43
markazlashtirish, ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas, balki to‘plangan
moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o‘zida ifodalaydi. O‘zbekiston
Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining yillar bo`yicha
YaIM ga nisbatan
salmog`ini o`zgarishini ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, bu davrda budjet
xarajatlari tuzilmasida muhim o‘zgarishlar yuz berganligini ko‘rishimiz
mumkin. Soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat siyosatining
asosiy yo‘nalishlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
moliyaviy yil davomida soliqlar va soliqsiz to‘lovlarning
yagonaligi, ziddiyatsizligi va o‘zgarmasligini ta’minlovchi
barqaror soliq
tizimini vujudga keltirish;
yetarli darajada tushum bermaydigan maqsadli soliqlarni bekor qilish
va ularni yiriklashtirish bilan soliqlar
sonini kamaytirish;
pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish yo‘nalishi va budjetning
daromadli qismini shakllantirishning normativ tartibini saqlab qolgan holda
davlatning budjetdan tashqari jamg‘armalarini davlat
budjetiga konsolidatsiya
qilish;
mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat
ko‘rsatuvchilarga nisbatan soliq yukini oo‘irligini
engillashtirish va bir
vaqtning o‘zida soliqlarning undirilish darajasini oshiruvchi mexanizmni joriy
etishni aniq belgilash asosida ikki marta soliqqa tortilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Dostları ilə paylaş: