2.5. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi - O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi fanining maqsad va vazifalari talabalarni
(bakalavr) xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot
bosqichlari bilan tanishtirish;
- og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganish, shu bilan bir qatorda milliy mafkura
tamoyillarini egallash;
- talabalarni og‘zaki ijod namunalarini chuqur tahlil eta olishga o‘rgatish.
Shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga
sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash.
- o‘zbek xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish;
- o‘zbek xalq og‘zaki ijodining taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish;
- o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘plash;
- folklorshunoslar tomonidan yaratilgan yirik asarlar;
- o‘zbek folklorining janrlar tizimi, har bir janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari;
- o‘zbek xalq og‘zaki ijodining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari;
- taniqli xalq shoiri va baxshilarining hayoti va ijodiy faoliyatini;
- folklor namunalarining yozma adabiyotga ta’sir etish yo‘llari va qonuniyatlari;
- o‘zbek folkloriga xos bo‘lgan milliy, diniy-falsafiy qarashlar haqida mustaqil fikr
va tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.
2.6. Jahon adabiyoti Har bir xalq adabiyoti haqida tushuncha va bilimga ega bo‘lish; har bir xalq
adabiyotining rivojlanish omillarini bilish; har bir xalq adabiyotining asoschisi,
ijodi va hayoti haqida ma’lumotga ega bo‘lish; har bir xalq adabiyoti
namoyandalarining asarlarini mustaqil o‘qib o‘rganish; har bir xalq adabiyoti
namoyandalarining asarlaridan parcha yod olish.
2.7. O‘zbek bolalar adabiyoti Bolalar va kattalar adabiyotining o‘ziga xos tomonlari, bolalar adabiyotining
paydo bo‘lishi, bolalar adabiyotining folklor bilan bog‘liqligi, o‘zbek bolalar
adabiyotining rivojlanish davrlari, har bir davr bolalar adabiyotining o‘ziga xos
xususiyatlari, o‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillari hayoti va ijodini
o‘rganish talab etiladi. «O‘zbek bolalar adabiyoti» fanining asosiy vazifasi
hisoblanadi.