O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
 


44
III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 
DAVLAT BUDJETI SOLIQLI DAROMADLARI BARQARORLIGINI 
TA’MINLASH MASALALARI 
 
3.1. Davlat budjeti soliqli daromadlarining shakllanishini samarali 
tashkil qilish yo’nalishlari 
Mamlakatimiz demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan bugungi kunda 
ijtimoiy xayotimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi davlat moliya tizimida xam 
chuqur islohotlarni amalga oshirish xozirgi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi 
sharoitida muhim axamiyatga egadir. Davlat moliyasini isloh qilishning negizida 
davlat budjeti yotadi. Davlat budjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni 
egallaydi. Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, muayyan mamlakatning 
o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlarni butun 
majmui asosida shakllanadi.
Davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari jamiyatning iqtisodiy 
kategoriyalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, chunki davlat budjeti jamiyatda 
yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymatining taqsimlanish jarayonida o’zining moddiy 
shakliga ega bo’ladi.
Davlat budjeti barqarorligini ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlari, eng 
avvalo, iqtisodiyotning barqarorligi va muvozanatlashtirilgan o’sishni ta’minlash, 
eng muhimi tarmoqlarni yanada tarkibiy jihatdan o’zgartirish, texnik va texnologik 
jixatdan yangilashni faol davom ettirish, shuningdek, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’eklarini xar tomonlama qo’llab quvvatlash, diversifikatsiyalangan 
va raqobatbardoshli iqtisodiyotni shakllantirish xamda bank – moliya tizimida bir 
qancha imtiyoz va qulayliklar yaratishdir.
Bilamizki, davlat budjeti daromadlari davlat budjeti barqarorligini 
ta’minlashning asosiy manbai xisoblanadi. Davlat budjetining daromadlari 
o’zining manbalari, ijtimoiy – iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va 
to’lovlarning turlari, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish 
metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. 


45
Davlat budjeti daromadlari shakllanishining uchta asosiy manbai mavjud 
bo’lib, bular: soliqlar, davlat krediti, bank tizimining kreditlari xisoblanadi. 
Xozirgi vaqtda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida soliqlar davlat 
budjeti daromadlarining birlamchi manbai xisoblanib, soliqlar davlat budjeti 
daromadlarining 
asosiy 
manbai 
sifatidagi 
mohiyatini 
ochib 
berishda 
J.M.Keynsning xizmatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikriga ko’ra, yuqori 
progressiv soliqlar davlat budjetini muvozanatlashga bevosita ijobiy ta’sir 
ko’rsatadi. Bunda davlatning adolatli ijtimoiy siyosati aloxida ahamiyatga egadir, 
chunki aholining kam ta’minlangan qatlamlari soliqdan ozod qilinadi va soliq yuki 
to’liq badavlat soliq to’lovchilar zimmasiga yuklanadi. Keynsning qat’iy tarzda 
e’tirof etishiga ko’ra, katta jamg’armalar iqtisodiy o’sishga xalaqit beradi. Chunki 
ular ishlab chiqarishga yo’naltirilmaydi va daromadlarning passiv manbai 
hisoblanadi. Shuning uchun ortiqcha jamg’armalarni soliqlar yordamida undirib 
olish zarur.
17
Davlat budjeti barqarorligini ta’minlash hamda budjet daromadlarini 
shakllantirishda soliqlar ulushini yanada oshirish quyidagi tamoyillarga 
asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 
Soliqlarning budjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining 
tugashiga olib kelmasligi kerak; 
Soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanishi lozim; 
Soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari xajmiga ta’sir 
ko’rsatmasligi lozim; 
Soliqlarning sof daromadga nisbatan xisoblanishi; 
Davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo’lishi lozim; 
Soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak; 
Sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoitlar yaratish; 
Budjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu tamoyil 
budjet daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda qo’llanilib, uning 
17
Кейнс Джон Мейнард. Обшчая теория занятности, процента и денег. М, Прогресс – 1978. ст 365 


46
natijasida aholi daromadlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi budjetga 
o’tkaziladi.
18
Davlat budjetining ikkinchi asosiy manbai davlat krediti hisoblanadi.Hozirgi 
vaqtda halqaro budjet amaliyotida davlat krediti asosan uch hil shaklda mavjuddir. 
Birinchisi – hukumatning qimmatli qog’ozlarni sotish natijasida yuzaga 
keladigan davlat krediti. Rivojlangan davlatlarda xukumatning qimmatli 
qog’ozlarini emissiya qilish va ularni sotish davlat budjeti barqarorligini 
shakllantirishning ahamiyatiga ko’ra soliqlarda keyingi o’rinda turiuvchi manba 
hisoblanadi.
Bizningcha, mamlaktimizda qimmatli qog’ozlarini emissiya qilish va sotish 
jarayonlarini yanada kuchaytirish uchun eng avvalo, Fond bozori faoliyatini 
yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun xozirgi jahon 
moliviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizdagi fond bozorlarining 
birlamchi va ikkilamchi bozorlarida mavjud bo’lgan quyidagi muammolarni hal 
etish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz: 
Tarmoqlar monopoliyasi. Monopol kompaniyalarning mavjudligi fond 
bozorimizda yuqori sifatga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdi 
savdolarida ishtirok etmasligiga olib kelmoqda. Yani, hususiylashtirish natijasida 
monopol kompaniyalarning nazorat aktsiya paketlari davlat ihtiyorida bo’lib, bu 
aktsiya paketlari Davlat Mulk Qo’mitasi nomidan birlamchi bozorda faqat strategik 
ahmiyatga ega bo’lgan investorlarga sotilmoqda. Shunday ekan, bu salbiy 
holatning mavjudligi ikkilamchi bozorning likvid emasligiga olib kelmoqda; 
Soliq tizimidagi mavjud kamchiliklar. Ya’ni, fond bozoridagi qimmatli 
qog’ozlar oldi-sotdisi bo’yicha amalga oshiriladigan operatsiyalar, ko’rsatiladigan 
hizmatlar soliqqa tortish ob’ekti hisoblanadi. Shunday ekan, jahon moliviy 
iqtisodiy inqirozi sharoitida soliqlardan beriladigan imtiyozlar investorlarni fond 
bozoriga yanada qiziqtiradi; 
Fond bozori to’g’risidagi ma’lumotlarni ommaviy ahborot vasitalari orqali 
aholiga etkazishni yanada takomillashtirish; 
18
T.S.Malikov, N.H.Xaydarov “Moliya: umumdavlat moliyasi” T: 2009 yil, 23 b. 


47
Emitent qimmatli qog’ozlar emissiyasini amalga oshirganda emissiya 
xajmidan 00.1 foiz miqdorida emission yig’im to’laydi. Shunday ekan, jaxon 
moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida emission yig’imni vaqtincha ozod etish 
yoki umuman olib tashlash lozim.
Ikkinchisi – xukumat tomonidan yuridik va jismoniy shahslarga qaytarib 
berishlilik va haq to’lash shartlari asosida pul mablag’lari yo’li bilan yuzaga 
keladigan davlat krediti; 
Uchinchisi – hukumat tomonidan yuridik va jismoniy shahslarning 
majburiyatlari yuzasidan kafolatlar berish bilan bo0liq davlat kreditlari 
xisoblanadi. 
Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning uchinsi asosiy manbai bank 
tizimining kreditlari hisoblanadi. 
Shunisi xususiyatliki, bank tizimining kreditlari xukumatga bozor 
stavkalarida beriladi. Bunda imtiyozli foiz stavkalari qo’llanilmaydi. Shuning 
uchun bank tizimi kreditlaridan foydalanish hukumatning xarajatlarini oshishiga 
olib keladi. 
Odatda, davlat budjeti haqida so‘z yuritilar ekan, uning daromadidagi soliq 
tushumlarida qaysi soliqlar guruhi salmoqliroq bo‘lishi kerak, to‘g’ri soliqlarmi yoki 
egri soliqlarmi? -degan munozarani hal qilish masalasi har bir mamlakatda har doim 
ham muammoli bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Chunki, 
to‘g’ri va egri soliqlar nisbati ko‘pchilik mamlakatlarda turlicha hal qilingan 
bo‘lib, ushbu muammolarning echimi qo‘p hollarda to‘g’ri va egri soliqlar nisbatini 
tashkil etishning ob’ektiv va sub’ektiv omillariga bog’liq. Lekin, tahlillarning 
ko‘rsatishicha, to‘g’ri va egri soliqlar nisbatini tashkil etishning ob’ektiv omili 
mamlakatda yaratilgan daromadlar va uning iste’molga yo‘naltirilishi bilan 
shakllanar ekan. Shuning uchun, to‘g’ri va egri soliqlar nisbati shakllanishining 
ilmiy asosini ochib berish uchun yaratilgan daromadlar va uni iste’molga 
yo‘naltirilganligiga uzviy bog’liqlikda tadqiq etish yo‘lidan borish maqsadga 
muvofikdir. Chunki, to‘g’ri soliqlar daromadlardan, egri soliqlar esa ushbu 
daromadlarning iste’molga yo‘naltirilgan qismidan undiriladi. Shu boisdan, 


48
muammoning mohiyatini ochish maqsadida mamlakat yoki fuqarolar o‘z iste’molini 
qondirish maqsadida daromadlarini ko‘paytirishga intilishini mantiqiy asos sifatida 
qabul qilish lozim. Darhaqiqat, mamlakatni yoki ma’lum bir fuqaroning daromadi 
o‘sib borgan sari uning iste’moli ham oshishi va olingan daromad ehtiyoj 
qondirilgunga qadar iste’molga sarflanib, qolgan qismi jamg’arilishi hech kimga sir 
emas. Bunda, yaratilgan daromadlar minimal yashash darajasi miqdorida iste’molga 
sarflanib, daromad va iste’mol tengligi ro‘y beradi, ya’ni iste’mol daromadga 
mutanosib holda o‘sib boradi. Bu holatda to‘g’ri va egri soliq undirish 
imkoniyatlari ham teng bo‘lib, to‘g’ri va egri soliqlar nisbati davlat tomonidan 
yuritilayotgan soliq siyosatiga (sub’ektiv omilga) bog’liq bo‘ladi. Lekin, daromad 
ehtiyojlardan oshgan sari iste’molga sarflanishi qisqaradi va jamg’arilib boradi. 
Bunday sharoitda egri soliqlarga ko‘ra to‘g’ri soliq undirish oson va afzaldir. 
To‘g’ri va egri soliqlar nisbati, ya’ni ushbu soliq guruhlari orqali budjetga 
mablag’ to‘plash imkoniyati yaratilgan daromadlar va ularning iste’molga 
sarflanishiga bog’liq ekan. To‘g’ri va egri soliqlar nisbatini daromadlar va iste’molga 
bog’liqligi yuqoridagi chizmada ifodalandi. Lekin, daromadminimal yashash 
darajasidan oshib borgan sari, iste’mol mikdori pasayish tomon egilib boradi. Ya’ni, 
daromadlar minimal yashash chegarasidan oshgan sari iste’molga sarflanishdan ko‘ra 
jamg’armaga yo‘naltirish o‘sib boradi. Binobarin, daromadlar eng zarur ehtiyojlarni 
qondirishga to‘liq sarflansa, to‘g’ri va egri soliqqa tortish imkoniyatlari teng bo‘lib, 
daromad oshgan sari to‘g’ri soliqqa tortish chegaralari kengayib, egri soliq undirish 
imkoniyatlari kamayib boradi. Shunga ko‘ra, mamlakatni, qolaversa xo‘jalik 
sub’ektini yoki ma’lum bir fuqaroni daromadlilik darajasi o‘sib borgan sari umumiy 
soliqqa tortiladigan daromadlardagi to‘g’ri soliqlar bazasi kengayib borishi yuz 
beradi. Mazkur chizmada, daromadlarni oshib borishi bilan to‘g’ri soliqqa tortish 
chegaralarining kengayishi, daromadlarning iste’molga sarflanishining oshib borishi 
bilan egri soliqqa tortish chegaralarining kengayishini kuzatish mumkin. Bu 
tahlillardan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti rivojlanib, mamlakatning 
daromadlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, Ushbu daro ma d l a rg a
belgilanadigan to‘g’ri soliqqa tortish shuncha foydali va samaralidir. Aksariyat 


49
ho lat la rd a , milliy va hududiy xususiyatlar e’tiborga olinib, ko‘proq egri soliq 
undirishga to‘g’ri keladi. Binobarin, rejali iqtisodiyotga moslashgan fuqarolarni 
bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan birdaniga to‘qnashtirish xavfli bo‘lib, bozor 
ko‘nikmalari shakllangunga qadar aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash va 
siyosiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlash uchun zarur bo‘lgan mablag’larni topish 
maqsadida, undirish oson bo‘lgan egri soliqlarga murojaat etish o‘rinlidir. Lekin, 
mamlakat iqtisodiyoti rivojlanib, xo‘jalik sub’ektlarining rentabelligi o‘sib borgan 
sari, to‘g’ri va egri soliqlar nisbati optimallashib borib, tadbirkorlikni rag’batlantiruv-
chi soliqlar tizimi shakllanadi. O‘z navbatida, takror ishlab chiqarishning tezlashishi 
va kengayishi hisobiga soliqqa tortiladigan daromadlar oshib, ularga mutanosib holda 
budjetga tushadigan to‘g’ri soliqlar salmog’i ham o‘sishi kuzatiladi. 
Shuning uchun, mamlakatda yaratilgan daromadlar iste’moldan, aholi olgan 
daromadlar o‘z ehtiyojlaridan yuqori bo‘lsa, to‘g’ri soliqqa tortish afzal, deb 
hisoblaymiz. Shu sababli, rivojlangan mamlakatlarda to‘g’ri soliqqa tortish afzal, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda to‘g’ri va egri soliqlar nisbati birmuncha barqaror, 
islohotlar amalga oshirilayotgan o‘tish mamlakatlarida esa egri soliqqa tortishni 
qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Umuman olganda, mamlakat va aholining manfaatlarini uyg’unlashtirgan holda 
yaratilayotgan daromadlar va ularning iste’molga yo‘naltirilishiga bog’liq holda 
to‘g’ri va egri soliqlar nisbatini tashkil etilishi - ushbu soliq guruhlari nisbatini 
optimallashtirishga olib kelib, jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi iqtisodiyotni 
rag’batlantiruvchi va tartibga soluvchi soliqlar tizimini vujudga keltiradi. Binobarin, 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
yuksaltiradigan 
va 
barqaror 
soliq 
tushumlarini 
ta’minlaydigan optimal to‘g’ri va egri soliqlar nisbati, takomillashgan soliq tizimi 
sifatida baholanadi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin