O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


-jadval  Davlat budjeti daromadlari ijrosining tarkibi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

2-jadval 
Davlat budjeti daromadlari ijrosining tarkibi
12
 
Ko`rsatkichlar 
2012-yil 
2013-yil 
2014-yil 
mlrd 
so`m 

da 
mlrd 
so`m 

da 
mlrd 
so`m 

da 
Daromadlar jami(maqsadli 
jamg`armalarsiz) 
21295,7 100 
26223 100 
31 729,6 100 
1. Bevosita soliqlar 
5414,2 
25 
6353,7 
24 
7 433,1 
23 
1,1 
Yuridik shaxslardan olinadigan 
foyda solig`i 
1001,1 

1038,8 

1 120,2 

1,2 
Savdo va umumiy ovqatlanish 
korxonalari uchun yagona soliq 
to`lovidan Davlat budjetiga ajratmalar 
645,9 

832,6 

954,4 

1,3 
Yagona soliq to`lovidan davlat 
budjetiga ajratmalar,shu jumladan 
mikrofirmalar va kichik 
korxonalardan ajratmalar 
588,2 

755 

967,9 

1,4 
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq 
2301,8 
11 
2717,3 
10 
3 261,7 
10 
1,5 
Tadbirkorlik faolyatining ayrim 
turlari bo`yicha qat`iy belgilangan 
soliq 
317,3 

415,6 

553,1 

1,6 
Obodonlashtirish va ijtimoiy 
infratuzulmani rivojlantirish solig`i 
559,9 

594,4 

575,7 

2. Bilvosita soliqlar 
10434,5 
49 13398,6 
51 
16 851,8 
53 
2,1 
QQS 
5966,6 
28 
7552,5 
29 
9 475,6 
30 
2,2 
Aksiz solig`i 
3175,9 
15 
4168,3 
16 
4 941,1 
16 
2,3 
Bojxona boji 
759,7 

1007,4 

1 350,0 

2,4 
Transport vositalari uchun 
benzin,dizel yoqilg`isi va 
suyultirilgan gazni iste`mol 
qilganlik uchun soliq 
532,4 

670,5 

1 085,1 

3.Resurs to`lovlari va mol-mulk 
solig`i 
3312,5 
16 
3888,2 
15 
4 311,6 
14 
3,1 
Mulk solig`i 
736,1 

1011,6 

1 273,8 

3,2 
Yer solig`i 
486,3 

583,4 

647,5 

3,3 
Yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq 
2016,3 

2190,9 

2 275,6 

3,4 
Suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq 
73,9 0.3 
102,4 0.3 
114,7 0.3 
4.Boshqa daromadlar 
2134,4 
10 
2582,5 
10 
3 133,1 
10 
12
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ma`lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi.


35
Davlat budjeti jami daromadlari tarkibida resurs to`lovlari va mol-mulk 
soliqlarining ulushi 2012 yilda 16%ni, 2013 yilda 15%ni va 2014 yilda 14%ni 
tashkil qilgan.Resurslarga soliq stavkalarini oshirish (tabiiy gaz, gaz 
kondensatlari va neft) shuningdek, boshqa tabiiy resurslarga amal qilayotgan
stavkalarning indeksatsiya qilinshi natijasida resurs to‘lovlari va mulk soliqlari
bo‘yicha tushumlar ortgan. 
 
2.2.
 
Davlat budjeti daromadlarida soliqlarning tutgan o’rni tahlili 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning
chuqurlashuvi jarayoni moliya-soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib
borishni taqozo qiladi.Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim
yo‘nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini
ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo‘lib bormoqda.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Bozor munosabatlariga o`tish 
sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi 
omil bo`lib qoladi’’
13
 
Soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
moliyaviy yil davomida soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning yagonaligi,
ziddiyatsizligi va o‘zgarmasligini ta’minlovchi barqaror soliq tizimini vujudga 
keltirish; 
yetarli darajada tushum bermaydigan maqsadli soliqlarni bekor qilish va 
ularni yiriklashtirish bilan soliqlar sonini kamaytirish; 
pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish yo‘nalishi va budjetning
daromadli qismini shakllantirishning normativ tartibini saqlab qolgan holda 
davlatning budjetdan tashqari jamg‘armalarini davlat budjetiga konsolidatsiya 
qilish; 
13
Karimov. I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari.-Toshkent:O`zbekiston,1998 yil.-358 b 


36
mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat 
ko‘rsatuvchilarga nisbatan soliq yukini oo‘irligini engillashtirish va bir 
vaqtning o‘zida soliqlarning undirilish darajasini oshiruvchi mexanizmni joriy
etishni aniq belgilash asosida ikki marta soliqqa tortilishga yo‘l qo‘ymaslik; 
Soliq siyosatini takomillashtirishda yana bir asosiy maqsad qilib soliq yuki 
darajasini pasaytirish, korxonalar zimmasidagi soliq yukini pasaytirish orqali
ishlab chiqarishni rivojlantirish va soliq to‘lovlarini miqdoriy jihatidan
barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash masalalari ustuvor qilib belgilangan.Soliq 
yukiga baho berishdan avval real holatini aniqlash lozim bo‘ladi. Soliq yukini
aniqlash unga ko‘pgina omillar ta’sir etishi tufayli ancha murakkabdir. 
Umuman, soliq yukini soliqlar va yig‘imlar yig‘indisining har bir yuridik yoki 
jismoniy shaxs daromadidagi ulushi sifatida belgilashimiz mumkin. Lekin, bu 
tushuncha ham aniq ma’noni ifodalamaydi,chunki daromad deyilganda turlicha
miqdoriy ko‘rsatkichlarni tushunish mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina davlatlarda ayniqsa, rivojlanayotgan
davlatlarda, jumladan, bizning respublikamizda ham asosiy hollarda davlat 
xarajatlari miqdori soliq yukini belgilaydi.
Soliq yuki darajasini quyidagi omillar belgilab beradi.

soliqlar, yig‘imlar va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalar 
soni;

ularning stavkalari darajasi; 

har bir soliq bazasining o‘ziga xos
shakllanish xususiyati darajasi.
Soliq yukining maqbul darajasini belgilashda davlat quyidagi holatlar ta’sirini 
ham e’tiborga olishi zarur:
♦ mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;
♦ soliq to‘lovchilarning to‘lov qobiliyati, umumiy moliyaviy imkoniyatlari;
♦ bozor munosabatlarining, xususan, mulkchilik munosabatlarining holati;
♦ inflyasiyaning o‘sish darajasi;
♦ ma’lum davr xususiyatlariga ko‘ra davlatning o‘z oldiga qo‘ygan siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari nisbati.


37
Agar iqtisodiy rivojlanishning ma’lum davri uchun soliqlarning fiskalligi
ahamiyatliroq deb topilsa, soliq yuki ancha yuqori qilib belgilanadi.
Soliqlardan tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantiruvch vosita sifatida foydalanish
ahamiyatliroq deb topilsa, soliq yukini pasaytirishga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyotdagi soliq yukini tahlil qilganimizda YAIMga nisbatan jami soliq va 
to‘lovchilarning nisbati miqdoriga alohida e’tibor qaratish lozim.Bu ko‘rsatkich 
respublikamizda pasayib borayapti.Bu pasayishga yuridik va jismoniy shaxslarning 
soliq stavkalarini muntazam pasaytirib borishva YaIMning absolyut miqdorini 
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari hisobiga oshirish 
erishilmoqda. 
3-jadval 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin