25
II BOB. DAVLAT BUDJETI DAROMADLARI SHAKLLANISHI VA UNGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI
2.1. Davlat budjeti daromad larining shakllanishining amaliyoti tahlili
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli
va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.
Eng avvalo, Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra
quyidagi uch guruhga bo’linadi:
soliqli daromadlar;
soliqsiz daromadlar;
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul
mablag’lari.
2-rasm
Davlat budjeti daromadlari manbalariga ko’ra bo’linishi
7
7
Malikov T.S., Haydarov N.H. Davlat budjeti. O’quv qo’llanma / Toshkent Moliya instituti. – T.: “IQTISOD–MOLIYA”,
2007
Dalat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra
quyidagi uch guruhga bo’linadi
Soliqli
Soliqsiz
tiklanmaydigan
(qaytarilmay-
digan) tarzda
o’tkaziladigan pul
mablag’lari
Budjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchi-ligiga
muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy so-liqlar va
yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat
boji, penya va jarimalardan iborat
26
Budjetning daromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri budjet
tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va
subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa
shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar
mablag’larni oluvchi budjetning daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar
hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan
mablag’lar ham budjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Hozirgi amaliyotda Davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda
klassifikatsiya qilinayapti:
1. To’g’ri (bevosita) soliqlar.
2. Egri (bilvosita) soliqlar.
3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i.
4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq.
6. Boshqa daromadlar.
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan Davlat budjeti daromadlari tizimining
samaradorligi mablag’larning budjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq.
Bu narsa o’z ichiga quyidagilarni oladi:
– budjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar;
– ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish;
– mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi;
– daromadlarni (to’lovlarni) budjetga o’tkazish tartibi;
– budjetga daromadlarni to’lovchilarni hisobga olish;
– budjetga daromadlarni to’lovchilarning javobgarligi;
– budjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini
ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi;
– budjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va
majburiyatlari.
27
3
Dostları ilə paylaş: |