Biotexnologiya asoslari


Klonal mikroko’paytirishda qo’llaniladigan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139
Biotexnologiya asoslari

Klonal mikroko’paytirishda qo’llaniladigan
uchinchi usul
. Somatik hujayralardan, tashqi 
ko’rinishi zigotali kurtakchaga o’xshagan kurtaksimon strukturani tabaqalanishiga (differensiasiya) 
asoslanadi. Bu usul somatik embriogenez deb nom olgan. In vitro sharoitida kurtak hosil bo’lishini 
in vivo (tabiiy) holatdagidan farqi shundan iboratki,somatik kurtaklar, kurtak qopchasidan 
tashqarida aseksual rivojlanadilar va o’zlarini tashqi ko’rinishlari bo’yicha bir vaqtni o’zida poya va 
ildizni apikal meristemalarini rivojlanishi kuzatiladigan ikki polyarli tuzumani eslatadilar. 
0000Stevardni tushuntirilishicha, somatik kurtaklar rivojlanishni uch bosqichini o’tadilar: 
globulyar, yuraksimon, torpedosimon va oqibatda maysa bo’lib unib chiqadi. 1950 yillarda sabzi 
hujayralarida birinchilardan bo’lib kuzatilgan bu ko’rinish hozirgi davrda Orchidaceae va Rutaceae 
3.12-rasm

Er tutini klonal 
ko’payishi 
 
a- mikroko’payishni o’zi;
b– adaptasiya bo’lgan 
o’simlik. 
3.13-rasm.
Eksplantni epidermal va 
subepidermal hujayra qavatida 
adventiv kurtaklarni hosil bo’lishi 


oilalariga mansub bo’lgan shuningdek boshoqlilarni ba’zi birlarini (bug’doy arpa) beda, redis, tok 
va ba’zi daraxtlar kabi ko’plab o’simliklarni ko’paytirish uchun ishlatilib kelinmoqda. 
To’qima kulturasida embrioidlarni paydo bo’lishi ikki bosqichda amalga oshadi: 
¾
Birinchi bosqichda hujayra eksplantlari ozuqa muhiti tarkibiga solingan akusinlar, eng 
avvalo 2,4 – dixlorfenoksirka kislotasi (2,4 -D) hisobidan embrionalga aylanadi.
¾
Ikkinchi bosqichda hosil bo’lgan hujayralarni embrioidlargacha rivojlanishiga majbur 
qilish kerak bu esa, ozuqa muhit tarkibidagi auksinlarni miqdorini kamaytirish yoki ularni 
butunlay chiqarib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Somatik embriogenezni to’g’ridan – to’g’ri birlamchi eksplantlar to’qimalarida, hamda 
kallusli kulturalarda kuztish mumkin. SHuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, kallusli kulturalardan 
klonal mikroko’paytirishda foydlanish kamroq samara beradi, chunki shu yo’l bilan tayyorlangan 
ekuv materiallari (ko’chatlar) donor – o’simlikga nisbatan genetik turg’un (mustahkam) bo’lmaydi. 
Ko’pincha, kallusli xujyralarni suyuq ozuqa muhitida o’stirilganda, somatik embriogenez kelib 
chiqadi va eng qiyin operasidlardan hisoblanadi. Bunga sabab, har doim ham hujayralarga xos 
bo’lgan totipotentlik amalga oshavermaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin