9
– sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish. Ya’ni,
sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat budjetiga olinishi
ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Chegaradan
o’tib ketilganda sub’ektlarning mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash
hollari-ning vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab
chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susaya-di, xufyona
iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi;
– sub’ektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda
vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byud-jetga olinishi. Ma’lum bir
xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga
o’tishi kerak. Bu prin-tsipning ta’siri ostiga sub’ektlar ma’muriyatining noto’g’ri,
noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqa-lar) natijasida
olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim;
– ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning
rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byud-jetga olish. Bu prinsip davlat
budjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil etishda
qo’llani-lishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi
va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning manfaatlarini
ta’minlaydi;
– budjet mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’min-lash. Mablag’larni
sub’ektlar ixtiyorida budjetga o’tkazilishi ular-ning samarali faoliyat ko’rsatishga
rag’batlantirishi kerak. Bunda maqsad faqat davlat budjeti daromadlarini miqdoriy
jihatdan ta’minlash emas, balki shu yo’l bilan korxonada faoliyat ko’rsatayot-gan
mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular faoliyatining si-fat ko’rsatkichlariga
to’lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir;
– budjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu prinsip
budjet daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda qo’llanilib, uning
natijasida aholi daro-madlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi budjetga
o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: