Biotexnologiya asoslari


Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Antibiotiklar sintezlovchi produsent mikroorganizmlar
Antibiotik moddalarni sanoat sharoitida ishlab chiqarish asosan biologik sintez asosida amalga 
oshiriladi yoki biosintez jarayonida olingan fiziologik faol birikma molekulasini kimyoviy 
modifikasiya qilish yo’li bilan olinadi. Faqat sanoqli antibiotiklargina kimyoviy sintez yo’li bilan 
olinadi (masalan: xloromfenikol). 
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan antibiotiklarni manbalari bakteriyalar, aktinomisetlar va 
miseliali zamburug’lardir. 
Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar
Bakteriyalar ishlab chiqaradigan antibiotiklar 600 ga yaqin nom bilan aytiladi. Lekin, nisbatan 
uncha ko’p bo’lmagan miqdordagi antibiotiklar sanoat asosida chiqariladi. Bular orasida Bacillus 
brevis var. U.V. hosil qiladigan S gamisidinni, Bac.polymyxa va Bac.circuis lar ishlab chiqaradigan 
polimiksinlar, Bacillus licheniformis sintezlaydigan basitrosinlar, Streptococcus lactis kulturasi 
hosil qiladigan nizinlarni aytish mumkin. 
Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklarning o’ziga xoslik tomoni ular o’zining kimyoviy 
tuzilishi jihatidan polipeptidlarga (uzunchoq yoki xalqasimon) va kichik molekulali oqsillarga 
kiradi. 
Bitta produsent taraqqiyoti jarayonida bir qancha kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin 
antibiotiklar sintez qiladi. Masalan: gramisidinlarni besh shakldagisi ma’lum (A, V, S
D
, S
(S)
, D), 
bular aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi; polimiksinlarni (22 shakli bor, shular qatorida A, A
2

V, V
2
, S, D, D
2
, E
1
(kolistin A), E

(kolistin V, M, R, R
2
).
Polimiksinlar tarkibiga aminokislotalar bilan bir qatorda diaminmoyli va metiloktan kislotalar 
(metilgeptan) kiradi. Basirosinlar o’nta alohida antibiotiklarni birlashtiradi (A, A
1
, V, S, D, E, F, F
2

F
3
, va Y). Sut achitqisi streptokokk hosil qiladigan nizin ettita asosiy oqsil tarkibiga kiradi. Lekin 


faqat nizin biologik faollikga ega. Nizin streptokokklar sintez qiladigan hamma oqsilning 20% ga 
yaqinini tashkil qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin