58
qisqartirish maqsadida hamda xorijdagi bu ishlarga tegishli bo`lgan tajribalarni
inobatga olgan holda soliq organlari tarkibida soliqqa tortish maqsadlari uchun
mulkning bozor bahosini aniqlash bo`yicha mutaxassis-baholovchilar
institutini
tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Davlat
budjeti
daromadlarini
shakllantirishda
soliqlarning
budjet
daromadlarining asosiy manbai sifatidagi mohiyatini ochib berishga bag’ishlangan
nazariy qarashlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki:
Birinchidan, soliqlar davlat funktsiyalarini bajarishning asosiy va birlamchi
manbai hisoblanadi;
Ikkinchidan, soliqlar milliy daromadni qayta taqsimlashdagi roli bevosita
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi bilan belgilanadi;
Uchinchidan, soliqlardan budjetning iqtisodiy
mazmundagi xarajatini
moliyalashtirishda foydalanish masalasiga alohida e’tibor berish amaliy ahamiyat
kasb etadi, chunki rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta
qurish davlatning iqtisodiyotda faol moliyaviy aralashuvini zarur qilib qo’yadi;
To’rtinchidan, soliqqa tortish tamoyillarini buzulishiga yo’l qo’ymaslik soliq
tushumlarining barqarorligiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi;
Beshinchidan, Respublikamiz iqtisodiyotining investitsion resurslarga
bo’lgan yuqori darajadagi talabini qondirish
maqsadida soliqlarning
jamg’armalarga ta’sirini ilmiy jihatdan o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga
egadir.
Dostları ilə paylaş: