35
Davlat budjeti jami daromadlari tarkibida resurs to`lovlari va mol-mulk
soliqlarining ulushi 2012 yilda 16%ni, 2013 yilda 15%ni va 2014 yilda 14%ni
tashkil qilgan.Resurslarga soliq stavkalarini oshirish (tabiiy gaz, gaz
kondensatlari va neft) shuningdek, boshqa tabiiy resurslarga
amal qilayotgan
stavkalarning indeksatsiya qilinshi natijasida resurs to‘lovlari va mulk soliqlari
bo‘yicha tushumlar ortgan.
2.2.
Davlat budjeti daromadlarida soliqlarning tutgan o’rni tahlili
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning
chuqurlashuvi jarayoni moliya-soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib
borishni taqozo qiladi.Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim
yo‘nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini
ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo‘lib bormoqda.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Bozor munosabatlariga o`tish
sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda
eng muhim boshqaruvchi
omil bo`lib qoladi’’
13
Soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy
yo‘nalishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
moliyaviy yil davomida soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning yagonaligi,
ziddiyatsizligi va o‘zgarmasligini ta’minlovchi barqaror soliq tizimini vujudga
keltirish;
yetarli darajada tushum bermaydigan maqsadli soliqlarni bekor qilish va
ularni yiriklashtirish bilan soliqlar sonini kamaytirish;
pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish yo‘nalishi
va budjetning
daromadli qismini shakllantirishning normativ tartibini saqlab qolgan holda
davlatning budjetdan tashqari jamg‘armalarini davlat budjetiga konsolidatsiya
qilish;
13
Karimov. I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari.-Toshkent:O`zbekiston,1998 yil.-358 b
36
mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat
ko‘rsatuvchilarga nisbatan soliq yukini oo‘irligini engillashtirish va bir
vaqtning o‘zida soliqlarning undirilish darajasini
oshiruvchi mexanizmni joriy
etishni aniq belgilash asosida ikki marta soliqqa tortilishga yo‘l qo‘ymaslik;
Soliq siyosatini takomillashtirishda yana bir asosiy maqsad qilib soliq yuki
darajasini pasaytirish, korxonalar zimmasidagi soliq yukini pasaytirish orqali
ishlab chiqarishni rivojlantirish va soliq to‘lovlarini miqdoriy jihatidan
barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalalari ustuvor qilib belgilangan.Soliq
yukiga baho berishdan avval real holatini aniqlash lozim bo‘ladi. Soliq yukini
aniqlash unga ko‘pgina omillar ta’sir etishi tufayli ancha murakkabdir.
Umuman, soliq yukini soliqlar va yig‘imlar yig‘indisining
har bir yuridik yoki
jismoniy shaxs daromadidagi ulushi sifatida belgilashimiz mumkin. Lekin, bu
tushuncha ham aniq ma’noni ifodalamaydi,chunki daromad deyilganda turlicha
miqdoriy ko‘rsatkichlarni tushunish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina davlatlarda ayniqsa, rivojlanayotgan
davlatlarda, jumladan, bizning respublikamizda
ham asosiy hollarda davlat
xarajatlari miqdori soliq yukini belgilaydi.
Soliq yuki darajasini quyidagi omillar belgilab beradi.
⇒
soliqlar, yig‘imlar va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalar
soni;
⇒
ularning stavkalari darajasi;
⇒
har bir soliq bazasining o‘ziga xos
shakllanish xususiyati darajasi.
Soliq yukining maqbul darajasini belgilashda davlat quyidagi holatlar ta’sirini
ham e’tiborga olishi zarur:
♦ mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;
♦ soliq to‘lovchilarning to‘lov qobiliyati, umumiy moliyaviy imkoniyatlari;
♦ bozor munosabatlarining, xususan, mulkchilik munosabatlarining holati;
♦ inflyasiyaning o‘sish darajasi;
♦ ma’lum davr xususiyatlariga ko‘ra davlatning o‘z oldiga qo‘ygan siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari nisbati.
37
Agar iqtisodiy rivojlanishning ma’lum davri uchun soliqlarning fiskalligi
ahamiyatliroq
deb topilsa, soliq yuki ancha yuqori qilib belgilanadi.
Soliqlardan tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantiruvch vosita sifatida foydalanish
ahamiyatliroq deb topilsa, soliq yukini pasaytirishga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyotdagi soliq yukini tahlil qilganimizda YAIMga nisbatan jami soliq va
to‘lovchilarning nisbati miqdoriga alohida e’tibor qaratish lozim.Bu ko‘rsatkich
respublikamizda pasayib borayapti.Bu pasayishga yuridik va jismoniy shaxslarning
soliq stavkalarini muntazam pasaytirib borishva YaIMning absolyut miqdorini
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari hisobiga oshirish
erishilmoqda.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: