O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
kiritilishi
 
soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari belgilab berish bilan 
qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar soliq yukini yanada kamaytirishga, 
tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, vijdonli soliq 
to‘lovchilarni, ularning xo‘jalik faoliyatiga asossiz aralashishdan himoyalanishni 
kuchaytirish, jinoiy va ma’muriy jazolarni erkinlashtirish, samarali soliq tizimi 
tamoyillarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan. 
Soliqlar deganda, muayyan miqdorlarda muntazam undiriladigan, qaytarib 
berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan 
majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. 
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda esa, davlat maqsadli jamg’armalariga 
majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda 
mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni 


18
to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni 
yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi 
lozim bo‘lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi. 
Soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlari quyidagi soliqqa tortish tamoyillariga 
asoslanadi
soliq solishning majburiyligi; soliq solishning aniqligi; soliq solishning 
adolatliligi; soliq tizimining yagonaligi; soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlarining 
oshkoraligi; soliq to‘lovchining haqligi prezumptsiyasi tamoyili. 
Soliq solishning majburiyligi tamoyili. Har bir shaxs belgilangan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart. 
Soliq solishning aniqligi tamoyili. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq 
bo‘lishi kerak. Soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlari har bir soliq to‘lovchi qaysi 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay 
tartibda to‘lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo‘lishi kerak. 
Soliq solishning adolatliligi tamoyili. Soliq solish umumiydir. Soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat 
prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin 
emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib 
chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas. 
Soliq 
tizimining 
yagonaligi 
tamoyili. 
Soliq tizimi O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir. 
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning 
(ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada 
bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi tamoyili. Soliq solish 
masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon 
qilinishi shart. Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan me’yoriy-


19
huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib 
chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi 
ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanktsiyani qo‘llashga asos bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin emas. 
Soliqlar bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ularning mohiyatini ochishda 
moliyaviy voqeliklarni, munosabatlarni chuqur, atroflicha o‘rganish, soliqlar 
mohiyatini ochishda muhim ahamiyatga egadir.
Soliqlar - soliq oluvchi (davlat) bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasida doimo 
takrorlanib turadigan iqtisodiy voqelikni bildiradi. Soliqlarni asosiy mohiyati, soliq 
oluvchi (davlat) bilan soliq to‘lovchilar ob’ektiv ravishda pul munosabatlari 
harakatining oshirilishidadir. Bu pul munosabatlari harakati bir tomonlama soliq 
to‘lovchilardan soliq oluvchi (davlat) tomon muomalada bo‘ladi. Shuni alohida 
ta’kidlash joizki, soliqlar pul ifodasini to‘liq o‘zida ifoda etmaydi, balki u asosan, 
soliq ob’ektlari hisoblangan daromadlar, qiymatni taqsimlash va qayta 
taqsimlashda pul munosabatlarini ifodalovchi asosiy mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida milliy daromadni taqsimlash va qayta 
taqsimlash jarayonida vujudga kelganligi va faoliyat ko‘rsatganligi uchun ishlab 
chiqarish munosabatlarining ham bir qismidir. U moddiy va ijtimoiy mazmunga 
ega.
Soliqlarning moddiy mazmuni shundan iboratki, ular davlatning o‘z 
funktsiyalarini bajarish uchun davlat tomonidan milliy daromad bir qismining 
davlat ixtiyoriga jalb (mobilizatsiya) qilinishidir. 
Soliqlarning ijtimoiy mazmuni esa siyosiy hokimiyatning iqtisodiy 
munosabatlarga aralashuviga imkoniyat yaratib beradi.
Masalan hozirgi dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida soliqlar davlat 
budjetining asosiy (70-90 foiz) daromadini tashkil etadi. Ikkinchi jahon urushidan 
keyingi soliq siyosati bu vaziyatni tubdan o‘zgartira olmadi. Ob’ektiv va sub’ektiv 
holatlarning ta’siri ostida davlat faoliyatining keskin kengayishi natijasida soliqqa 
tortish yuqori darajaga etdi va u soliqlarning yalpi milliy mahsulot yoki yalpi 
milliy daromadga nisbati bilan harakterlanayapti. 


20
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga 
aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq 
rol o‘ynamokdaki, YaMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog’ining 
ko‘payishi buning ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, milliy boylikni o‘sishi 
natijasida jamiyatning moliyaviy munosabatlari ham takomillashib boradi. Ijtimoiy 
ishlab chiqarish sub’ektlarining dastlabki daromadlari tovar ishlab chiqarishda, 
xizmatlar bajarishda vujudga keladi va ularning yig’indisi mamlakatning yalpi 
ichki maxsuloti (YaIM) tashkil qiladi. YaIM bu ishlab chiqarilgan barcha tovarlar 
va xizmatlarning bozor bahosidagi kiymatidan sarf qilingan hamma harajatlar 
chegirilib tashlangandan keyingi qolgan sof daromad. Boshqacha ma’noda YaIM 
mamlakatning barcha daromadlarining jamlangan moliyaviy salohiyatidir. YaIM 
tarkibiy qismi mehnat haqi va sotsial ta’minot ajratmalaridan iqtisodiyotning jami 
foydasidan, tovarlar va xizmatlar qiymatiga qo‘shimcha ravishda undiriladigan 
soliqlar (Qo‘shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i) va boshqa tabiiy resurslardan 
foydalanganlik uchun olinadigan soliqlardan iborat.
Shu o‘rinda mamlakatimizda yalpi ichki maxsulotning o‘sishida soliqlar, 
jumladan yagona soliq to‘lovi ham o‘zining hissasini qo‘shmoqda desak xato 
qilmasak kerak. Shunki, mamlakatimizda soliq siyosati orqali kichik biznes va 
tadbirkorlarga umuman olganda yuridik shaxslarga nisbatan yaratilayotgan keng 
imkoniyatlar natijasida ularning moliyaviy faoliyatida keskin o‘zgarishlar ro‘y 
berib ularning yakuniy natijasi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
jumladan, yalpi ichki mahsulotda o‘z aksini topmoqda. 
Agarda quyida keltirilgan 1-jadval ma’lumotlarini tahlil etadigan bo‘lsak, 
keltirilgan ma’lumotlardan shuni ko‘rish mumkinki, mamlakatimiz yalpi milliy 
mahsulot 2012-yili 8,2 foizga, 2012-yili 8,0 foizga,
2014-yili 8,1 foizga 
o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday o‘sish ko‘rsatkichlarini sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, kapital quyilmalar hajmida ham ko‘rishimiz mumkin.


21
Soliqning asosiy yuridik belgisi – uni belgilashning bir tomonlamalik 
hususiyatidir; uning boshqa belgilari: soliq yakka tarzda xolisona, qaytarib 
bermaslik shartlari bilan undirib olinadi.
Soliqlarga professor T.S.Malikov o‘zining «Soliqlar va soliqqa tortishning 
dolzarb muammolari» monografiyasida quyidagicha ta’rif bergan: Soliqlar -
qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan 
va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga olinadigan 
majburiy to‘lovlar. 
5
Yuqorida soliqlarga berilgan ta’riflarni o‘rganib chiqib soliqlarga ta’rif 
berishga harakat qildik. Bizning fikrimizcha, soliqlar – yuridik va jismoniy 
shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undiriladigan, mohiyati jihatidan soliq 
to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi majburiy harakterga ega bo‘lgan pul 
munosabatlarini bildiruvchi, davlat yoki mahalliy (munitsipal) tuzilmalarni 
moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy, 
yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to‘lovdir.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin