O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


-rasm Davlat budjeti daromadlari YaIMga nisbatan (%da)



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

4-rasm
Davlat budjeti daromadlari YaIMga nisbatan (%da) 
9
9
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ma`lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi. 
26 
25.2 
24.2 
22.5 
20.8 
19.1 
18.1 
18.8 
21.7 
21.2 
21.9 
22 22.03 
21 
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014


30
Davlat budjeti daromadlari YAIMga nisbatan 2006-yili 19,1%dan 2007-
yili 18,1%ga, yoki1% punktga pasaygan, bu esa YAIMga soliq bosimining 
birmuncha pasayganligidan dalolat beradi, 2008-yilda YAIM nisbatan davlat
budjeti daromadlari YAIMga nisbatan 18,8% tashkil qildi,bu 2007-yilga nisbatan 
0,7 foiz darajaga ko‘pdir. Bu stavkalarni takomillashtirilayotganidan dalolat
beradi, kichik biznes subektlari tomonidan to‘langan yagona soliq to‘lovi 
2006-yil holatiga kichik biznes subektlari tomonidan to‘langan yagona soliq 
to‘lovi 139,4 mln.so‘mni, 2010-yil holatiga esa 477,0 mln.so‘mni tashkil etgan. 
Davlat budjeti daromadlari YAIMga nisbatan 2009 yili 21,7%dan 2010-yili 
21,2%ga, 2011-yilda 21.9% ga, 2012-yilda 22%ga, 2013-yilda 22,03%ga va 2014-
yilda 21%ni tashkil etgan.
Budjet daromadlari mamlakat budjet jamg‘armasini shakllantirish jarayonida
davlat bilan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida paydo
bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda etadi. Bu iqtisodiy munosabatlar
korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan budjetga to‘lanadigan turli to‘lovlar 
ko‘rinishida yuz beradi, ularning moddiy-ashyoviy ifodasi budjet jamg‘armasiga 
yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari hisoblanadi. Daromadning vazifasi budjet 
xarajatlarini qoplashdan iborat. Ammo, bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan 
o‘zaro moliyaviy munosabatlarning shunday shakllarini topish zarurki,
daromadlarni budjetga olish usullari mehnat unumdorligini ko‘tarishga, jami
resurslardan oqilona foydalanishga,tushumlarni ko‘paytirishga xizmat qilsin. 
Mamlakatda ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirish, budjet-soliq
siyosati yaxlitligini ta’minlash, budjet taqchilligini tartibga solish kabi vazifalarni 
amalga oshirish uchun, davlat daromadlarini, avvalo, soliqlar orqali iqtisodiyotni
boshqarish mexanizmini to‘g‘ri, oqilona ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish 
lozim bo‘ladi.
Quyida davlat budjeti daromadlarining oxirgi to’rt yillik tarkibini tahlil 
qilamiz. 2011-yilda davlat budjetiga bevosita soliqlarning tushumi davlat 
budjetining jami daromadlarining 26%, 2012-yilda 25%, 2013-yilda 24%ni va 
2014-yilda 23,4%ni tashkil qildi. Budjet daromadlari tarkibida bevosita 


31
soliqlarning ulushining kamayishi yuridik va jismoniy shaxslarni daromad 
solig‘iga tortish stavkasini pasaytirilishi hisobiga ro‘y berdi.Bilvosita soliqlar 
bo‘yicha tushumlarni davlat budjeti jami daromadlari tarkibidagi ulushi 2011-yili 
48%, 2012-yili 49%, 2013-yili 51%ni va 2014-yili 53%ni tashkil etdi.
Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat 
qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq 
mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo‘lib ertaga yo‘q bo‘lib 
ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo‘la olmaydilar, ya’ni shunday uslubiy 
yondoshishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak.
Hozirgi kunda soliqlarning funktsiyalar masalasida katta baxslashuvlar 
mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga 
fiskal, boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb e’tirof 
beradilar. Lekin bizning fikrimizcha hozirgi kunda respublikamiz soliqlar tizimida 
soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalari ajratib ko‘rsatiladi: 
-
soliq hisobining fiskal (xazinaga oid) funktsiyasi; 
-
rag’batlantirish funktsiyasi; 
-
soliq hisobining nazorat funktsiyasi; 
-
soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi. 
Soliqlarning asosiy funktsiyasi – fiskal vazifa hisoblanadi (lotincha «fiscus” 
– xazina). Buning ma’nosi shuki, soliqlar yordamida pul resurslarining 
markazlashtirilgan fondi tashkil etiladi, unga davlat apparati qurolli kuchlarni tutib 
turish, shuningdek zarur ijtimoiy – iqtisodiy funktsiyalarni bajarish uchun 
mamlakat hukumati egalik qiladi, ya’ni eng muhim umumdavlat, xalq xo‘jaligi 
vazifalarini hal etish, korxona va fuqarolar olgan daromadlar bir qismini soliq 
to‘lovlari sifatida olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini 
shakllantirish soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Shu erda Prezidentimiz I.A.Karimovning soliqlar xazinani to‘ldirishning 
asosiy elementi ekanligi to‘g’risida bildirgan fikrlarini keltirmoqchimiz: «Soliqlar 
xazinani to‘ldirish siyosatining asosiy unsuri bo‘lib, davlat budjetining daromad 
qismi eng muhim umudavlat, xalq xo‘jaligi vazifalarini hal etish uchun zarur 


32
bo‘lgan miqdorda shakllanishini ta’minlashi lozim»
10
. Prezidentimiz ushbu fikrlari 
orqali ikki asosiy g’oyani ilgari surmoqdalar. Birinchidan, soliqlar xazinani 
to‘ldirishda asosiy element ekanligi ta’kidlayaptilar, ikkinchidan, davlat budjeti 
daromad qismining xajmi eng muhim umumdavlat, halq xo‘jaligi vazifalarini hal 
etish uchun zarur bo‘lgan miqdorda bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqdalar. 
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning 
ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli 
hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar yordamida tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish 
va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan halq xo‘jaligi 
tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti» 
yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimi ta’sir ko‘rsatadi., ya’ni muayyan 
tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, 
sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng maqbul bo‘lgan boshqa tarmoqqa 
ko‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to‘lovga qobil 
talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning iqtisodiy funktsiyasi orqali 
davlat halq xo‘jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi, bu bilan fiskal funktsiyalarni 
bajarish uchun bazani kengaytiradi. Ishlab chiqarishni soliqlarning iqtisodiy 
funktsiyasi orqali rag’batlantirib va rivojlantirib, davlatning oqilona soliq 
siyosatini o‘tkazish bilan davlatning soliq yukini kuchaytirmasdan turib faoliyat 
ko‘rsatishi va yashashining shart-sharoiti ta’minlanadi. 
Rag’batlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan 
biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo resurslari, 
shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali 
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish 
orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va 
investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi.
Nazorat funktsiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish 
ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va xokazo tegishli soliq 
ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan 
10
Karimov I.A., «O’zbekiston buyuk kelajak sari» – T., O’zbekiston, 1998. 358-bet


33
iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq xisobi shakllari orqali soliq 
to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini yanada samarali nazorat qilish 
imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasining hozirgi davlat moliyasi tarkibida ham soliqlar 
muhim o‘rin tutadi, chunki u moliya tarkibida alohida bir tizimni tashkil etib, 
markazlashtirilgan pul mablag’lari budjet fondini shakllantirishda xal qiluvchi 
muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bozor 
iqtisodiyotining o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi mexanizmlarining istiqbolli ekanligi 
va bunda davlat ixtiyorida faqat iqtisodiy vositalar va rag’batlar saqlanib qolinishi 
hamda ularning tarkibiy qismi soliqlar ekanligi bir necha bor ta’kidlaganlar va 
soliqlar haqida quyidagicha o‘z fikrlarini bildirganlar: «Bozor munosabatlariga 
o‘tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim 
boshqaruvchi omil bo‘lib qoladi»
11

Prezidentimiz ushbu fikrlari bilan eng avvalo, mamlakat doirasida iqtisodiy 
siyosatni amalga oshirishda soliqlarning alohida o‘rni bor ekanligini qayd etib, 
haqiqatdan ham davlat o‘zi ishlab chiqqan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda 
yoki uni hayotga tadbiq etishda turli vositalardan foydalanadi, chunki bozor 
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy siyosatni amalga oshirishning eng madaniylashgan, 
eng tabiiy va eng sog’lom yo‘li haqiqatdan ham soliqlardir. O‘tish davrida davlat 
halq xo‘jaligining yashash salohiyatini, ayniqsa ustuvor tarmoqlarni qo‘llab-
quvvatlashi shart, bunda u ularga narxlarni tartibga solish, imtiyozli soliq solishni
qo‘llash va hokazolar yo‘li bilan real yordam ko‘rsatadi. 
Keltirilgan nazariy ma’lumotlarga asoslangan holda 2012-2014-yillarda 
davlat budjeti daromadlar tarkibini tahlilini ko’rib chiqamiz. 
Davlat budjeti daromadlari tarkibida egri soliqlarining o‘rni kattadir, u 2012-
yildan 2014-yilgacha sekinlik bilan o`sish tendensiyasiga ega bo‘lgan bu esa 
tovar(ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadigan soliq 
yukining ma`lum darajada ortishini bildiradi.
 
11
Karimov I.A. «O’zbekiston buyuk kelajak sari. T., O’zbekiston, 1998. 358-bet. 


34

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin