42
yanvardan boshlab esa mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan
o‘zgartishlarga asosan yagona er solig‘i to‘lovchilari ushbu majburiy ajratmalar
to‘lovchilari bo‘lib hisoblanmaydilar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solish
shkalasining eng kam stavkasi 8 foizdan 7,5 foizgacha pasaytirilib, jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobidan 1 foiz miqdoridagi mablag‘larni
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkazish
tartibi saqlab qolindi. 2013 yilda fermer xo‘jaliklari mahsulotlar (tovarlar, ishlar,
xizmatlar) realizatsiyasi hajmidan Pensiya jamg‘armasiga 1,6 foiz, Respublika yo‘l
hamda Maktab jamg‘armalariga tegishlicha 1,4 foiz va 0,5 foiz majburiy ajratmalar
to‘lab kelganlarini hisobga olsak, 2014 yildan ularga taqdim etilgan soliq
engilliklari qanchalik salmoqli ekanligini tushunish qiyin emas.
Ma’lumki, yer va suv resurslari bo‘yicha imkoniyatlarimiz cheklanganini
hisobga olib, yurtimizda qishloq xo‘jaligini intensiv asosda rivojlantirish, ushbu
sohaga yuksak samarali zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va suvdan
oqilona foydalanish ustuvor vazifalardandir. Ushbu vazifani bajarishni
rag‘batlantirish maqsadida Soliq kodeksining 367-moddasiga muvofiq yuridik
shaxslar,
er uchastkasining qaysi
qismida tomchilatib sug‘orishdan
foydalanilayotgan bo‘lsa, o‘sha qismida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilingan
oydan boshlab 5 yil muddatga yagona yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: