2.8. Hozirgi adabiy jarayon va matnni ifodali o‘qish - hozirgi adabiy jarayon va ifodali o`qish qonuniyatlariga tayanib, xilma-xil
janrdagi asarlarni tahlil qilish va xulosalar chiqara olish malakasiga ega bo`lishlari
talab qilinadi.
- hozirgi adabiy jarayonda o`rganilayotgan g`oyaviy-badiiy jihatdan
mukammal shе'rlar hamda mumtoz shе'riyatimizga xos yuksak g`oyaviylik va еtuk
badiiyatdan atroflicha bahramand bo`lmog`, shе'riyatga xos nafis ohanglarni to`la
his qilmog` uchun esa adabiyot nazariyasi fanini chuhur o`rganish zarur.
- o`zbеk adabiy tili va uning grammatik xususiyatlarini to`liq o`zlashtirmog`i
lozim.
- yuksak tarzdagi ifodali o`qishni;
- o‘zbek badiiy adabiyotini g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish;
- XX asr adabiyoti, uning tematik va janrlar yo‘nalishi, ularning namoyandalari
asarlarining tahlili.
III. O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI O‘QITISH METODIKASI 3.1. O‘zbek tili o‘qitish metodikasi Ta’lim sohasidagi islohotlar. Ona tili o‘qitish metodikasi predmeti fan
sifatida: uning maqsad-vazifalari. Ona tili o‘qitish metodikasi fanining integrativ
mohiyati.
Ona tili o‘qitish metodikasi fanining boshqa predmetlar (pedagogika,
umumiy va yosh psixologiyasi, lingvistika (tilshunoslik), adabiyotshunoslik,
falsafa, didaktika bilan aloqasi. Ta’limning turli bosqichlarida ona tili o’qitish
mazmuni. Ta’lim bosqichlarida ona tili o’qitishning metod va usullari. Ona tilidan
dastur va darsliklar. Tilshunoslikning alohida qism va bo’limlarini o’qitish
metodikasi. Fonetika va imloni o’qitish talaffuz me’yorlarini o’rgatish. Leksikani
o’rganish xususiyatlari. Morfologiya, sintaksis va punktuasiyani o’rganish
metodikasi.
O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish yo’llari,
matn bilan ishlash malakalarini hosil qilish o’quvchi va o’qituvchi hamkorligi.