O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


-rasm Davlat budjeti daromadlari klassifikatsiyasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

-rasm
Davlat budjeti daromadlari klassifikatsiyasi
8
Yuqorida soliqlarga berilgan ta’riflarni o‘rganib chiqib soliqlarga ta’rif 
berishga harakat qildik. Bizning fikrimizcha, soliqlar – yuridik va jismoniy 
8
Malikov T.S., Haydarov N.H. Davlat budjeti. O’quv qo’llanma / Toshkent Moliya instituti. – T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 
2007. 
Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda 
klassifikatsiya qilinayapti
 
To’g’ri (bevosita) soliqlar (yuridik shaxslarning foydasidan 
olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun 
yagona soliq to’lovidan Davlat budjetiga ajratmalar; yagona soliq 
to’lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) 
Davlat budjetiga ajratmalar; jismoniy shaxslarning daromadidan 
olinadigan soliq va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan 
yuridik va jismoniy shaxs-larning daromadidan olinadigan qat’iy 
soliq)
Egri (bilvosita) soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i; aktsiz-lar; 
bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi;
transport vositalari uchun benzin, dizel yoqil-g’isi va gaz iste’moliga 
jismoniy shaxslardan olinadigan soliq) 
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i (mol-mulk solig’i; er solig’i; er 
osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq)
Ustama foydadan olinadigan soliq 

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-tirish uchun 
soliq 
Boshqa daromadlar


28
shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undiriladigan, mohiyati jihatidan soliq 
to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi majburiy harakterga ega bo‘lgan pul 
munosabatlarini bildiruvchi, davlat yoki mahalliy (munitsipal) tuzilmalarni 
moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, 
yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to‘lovdir.
Soliqlar mohiyatini yanada chuqurroq o‘rganish uchun ularni bevosita 
(to‘g’ri) va bilvosita (egri) soliqlarga bo‘lib o‘rganish zarur. Chunki soliqlar davlat 
budjeti daromadini shakllantirishdagi iqtisodiy mohiyatiga qarab aniq soliqqa 
tortiladigan ob’ektlardan olinadigan va soliq to‘lovchilarning faoliyati natijasida 
hosil qilingan qo‘shimcha qiymat ya’ni foydadan undiriladigan xo‘jalik 
sub’ektlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi (to‘g’ri) 
soliqlarga va mahsulotlar, ishlar va xizmatlar qiymatidan oborot stavkasi sifatida 
iste’molchi hisobidan undiriladigan bilvosita (egri) soliqlar turkumiga bo‘lingan.
Bevosita soliqlar, o‘z navbatida real va shaxsiy bevosita soliqlarga bo‘linishi 
mumkin. Bevosita real soliqlar deganda shunday soliqlar tushuniladiki, ular mol-
mulk yoki daromadlarning turli xillariga solinadi hamda ob’ektning haqiqatda 
keltiradigan daromadini hisobga olmasdan, uni taxminiy baholash asosida 
o‘ndiriladi. Hozirgi vaqtda real soliqlarning roli katta emas. Bevosita soliqlarga, 
masalan, yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig’i, jismoniy shaxslarning 
daromad solig’i, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromad 
solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa soliqlar kiradi.
Bevosita real soliqlar o‘rnini borgan sari bevosita shahsiy soliqlar egallab 
bormoqda, ular ham jismoniy ham yuridik shaxslarning hisobga olingan 
daromadlariga solinadi. Bevosita shaxsiy soliqlar deklaratsiya asosida undiriladi. 
Asosan ular uchun progressiv stavkalar xosdir. Bevosita shaxsiy soliqlarga 
daromad solig’i, korxona va tashkilotlarni foyda solig’i va boshqa soliqlar kiradi.
Bilvosita soliqlar - narx yoki tarifga ustama ko‘rinishida belgilanadigan, 
tovar va xizmatlar qiymatidan olinadigan soliqdir. Bilvosita soliqlarga tovarni 
sotish narxida to‘lanadigan yoki tarifga kiritilgan, tovar va xizmatlarga solinadigan 
soliqlar kiradi, ya’ni bilvosita soliqlarning pirovard to‘lovchisi bo‘lib tovar 


29
iste’molchisi maydonga chiqadi, uning zimmasiga soliq narxda ko‘zda tutilgan 
ustamalar orqali yuklanadi. Mazkur holda korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan 
tovarlar va xizmatlarni sotib, soliq summalari hisobga olingan pul summalarini 
oladilar, so‘ngra olingan barcha soliq summalarini tegishli budjetga o‘tkazadilar. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni jadal sur`atda rivojlantirish maqsadida YaIM 
tarkibida davlat budjeti daromadlari ulushini kamaytirish choralari ko`rilmoqda, 
ya`ni YaIM da xususiy sektorning ulushini amalga oshrishga harakat qilinmoqda. 
Davlat budjeti daromadlari YAIMga nisbatan 2001-yili 26%dan 2002-yili 
25,2% ga, 2003-yilda 24,2% tashkil qildi, bu 2002-yilga nisbatan 1 foiz darajaga 
kamdir.2004-yilda YAIM ga soliq stavkalarini pasayishi natijasida soliq 
tushumlari qisqarishi tendensiyasi saqlanib qoldi. Davlat budjeti daromadlari
YAIMga nisbatan 2004-yilda 22,5%ni tashkil etdi, bu esa 2003-yilga nisbatan 1,7 
daraja kamdir. 2005-yilida davlat budjeti daromadlari YAIMga nisbatan 20,8%ni 
tashkil etdi va 2004-yilga nisbatan 1,7 foiz darajaga kam bo‘ldi. 2006-yilning
natijalariga ko‘ra davlat budjetining daromadlari YAIM ga nisbatan,
2005-yildagi 20,8% ga nisbatan 19,1% ni tashkil etdi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin