Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə2/9
tarix13.03.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#87526
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI namuna uchun

Ishning o`rganilish darajasi. Integratsiyaning mazmun-mohiyati, uning qachon shakllanib tobora rivojlanib borganligi haqida keng ma`lumotlar keltirilgan bo`lib, aynan shu ma`lumotlar asosida integrativ yondashuvning bugungi kundagi ahamiyati tasvirlangan. Jahondagi yetakchi mamlakatlarning ta`lim tizimida integrativ yondashuvning ahamiyati ochib berilgan bo`lib, vatanimizda bu boradagi ishlar, tadqiqotlardan misollar keltiriladi.
Shu bilan bir qatorda fanlararo bog`lik integratsiyaning asosiy mazmunini tashkil etishi, adabiyot darslarida integratsiyadan foydalanish, uning tarmoqlarini qo`llagan holda qanday natijalarga erishish mumkinligi haqida to`xtalib o`tiladi.buborada pedagoglar U. Musayev, D. Yo`ldoshevalarning ilmiy izlanishlaridan ham ma`lumot olish mumkin.
Dars mash`gulotlarida qo`llanadigan metodlarning integratsiyaga aloqadorligi ko`rsatiladi, undan misollar berish asosida adabiy asarlarni o`rgatishda qanday integrativ usullardan foydalanish samaradorlikni oshirishga xizmat vqilishi haqida ma`lumotlar keltiriladi. Asosan maktab ta`limida amaldagi mavzularni o`rgatishda qanday fanlar integratsiyasidan foydalanish lozimligi nazariy jihatdan ochib beriladi. Masalan, O‘.Hoshimovning «Dunyoning ishlari» qissasini o‘rganishda ruhshunoslik fani; Nodar Dumbadzening «Hellados» hikoyasini o‘rganishda geografiya; Janni Rodarining 6-sinf «Adabiyot» darsligidan o‘rin olgan «Hurishni eplolmagan kuchukcha» hikoyasini o‘rganishda zoologiya; Abdulla Qahhorning «Bemor», Odil Yoqubovning «Muzqaymoq» hikoyalari, Erkin Vohidovning «Nido» dostonlarini o‘rganishda tarix fanlarining ahamiyati haqida to`xtalib o`tiladi.
Ishning maqsadi va vazifalari
Adabiyot ta`limida keltirilgan materiallarni olim va adabiyotshunoslar fikri va tadqiqot ishlariga tayanib qanday usul va tamoyillarda integrativ yondashish lozimligi, fanlarararo aloqalarni o`rganish ishimizning asosiy maqsadini tashkil qiladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun kurs ishi quyidagi vazifalarni qo`yadi:
- integratsiya shakllanishiga bo`lgan ehtiyoj va uning samarasini amalda ochib berish, keng tushuntirish;
- adabiy asarlar qaysi fanlarga aloqador ekanini tub mohiyatini ochib berish va asar g`oyasi, unda ifodalanmoqchi bo`lgan fikrlar orqali integratsiyalashni mashg`ulotlarda namoyon qilish ko`rsatmalari bilan tanishtirish;
- olim va adabiyotshunoslarning integratsiyaga doir muhim ma`lumotlari hamda tadqiq ishlarini o`rganish orqali keng tushunchalar berish;
- fanlararo imtegratsiyaning ilmiy-metodolik asoslarini o`rganib chiqish;
- boshqa fanlardan egallangan bilimlarning adabiyot darslarda qay darajada muhim asqatishini ochib berish.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin