kiritilishi
soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari belgilab berish bilan
qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar soliq yukini yanada kamaytirishga,
tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, vijdonli soliq
to‘lovchilarni, ularning xo‘jalik faoliyatiga asossiz aralashishdan himoyalanishni
kuchaytirish, jinoiy va ma’muriy jazolarni erkinlashtirish, samarali soliq tizimi
tamoyillarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan.
Soliqlar deganda, muayyan miqdorlarda muntazam undiriladigan, qaytarib
berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan
majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda esa, davlat maqsadli jamg’armalariga
majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda
mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni
18
to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni
yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi
lozim bo‘lgan yig’imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlari quyidagi soliqqa tortish tamoyillariga
asoslanadi
soliq solishning majburiyligi; soliq solishning aniqligi; soliq solishning
adolatliligi; soliq tizimining yagonaligi; soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlarining
oshkoraligi; soliq to‘lovchining haqligi prezumptsiyasi tamoyili.
Soliq solishning majburiyligi tamoyili. Har bir shaxs belgilangan soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart.
Soliq solishning aniqligi tamoyili. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq
bo‘lishi kerak. Soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlari har bir soliq to‘lovchi qaysi
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, qachon, qancha miqdorda hamda qay
tartibda to‘lashi kerakligini aniq biladigan tarzda ifodalangan bo‘lishi kerak.
Soliq solishning adolatliligi tamoyili. Soliq solish umumiydir. Soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat
prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin
emas hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib
chiqqan holda qo‘llanilishi mumkin emas.
Soliq
tizimining
yagonaligi
tamoyili.
Soliq tizimi O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi doirasida tovarlarning
(ishlarning, xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada
bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yadigan soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq to‘g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi tamoyili. Soliq solish
masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon
qilinishi shart. Barchaning e’tibori uchun rasmiy e’lon qilinmagan me’yoriy-
19
huquqiy hujjatlar kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib
chiqarmaydi va soliq sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga, ulardagi
ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun biron bir sanktsiyani qo‘llashga asos bo‘lib
xizmat qilishi mumkin emas.
Soliqlar bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ularning mohiyatini ochishda
moliyaviy voqeliklarni, munosabatlarni chuqur, atroflicha o‘rganish, soliqlar
mohiyatini ochishda muhim ahamiyatga egadir.
Soliqlar - soliq oluvchi (davlat) bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasida doimo
takrorlanib turadigan iqtisodiy voqelikni bildiradi. Soliqlarni asosiy mohiyati, soliq
oluvchi (davlat) bilan soliq to‘lovchilar ob’ektiv ravishda pul munosabatlari
harakatining oshirilishidadir. Bu pul munosabatlari harakati bir tomonlama soliq
to‘lovchilardan soliq oluvchi (davlat) tomon muomalada bo‘ladi. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, soliqlar pul ifodasini to‘liq o‘zida ifoda etmaydi, balki u asosan,
soliq ob’ektlari hisoblangan daromadlar, qiymatni taqsimlash va qayta
taqsimlashda pul munosabatlarini ifodalovchi asosiy mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya sifatida milliy daromadni taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonida vujudga kelganligi va faoliyat ko‘rsatganligi uchun ishlab
chiqarish munosabatlarining ham bir qismidir. U moddiy va ijtimoiy mazmunga
ega.
Soliqlarning moddiy mazmuni shundan iboratki, ular davlatning o‘z
funktsiyalarini bajarish uchun davlat tomonidan milliy daromad bir qismining
davlat ixtiyoriga jalb (mobilizatsiya) qilinishidir.
Soliqlarning ijtimoiy mazmuni esa siyosiy hokimiyatning iqtisodiy
munosabatlarga aralashuviga imkoniyat yaratib beradi.
Masalan hozirgi dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida soliqlar davlat
budjetining asosiy (70-90 foiz) daromadini tashkil etadi. Ikkinchi jahon urushidan
keyingi soliq siyosati bu vaziyatni tubdan o‘zgartira olmadi. Ob’ektiv va sub’ektiv
holatlarning ta’siri ostida davlat faoliyatining keskin kengayishi natijasida soliqqa
tortish yuqori darajaga etdi va u soliqlarning yalpi milliy mahsulot yoki yalpi
milliy daromadga nisbati bilan harakterlanayapti.
20
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga
aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq
rol o‘ynamokdaki, YaMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog’ining
ko‘payishi buning ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, milliy boylikni o‘sishi
natijasida jamiyatning moliyaviy munosabatlari ham takomillashib boradi. Ijtimoiy
ishlab chiqarish sub’ektlarining dastlabki daromadlari tovar ishlab chiqarishda,
xizmatlar bajarishda vujudga keladi va ularning yig’indisi mamlakatning yalpi
ichki maxsuloti (YaIM) tashkil qiladi. YaIM bu ishlab chiqarilgan barcha tovarlar
va xizmatlarning bozor bahosidagi kiymatidan sarf qilingan hamma harajatlar
chegirilib tashlangandan keyingi qolgan sof daromad. Boshqacha ma’noda YaIM
mamlakatning barcha daromadlarining jamlangan moliyaviy salohiyatidir. YaIM
tarkibiy qismi mehnat haqi va sotsial ta’minot ajratmalaridan iqtisodiyotning jami
foydasidan, tovarlar va xizmatlar qiymatiga qo‘shimcha ravishda undiriladigan
soliqlar (Qo‘shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i) va boshqa tabiiy resurslardan
foydalanganlik uchun olinadigan soliqlardan iborat.
Shu o‘rinda mamlakatimizda yalpi ichki maxsulotning o‘sishida soliqlar,
jumladan yagona soliq to‘lovi ham o‘zining hissasini qo‘shmoqda desak xato
qilmasak kerak. Shunki, mamlakatimizda soliq siyosati orqali kichik biznes va
tadbirkorlarga umuman olganda yuridik shaxslarga nisbatan yaratilayotgan keng
imkoniyatlar natijasida ularning moliyaviy faoliyatida keskin o‘zgarishlar ro‘y
berib ularning yakuniy natijasi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar
jumladan, yalpi ichki mahsulotda o‘z aksini topmoqda.
Agarda quyida keltirilgan 1-jadval ma’lumotlarini tahlil etadigan bo‘lsak,
keltirilgan ma’lumotlardan shuni ko‘rish mumkinki, mamlakatimiz yalpi milliy
mahsulot 2012-yili 8,2 foizga, 2012-yili 8,0 foizga,
2014-yili 8,1 foizga
o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday o‘sish ko‘rsatkichlarini sanoat, qishloq
xo‘jaligi, kapital quyilmalar hajmida ham ko‘rishimiz mumkin.
21
Soliqning asosiy yuridik belgisi – uni belgilashning bir tomonlamalik
hususiyatidir; uning boshqa belgilari: soliq yakka tarzda xolisona, qaytarib
bermaslik shartlari bilan undirib olinadi.
Soliqlarga professor T.S.Malikov o‘zining «Soliqlar va soliqqa tortishning
dolzarb muammolari» monografiyasida quyidagicha ta’rif bergan: Soliqlar -
qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan
va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga olinadigan
majburiy to‘lovlar.
5
Yuqorida soliqlarga berilgan ta’riflarni o‘rganib chiqib soliqlarga ta’rif
berishga harakat qildik. Bizning fikrimizcha, soliqlar – yuridik va jismoniy
shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undiriladigan, mohiyati jihatidan soliq
to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi majburiy harakterga ega bo‘lgan pul
munosabatlarini bildiruvchi, davlat yoki mahalliy (munitsipal) tuzilmalarni
moliyaviy ta’minlash maqsadida begonalashtirish shaklida undiriladigan majburiy,
yakka tartibdagi qaytarib berilmaydigan to‘lovdir.
Dostları ilə paylaş: |