O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


 Samarali soliq siyosati natijasida budjet daromadlarini oshirish



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
3.2. Samarali soliq siyosati natijasida budjet daromadlarini oshirish 
yo’nalishlari 
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya 
va isloh qilish borasidagi choralar samaradorligi mamlakat soliq siyosatida


50
ham o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Soliq, siyosatini takomillashtirish
mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi, mulkchilik
shaklidagi o‘zgarishlar, mahsulotlarga baho belgilash, bank tizimi, pul-kredit
siyosatidagi islohotlar bilan uzviy bog‘liqlikda olib boriladi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan soliq siyosati takomillashtirilishiga joylarda alohida e’tibor
qaratilishi kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo`lmoqda.
Prezidentimizning «Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri — soliq
siyosatini yanada takomillashtirishdir. … ustuvor vazifalarning barchasi soliq 
siyosatini takomillashtirish bilan bevosita bog`liq. Busiz xech qanday vazifani hal 
etib bo`lmaydi
19
.», degan fikrlari ushbu sohaga alohida e’tibor 
qaratilayotganidan dalolatdir. Zero, iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida
soliq tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq siyosatini
erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash,
soliq yukini kamaytirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish borasida
qilinayotgan ishlar o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Natijada,
mamlakatimizda soliq yukki yildan-yilga pasayib borishiga erishilmokda.
Soliq siyosatini takomillashtirish haqida gap ketganda eng birinchi navbatda 
soliq yukini optimallashtish masalasi yuzaga chiqadi .Bugungi kunda 
mamlakatimizda soliq yuki darajasi 20%dan kam ko`rsatkichni ko`rsatmoqda.Bu 
albatta yaxshi ko`rsatkich.Soliq yukini bu kabi pastligi iqtisodiyotimizda 
tadbirkorlik rivojlanishiga sabab bo`lmoqda.Lekin soliq yukini yana qancha 
pasaytirish mumkin,agarda u foiz stavkalarini pasaytirish orqali YaIMga hajmiga 
nisbatan kamayib boraversa, u holda ishlab chiqaruvchilar va jismoniy 
shaxslarning boqimandaligiga olib kelishi mumkin emasmi degan kabi savollar 
paydo bo`la boshlaydi.Misol uchun Xitoyda soliq yuki 13%ga tushirilgan bo`lsada 
aholi barcha qatlamlari farovon hayot kechirayotgan yo`q.Soliq yukining yuqoriligi 
faqatgina salbiy ma`noda talqil qilmaslik lozim ,chunki Shimoliy Yevropa 
19
Karimov.I.A. Bosh maqsadimiz- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,mamlakatni moderinizatsiya va isloh 
qilishdir.Xalq so`zi.2005 yil 29 yanvar 


51
mamlakatlari 50-60%li soliq yuki bilan raqobatga asoslangan ishlab chiqarishga 
erishmoqda.Masalan jahonga mashxur Nokia,Ericsson,Elektrolux,Volvo kabi 
ishlab chiqaruvchilar shular jumlasidandir.Undan ko`ra soliq yuki nisbatan yuqori 
bo`lsada,ammo uni soliq to`lovchilar o`rtasida tekis taqsimlanishiga erishish 
nisbatan ma`qulroq hisoblanadi.Shunda birovning birov pulga ko`milib boshqa biri 
esa bir tiyinga muhtoj bo`lmaydi.Bu masalani hal qilishda Prezidentimiz 
tomonidan doimiy ravishda takrorlanib kelinayotgan “ Islohot islohot uchun 
emas,inson uchun ,inson manfaatlarini ta`minlash uchun
20
“degan teran ma`noli 
so`zlarini esdan chiqarmasligimiz zarur. 
Soliq siyosatining muvaffaqiyati, ta`sirchanligi, natijaviyligi, ilg`orligi va 
samaradorligi ko`p jixatdan soliq imtiyozlarini taqdim etish masalasiga borib 
taqaladi.Soliq 
imtiyozlari 
tadbirkorlarga 
o`z 
faoliyatini 
yo`lga 
tushrib 
olish,moliyaviy barqarorligini oshirish,ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqa 
maqsadlarda 
beriladi.Afsuski 
bazi 
holatlarda 
imtiyozlar 
iqtisodiyotda 
boqimandalik kayfiyatiga olib kelmoqda.Ularga quyidagilarni misol qilib 
ko`rsatishimiz mumkin: 
- Soliq imtiyozlariga ega bo`lgan kompaniyalar rivojlanishga bo`lgan intilishni 
yo`qotadilar 
va 
o`zimtiyozlari 
mavqeini 
saqlab 
qolishga 
harakat 
qilishadi,imtiyozlar bekor qilinganda esa ular o`z faoliyat yuritishdan to`xtaydilar; 
- Imtiyozga ega bo`lmagan korxonalar qanday bo`lmasin uni qo`lga kiritishga 
harakat qiladilar; 
- Soliq imtiyozlari texnik taraqqiyot darajasini sekinlashtiradi ; 
- Bir vaqtlar berilgan soliq imtiyozlarini amalda bekor qilish murakkabligi. 
Shu sababli soliq bo`yicha imtiyoz berishda soliq va imtiyoz dialektikasini to`g`ri 
yo`ga qo`yishga e`tibor berish zarur hisoblanadi.Soliqlar bo`yicha imtiyoz berishda 
kichik korxonalarni dastlabki yillarda soliqlardan ozod qilgandan ko`ra shu yillarda 
ma`lum bir darajadagi foydaga,yoki ishlab chiqarish natijasiga erishilsa soliq 
to`lashdan ozod qilish yaxshiroq natija beradi degan fikrdaman.
20
Karimov.I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo`lidan yanada izchil harakat qilish,xalqimiz uchun farovon 
turmush sharoit yaratish-asosiy vazifamizdir. “Xalq so`zi” gazetasi 13 fevral 2007 yil,2-5 b


52
Soliq siyosatida soliqlarning undiruvchanlik darajasini oshrish masalalari 
ham o`z aksini topmog`i lozim.Hozirgi vaqtda mamlakatimizda ham ushbu 
muammo 
mavjuddir.Jahon 
ilg`or 
tajribasining 
ko`rsatishicha 
quyidagi 
muammolarning hal etilishi soliqlarning undiriluvchanligini oshrishga xizmat 
qilishi mumkin: 
1.Tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatdan o`tkazish bilan bog`liq muammolarni 
hal etish.Bazi bir tadbirkorlik subyektlari amalda ro`yxatdan o`tgan manzilda 
mavjud bo`lmasdan,ular faolyatining nazorat qilinishini murakkablashtirmoqda.Bu 
soliq xisobootlarini o`z vaqtida topshirilmasligi va bazan umuman to`lanmasligiga 
olib kelmoqda. 
2.Kredit muassasasida tadbirkorlik subyektining hisob-kitob schyotini ochish 
tartibi bilan bog`liq muammalarni hal qilish.Gap bu yerda tadbirkorlik subyektiga 
tegishli bo`lgan hisob-kitob schyoti soni,uning bir yoki bir necha kredit 
muassasasida 
bo`lishi,schyotlarning 
moliyaviy 
resurslarni 
jamg`arishga 
mo`ljallangan “strategic” va har kunlik operatsiyalarni amalga oshrishni nazarda 
tutuvchi 
“taktik” 
schyotlarga 
bo`linishi,ularning 
qanday 
ko`rinishga 
(so`mlik,valyuta)ega bo`lishi xususida ketyapti.Kredit muassasasi har yangidan 
ochilgan schyot to`g`risida soliq inspeksiyasiga xabar berishiga qaramay ularga 
nisbatan ma`lum cheklovlar qo`yilmasa bu soliq to`lashdan bosh tortish uchun 
sharoit yaratishi mumkin. 
3.Soliqqa tortish faqat litsenzion yig`imlarni olish yoki patent uchun 
to`lovlarni amalga oshirish orqali sodir etiladigan yuridik va jismoniy shaxslarning 
faoliyat turlari ro`yxatini aniqlash borasidagi muammolarga barham berish.Bunday 
fikr bildirilganda mayda chakana savdo,fuqarolarga transport,maishiy xizmat 
ko`rsatish va hakozolar e`tiborga olinadi.Bu sohalar bo`yicha daromadlar va 
xarajatlarni haqqoniyligini aniqlash ancha murakkab.Shu sabali ularga ham 
deklaratsiya topshirishni majburuy tusga kiritish zarur.
4.Soliqqa tortish obyektlarining faqat buxgalteriya hisobi qoidalari bo`yicha 
shakllantirishni qonuniy tarzda ko`zda tutish,soliqqa tortish maqsadlari uchun esa 
aniq qonuniy aktlar asosida o`zgartirish bilan bog`liq masalarni ijobiy hal etish.


53
5.Soliq summalarining budjetga o`z vaqtida o`tkazilishiga to`sqinlik 
qilayotgan banklarga nisbatan tez va keskin choralarni ko`rish bilan bog`liq 
bo`lgan muammolarni yechimini toppish 
6.Foydadan 
olinadigan 
soliq 
va 
boshqa 
soliqlarning 
stavkalarini 
tabaqalashtirish,to`g`ri va egri soliqlar o`rtasidagi nisbatni optimalllashtirish 
hamda xo`jalik yurituvchi subyektlardan maksimal olinishi mumkin bo`lgan 
foizning darajasini o`rnatish bilan bog`liq bo`lgan muammilarni hal etish.Bunda 
monopol korxonalarga va milliy ishlab chiqaruvchilarga e`tibor berish zarur.J 
7.Jismoniy 
shaxslarni 
soliqqa 
tortishning 
texnikaviy 
jihatdan 
oddiyligini,qulayligini va tushunarliligi bilan bog`liq bo`lgan muammolarni 
oqilona hal etish.
Soliqlarni undiriluvchanligini oshirishning eng maqbul yo`li soliq 
to`lovchilarning huqiqiy ongini oshirish hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz 
I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Shunga erishmog`imiz kerakki ,har bir soliq 
to`lovchi ,u xoh jismoniy shaxs xoh yuridik shaxs bo`lsin,soliq to`lashdan bo`yin 
tovlamasdan,daromadlarini yashirmasdan,aksincha o`z ishlab chiqarishini 
rivojlantirishga va daromadini oshirishga harakat qilsin
21
”.
Amaldagi soliqqa tortish tizimining yana bir muhim muammolaridan biri 
mulkchilik huquqi asosida soliq to`lovchiga tegishli bo`lgan mulkning bozor 
bahosini aniqlashdir.Amaliyotda qo`llanilayotgan qonunchilik va me`yoriy 
hujjatlarga ko`ra yuqorida ta`kidlangan soliqqa tortish obyektlarining bozor 
bahosini aniqlash mexanizmi belgilanmagan.Shuning uchun ham bu narsa 
amaliyotda soliq inspektori zimmasiga yuklanganki,u bozor konyukturasini 
aniqlashi,mulkning bahosi to`g`risidagi barcha xulosalarni to`plashi,ularni tahlil 
qilishi va soliqqa tortiladigan summani aniqlashi kerak. Bundan tashqari shu 
mexanizm bo`lmaganligi sababli soliqqa tortish maqsadlari uchun obyektlarni 
baholovchi organlar tomonidan aholini uy-joy fondini xususiylashtirishga jalb 
21
Karimov.I.A. Bosh maqsadimiz- jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,mamlakatni moderinizatsiya va isloh 
qilishdir.Xalq so`zi.2005 yil 29 yanvar 


54
etish,ko`chmas mulk ikkilamchi bozorini kengaytirishga noqonuniy urinishlarga 
sabab bo`lmoqda. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda soliqqa tortish obyektlarining real 
bozor qiymatini aniqlash va shunga mos ravishda soliqlardan yo`qotmalarni 
qisqartirish maqsadida hamda xorijdagi bu ishlarga tegishli bo`lgan tajribalarni 
inobatga olgan holda soliq organlari tarkibida soliqqa tortish maqsadlari uchun 
mulkning bozor bahosini aniqlash bo`yicha mutaxassis-baholovchilar institutini 
tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
soliq 
tizimini 
isloh 
qilishning 
muhim 
yo`nalishlaridan 
biri 
uning 
tashkiliy 
tuzilishini 
takomillashtirishdir.Respublikamizda soliq tizimining rivojlanish va takomillashish 
jarayoni davom etyotgan bo`lishiga qaramay ,uning dastlabki tashkiliy tuzilmasi va 
soliq organlari ishining tarkib topgan tizimi o`zlarining juda ko`p o`lchamlariga 
ko`ra tegishli ishning samaradorligini salohiyatini yo`qotgan. 
Xozirgi paytda soliq organlarini moderinizatsiya qilish zarurligi quyidagi 
obyektiv omillar bilan belgilanadi: 
Soliq tizimining mustaqil ravishda rivojlanib borayotganligi; 
Xududiy soliq organlari inspektorlariga to`g`ri keluvchi yuklama hajmining 
ortib borayotganligi; 
Soliq organlari moliyalashtirish hajmining cheklanganligi. 
Xududiy soliq organlari uchun moderinizatsiya qilishning majburiy 
komponentlari quyidagilar bo`lishi mumkin: 

Tipli tashkiliy tuzilishga o`tish; 

Tipli soliq ma`murchiligi tizimini yaratish; 

Samarali soliq texnologiyalarini joriy etish; 

Informatizatsiya darjasini yaratish; 

Informatsion resurslar xavsizligini ta`minlash; 

Mutaxassislar va soliq to`lovchilarni o`qitish. 


55
Soliq xizmatini moderinizatsiya qilishning muhim komponenti mutaxassislar va 
soliq to`lovchilarni o`qitishdir.Mutaxassislarni o`qitish quyidagi yo`nalishlarda 
amalga oshrilishi mumkin: 
Soliq inspeksiyasi rahbarlari va mutaxassislarini soliq organlari ishini 
tashkil qilishning tipli tizimiga o`tishni ta`minlash uchun o`qitish; 
Ma`lumotlarni electron qayta ishlash,yangi tizimni ekspluatatsiya 
qilishuchun o`qitish. 
Soliq to`lovchilar uchun esa o`qitishni tashkil qilish loyiha resurslari 
cheklanganligi sababli eksprimental va cheklangan xarakterga egadir. 
Jumladan, soliq tizimi islohotlarida qo‘yilgan ilk qadamlar natijasida
axborot texnologiyalari faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi. Hozirgi kunda
amaldagi soliq qonunchiligi axborot texnologiyalari shakllanishi, ularni
samarali boshqarish uchun asos bo‘la oladi. Davlat tizimining barcha
bo‘g‘inlari uchun yaxlit budjet-soliq siyosati bilan bog‘liq holda axborot
texnologiyalarning rivojlanish istiqbollarini belgilash, soliq qonunchiligi 
asoslarini jahon andozalari talablariga mos takomillashtirishni talab etadi.
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, ularning iqtisodiy
o‘sishini ta’minlashda axborot texnologiyalarining ishtiroki tabiiydir. Hududiy
iqtisodiyot va axborot texnologiyalari taraqqiyoti muammolarini hal etish
axborot texnologiyalari mustaqilligiga hamda imkoniyatlarining oshib borishiga 
omil bo‘ladi. Soliq amaliyotida axborot texnologiyalari tizim bazalari 
barqarorligini ta’minlash, ularning istiqbollarini taxminlashtirish jarayonida har
qaysi manbaning alohida roliga e’tibor berish, axborot texnologiyalarini 
tartibga solish davlat siyosatida muhim jihat sanaladi. Axborot texnoligiyalari
imkoniyatlarini taxminlashtirish, soliq tizimida axborot texnologiyasi
imkoniyatlaridan samarali foydalanish xarajat vakolatlarini taqsimlash tizimida
maqsadlilik, manzillilik ,adolatlilik tamoyillariga rioya qilinishini ta’minlaydi. 
Bunda Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 21-martda qabul qilingan 
«Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2012-yil 30-oktyabrda qabul 


56
qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-
kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarorlari muhim dasturilamal bo‘ladi. 
Soliq tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va 
rivojlantirish bo‘yicha Axborot-tahlil bosh boshqarmasi tarkibida Texnik 
boshqarma va yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tashkil etilgan. Ular 
yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlangan. Dasturiy mahsulotlar va interaktiv 
xizmatlar bo‘yicha reglament tasdiqlangan bo‘lib, ushbu xizmatlarni ko‘rsatishni 
tashkillashtirish bo‘yicha mas’ul tuzilma va xodimlar biriktirilgan, ularning 
javobgarligi ham belgilangan.
Qo‘mitaning markaziy apparati hamda tizimdagi barcha hududiy soliq 
organlari lokal va korporativ tarmoqqa hamda internet, elektron hujjat aylanishi 
tizimiga ulangan.
Bunday imkoniyatlar davlat soliq xizmati organlarining o‘zaro aloqalari 
samaradorligini sezilarli darajada oshirish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va 
tahlil qilish jarayonlarini avtomatlashtirishga sharoit yaratdi. Eng muhimi, bu vaqt 
va moddiy resurslarni tejash bilan birga, soliq sohasida qabul qilinayotgan 
normativ-huquqiy hujjatlar, qarorlar ijrosi samaradorligini oshirish, soliq siyosatini 
yanada liberallashtirishga yo‘l ochmoqda. 
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Davlat soliq qo‘mitasi axborot bazasi 
yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulangani natijasida interaktiv xizmat 
ko‘rsatish tezligi va sifati yanada oshdi. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, yaratilgan interaktiv xizmatlarning 12 tasi elektron 
shakldagi ma’lumotlarni to‘liq ayirboshlashni amalga oshirsa, 13 tasi ikki 
tomonlama axborot ayirboshlashni, 8 tasi esa bir tomonlama o‘zaro hamkorlik 
shaklida taqdim etiladi. Yangi xizmatlarni joriy etish ustida ham muntazam ish olib 
borilmoqda. 
2013 yilda «Yakka tartibdagi tadbirkorlardan hisobotlarni elektron shaklda 
qabul qilish va qayta ishlash», «Soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida elektron 
ariza orqali ma’lumotnomalar berish» va «O‘z biznesingni yarat» kabi interaktiv 


57
xizmatlar joriy etildi. Bu xizmatlardan aholi va tadbirkorlar bugungi kunda keng 
foydalanayotgani kuzatilmoqda. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra soliq to‘lovchilarning 
91 foizi soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda taqdim etgan bo‘lsa, joriy yilning 
birinchi choragi yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 97 foizga etdi. 
Qo‘mita tomonidan ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar natijasida qog‘oz, 
transport va pochta xarajatlari kamayishi hisobiga soliq to‘lovchilarning 2013-yil 
davomida 12,9 milliard so‘m, 2014-yil boshidan buyon esa 4,9 milliard so‘m 
mablag‘i tejaldi. Shu jumladan, o‘tgan yilda 248,7 tonna, joriy yil boshidan beri 
104,7 tonna qog‘oz iqtisod qilindi. 
Kelajakda axborot texnologiyalarining soliq tizimidago o`rni ortib boradi va u 
soliq boshqaruvining sezilarli darajada rivojlanishini ta`minlaydi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin