O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
 
 
 


25
II BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI SHAKLLANISHI VA UNGA 
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI 
 
2.1. Davlat budjeti daromad larining shakllanishining amaliyoti tahlili 
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy 
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli 
va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. 
Eng avvalo, Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra 
quyidagi uch guruhga bo’linadi: 
soliqli daromadlar; 
soliqsiz daromadlar; 
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul 
mablag’lari. 
2-rasm 
Davlat budjeti daromadlari manbalariga ko’ra bo’linishi
7
 
7
Malikov T.S., Haydarov N.H. Davlat budjeti. O’quv qo’llanma / Toshkent Moliya instituti. – T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 
2007 
Dalat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra 
quyidagi uch guruhga bo’linadi
 
Soliqli
Soliqsiz 
tiklanmaydigan 
(qaytarilmay-
digan) tarzda 
o’tkaziladigan pul 
mablag’lari
Budjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchi-ligiga 
muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy so-liqlar va 
yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat 
boji, penya va jarimalardan iborat


26
Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri budjet 
tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va 
subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa
shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar 
mablag’larni oluvchi budjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar 
hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan 
mablag’lar ham budjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi. 
Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda 
klassifikatsiya qilinayapti: 
1. To’g’ri (bevosita) soliqlar.
2. Egri (bilvosita) soliqlar.
3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i.
4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 
5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq. 
6. Boshqa daromadlar.
 
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan Davlat budjeti daromadlari tizimining 
samaradorligi mablag’larning budjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq. 
Bu narsa o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
– budjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar;
– ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish; 
– mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi; 
– daromadlarni (to’lovlarni) budjetga o’tkazish tartibi; 
– budjetga daromadlarni to’lovchilarni hisobga olish; 
– budjetga daromadlarni to’lovchilarning javobgarligi; 
– budjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini 
ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi; 
– budjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va 
majburiyatlari. 


27
3

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin