transport-tayyorlov
xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi.
3
International Accounting Standard 2 Inventories. IFRS 2016, Red book.
Dostları ilə paylaş: