O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining tarkibi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

Bitiruv malakaviy ishining tarkibi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, 
xulosalar xamda foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat.


8
I BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARINI SHAKLLANISHINING 
NAZARIY, TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI 
 
1.1.
 
Davlat budjeti daromadlarini shakllanishining nazariy jihatlari
 
 
Davlat budjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini 
taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, 
ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli 
bo’lgan daromadlar va jamg’armalarning bir qismini budjetga o’tkazilishi 
natijasida vujudga keladi. Budjet daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil etadi. Bu 
moliyaviy (budjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli budjetga borib 
tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 
Miqdoriy jihatdan davlat budjetining daromadlari yaratilgan (ishlab 
chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini 
ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) 
mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning 
oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan 
belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat budjetida mablag’larni yig’ish miqdori 
va ularni undirishning shakl va metodlari aniqlanadi. 
Budjet daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi prinsiplarga 
asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 
– soliqlarning budjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining 
tugashiga olib kelmasligi kerak; 
– soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim; 
– soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari haj-miga ta’sir 
ko’rsatmasligi; 
– soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 
– davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzon-roq bo’lishi lozim; 
– soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak;


9
– sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish. Ya’ni, 
sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat budjetiga olinishi 
ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Chegaradan 
o’tib ketilganda sub’ektlarning mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash 
hollari-ning vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab 
chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susaya-di, xufyona 
iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi; 
– sub’ektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda 
vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byud-jetga olinishi. Ma’lum bir 
xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga 
o’tishi kerak. Bu prin-tsipning ta’siri ostiga sub’ektlar ma’muriyatining noto’g’ri, 
noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqa-lar) natijasida 
olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim; 
– ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning 
rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byud-jetga olish. Bu prinsip davlat 
budjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil etishda 
qo’llani-lishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi 
va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning manfaatlarini 
ta’minlaydi; 
– budjet mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’min-lash. Mablag’larni 
sub’ektlar ixtiyorida budjetga o’tkazilishi ular-ning samarali faoliyat ko’rsatishga 
rag’batlantirishi kerak. Bunda maqsad faqat davlat budjeti daromadlarini miqdoriy 
jihatdan ta’minlash emas, balki shu yo’l bilan korxonada faoliyat ko’rsatayot-gan 
mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular faoliyatining si-fat ko’rsatkichlariga 
to’lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir; 
– budjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu prinsip 
budjet daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda qo’llanilib, uning 
natijasida aholi daro-madlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi budjetga 
o’tkaziladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin