O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
 
 
 


59
XULOSA 
 
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan tahlil 
natijalariga asoslangan holda davlat budjeti soliqli daromadlarining shakllanishini 
samarali tashkil qilish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan 
tavsiyalarni, qisqacha tarzda, aks ettirishga harakat qilamiz. Ularning eng asosiylari 
quyidagilardan iborat:
Soliqlar tizimidagi
 
soliqlarni mohiyatiga, sub’ektiga, ob’ektiga, iqtisodiy 
xarakteriga, qanday budjetga undirilishiga va shu kabilarga qarab turli tartibda 
guruxlash mumkin. Bundan asosiy maqsad soliqlarning mohiyatini to’laroq 
anglash va ularning amal qilish mezanizmini ob’ektiv tahlil etishdan iboratdir. 
Respublikamizda bozor munosabatlarini erkinlashtirish jarayonida tashkil 
etilgan to’g’ri soliqlar o’zining funktsiyalariga muvofiq holda iqtisodiyotni tartibga 
solish, uning rivojlanishini rag’batlantirish, fuqarolarning erkin farovon hayot 
kechirishini ta’minlash hamda demokratik davlatdan fuqarolik jamiyati sari 
yo’naltirish bilan bog’liq bir qancha muxim vazifalarni ham bajarishi lozim. 
Har qanday soliqlar singari to’g’ri soliqlar ham jamiyatning iqtisodiy 
taraqqiyotga ham bevosita ham bilvosita ta’sir etib boradi. To’g’ri soliqlarning 
soliq to’lovchilar va ular orqali milliy iqtisodiyotga bilvosita ta’sir etish holatlari 
ham mavjud bulib, ular jumlasiga milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyasining 
jalb etilishini va ichki ishlab chiqaruvchilar tomonidan reinvestitsiyaning amalga 
oshirishini rag’batlantirish yoki tartiblash; soliq to’lovchilar tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot (xizmat, ish)larning tannarxiga ta’sir etish ya’ni, 
me’yordan ortiqcha xarajatlarni qaytadan soliq bazasiga qushish, soliq mahsulot 
tannarxiga kiritilgan xarajatlarning ayrim turlarini jami daromaddan chegirish 
orqali soliq mamlakat miqyosidagi ayrim xujalik yurituvchi sub’ektlarning 
faoliyati rag’batlantiriladi va zarur hollarda tartiblanadi. 
To’g’ri soliqlarning iqtisodiy rivojlanishga bevosita ta’siri asosan soliq 
stavkalarini o’zgartirish, ya’ni ularni kamaytirish yoki iqtisodiy holatdan kelib 
chiqib ko’paytirish; to’g’ri soliqlarning ob’ekti hajmiga ta’sir etish orqali soliqqa 


60
tortiladigan ob’ektlar soni yoki hajmini oshirish yoki kamaytirish; to’g’ri soliqlar 
buyicha soliq imtiyozlarini belgilash asoslari(mezonlari)ni murakkablashtirish yoki 
soddalashtirish, soliq imtiyozlari sonini oshirish yoki kamaytirish; bir xil ob’ektga 
ega bo’lgan soliq turlarini unifikatsiyalash hamda soliqqa tortish uslublarini 
soddalashtirishlar orqali yuzaga chiqib qayd etilganlar soliq to’lovchilar faoliyatiga 
qolaversa soliq tushumlari hajmiga bevosita ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. 
Bozor sub’ektlari faoliyatini tartibga solishga qulaylilik O‘zbekistondagi 
iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining o‘zgarish an’analaridan uning asosan to‘rt 
yo‘nalishida olib borilayotganini kuzatish mumkin bo‘ldi: ustivor iqtisodiy faoliyat 
turlarini rivojlantirishga qaratilgan soliqli tartibga solish; iqtisodiyotning ustivor 
tarmoqlarini va soxalarini rivojlangirishga qaratilgan soliqli tartibga solish; 
ijtimoiy ahamiyatga moliy soliqli tartibga solish; jismoniy va yuridik shaxslar 
daromadlarini soliqli tartibga solish.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin