Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə1/9
tarix13.03.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#87526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI namuna uchun


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI


CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 18/2-guruhi talabasi


Sayfullayeva Zura Sayfiddin qizining “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan
Adabiyot o`qitishda integrativ yondashuvning o‘rni”
mavzusida yozgan
KURS ISHI

Ilmiy rahbar ________________________



Chirchiq – 2023
MUNDARIJA
KIRISH. ……………………………………………..…………………..3-8
I BOB. Integrativ yondashuvning ahamiyati va adabiyot fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi
1.1. Integratsiya va uning mazmun-mohiyati ……………………..…9-12
1.2. Integratsiyalashgan ta`lim va fanlararo aloqadorlik ……….... 13-22
II BOB. Adabiyot o`qitishda integrativ yondashuv – o`quvchilar fikrlash qobiliyati va dunyoqarashini rivojlantiruvchi omil
2.1. Adabiyot ta`limida integrativ yondashuv ……………………. 23-28
2.2. Darslikda berilgan adabiy materiallarini o`rgatishda integratsiyadan foydalanish …………………….…………………………29-35
Xulosa………………………………………………………………….36-37
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ……………………………….. 38-40

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati. Millatni millat, davlatni davlat maqomiga ko`taradigan asos va omillarning asosiysi ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat va din ekanligi hech kimga sir emas. Xuddi shuning uchun ham, har jabhada kuchli davlat va serg`ayrat millat hayotini adabiyotdan ayri holda tasavvur qilib bo`lmaganidek, adabiyot taqdiri va ravnaqini ham xalq, davlat manfaatidan yiroq bir hodisa deyish mumkin emas. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida o`rinli ta’kidlanganidek: “Adabiyot, so`z san’ati azaldan, xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo`lib keladi”1
O`zbek adabiyoti o`zining boy sarchashmalariga ega bo`lib, uni yosh avlodga o`rgatish, boy merosimizni o`quvchilarga to`laqonli anglatish, ong-u shuuriga singdirish uchun turli metod va usullardan foydalangan ma`qul. Bu borada yangi va zamonaviy uslublarni o`rgash va amiliyotga keng tatbiq qilish zaruriyati tug`iladi. Ba`zan shunisi ham e`tiborliki, zamonaviy sharoitlarda fanlarni, shu qatorda ona tili va adabiyot fanlarini o`qitishda ularning integratsiyasini ta`minlashga yetarli e`tibor qaratilmay kelmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar va bunday muammolarni tubdan islohot qilish maqsadida keng amailoytda bu muammolarni o`rganish, yangi usul va vositalarni ishlab chiqish talab etiladi.
Davrimizning hayotiy ehtiyojlari maktablarda ta`lim-tarbiya ishlari darajasini yuqori bosqichga ko`tarishni, har tomonlama puxta bilim oladigan, fan va texnika asoslari bilan qurollangan kelajak avlodni voyaga yetkazib tarbiyalashni talab qiladi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev “Bizning vazifamiz – to`plangan tajriba va ilg`or xalqaro amaliyotga suyangan holda o`zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat`iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o`rta muddatda belgilangan cmarralarga erishish uchun qat`iyat bilan harakat qilishimiz zarur2 deb ta`kidlaganlari bejiz emas. Negaki taraqqiyotga erishishda mamlakat ijtimoiy tizimining barcha sohalari faol bo`lmoqliklari shart, shu jumladan, ta`lim amaliyotida ham.
Ta`lim amaliyoti ko`rsatishicha maktab ta`limida fanlararo aloqadorlikni yo`lga qo`yish fan va jamiyat hayotida bugungi kundagi sodir bo`layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o`quvchilarning bilimlarni ongli ravishda o`zlashtirishlari va dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarni rivojlantirishda muhim rol o`ynaydi. Integratsiyani 18-asrdayoq Spenser o`rganib izohlagan edi. Shunday ekan umumta`lim fanlari qatoriga kiruvchi adabiyot darslariga integratsion yondashuv bilan e`tibor qaratmoq, uni amaliyotda qo`llab yuqori natijalarga erishishni maqsad qilmoq bugunning oldimizdagi muhim masalalaridandir.
Misol uchun Oybekning “Navoiy” romanini o`quvchilarga oddiy usulda shunchaki suhbat yo tushuntirish orqali tasvirlab berish bilan ko`zklangan natijaga erishib bo`lmaydi. Buning uchun, albatta, til tarixi hamda tarix fanlarini qiyoslagan holda o`rgatish talab etiladi. Chunki asarda ishlatiladigan so`zlar nima uchun aynan eskirgan so`zlar vositasida berildi`yu, buning sababi so`z shakllari farqini biz tarixda bo`lib o`tgan savdo, madaniyat va davlatlarning o`zaro aloqalarini tasavvur qildirib, sharhlabgina o`rgatish va dunyoviy tasavvur hosil qildirish mumkin. Yoki Bo`lmasa, E.S. Tompson asarlari darslikda berilgan bo`limlar bilan tanishtirishda biologiya, botanika fanlari bilan qiyoslagan holda o`rgatilsa asarning tub mohiyatini o`quvchiga singdirishda muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Bundan ma`lumki adabiyot darslarida integrative jihatdan yondashish dolzarb masala bo`lib, uni yechishda turli usul va metodlarni yordamchi sifatida qo`llasa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ilmiy jihatdan olib qaraganda bu o`rganilayotgan materialning o`quvchi ongida real tasvirlanishi va mavzu mohiyatini to`laqonli anglashda asosdir.
Ushbu mavzuning dolzarbligi yana shundan iboratki, adabiyot fani xilma-xil janr va mavzularni qamrab olgan. Umuman olganda dunyo haqidagi tasavvurlarni boyitish, ma`naviyatni yuksaltirishga qaratilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega va tarbiya mohiyatini ochib beradigan fan adabiyot hisoblanib, albatta har bir mavzuni o`rgatishda integratsiyaga tayanilsa, o`rganilayotgan o`quv materialining o`quvchi yodida uzoq saqlanishga asos bo`lishi hamda keng tasavvurga ega bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. Shunday ekan bu borada adabiyotshunoslarimiz ham izlanishlar olib borib bu masalaga chuqurroq yondashmoqdalar.
Ta`lim olish har jihatdan amaliyotga taynishi hech kimga sir emas, demakki o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda integrativ yondashuvning ahamiyati katta ekanini his qilish qiyin emas. Kurs ishi davomida bu mavzuning dolzarb ekanini kengroq tasvirlaymiz hamda adabiy asarlarni o`rganishfda qanday integratsiyalardan foydalanish haqida ba`zi fikr va misollarni keltiramiz.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin