2.2. Darslikda berilgan adabiy materiallarini o`rgatishda integratsiyadan foydalanish Asarni tushunish, uni his qilish, umuman, asarda berilayotgan asosiy ma`noni, asosiy fikrni anglab yetish jarayoni bevosita o`qituvchi jarayonida amalga oshadi. O`qituvchi asar mohiyatini o`quvchilarga ochib bera olsagina, ular badiiylikni his qiladi va badiiy asar o`rganishga bo`lgan qiziqishi oshadi.
Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyaning dolzarbligi quyidagi ta`lim muammolarini hal etish imkonini beradi va davr talabiga mos keladi:
Badiiy asar tahlilini real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta`minlaydi.
Nazariy ma`lumotlarni amaliy amaliy faoliyat bilan bog`lash va o`quvchilarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb etish imkonini beradi.
Kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini ta`minlaydi.
Bulardan kelib chiqadiki, adabiyot darslarida fanlararo integratsiyaning quyidagi darajalaridan foydalanish mumkin:
Mavzularni ketma-ket taqdim etishdagi integratsiya. Bunda o`quv materiallarini bayon qilib berishda oldingi o`quv materiali keyingisini to`ldiradi.
O`quv dastrularida o`zaro uyg`unlashgan nuqtalarni vujudga keltiradigan va unga asoslangan integratsiya; Modullashgan integratsiya – bunday integratsiya doirasida turdosh o`quv fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga solingan holda, uzviy holatda o`quvchilarga taqdim qilinadi.
Mavzulararo integratsiya – bunda ayni bir kurs doirasida beriladigan o`quv materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo`lgan o`quv materiallari bilan yaqinlashtiriladi.
Badiiy asarni fanlarari integratsiya asosida tahlil qilishda mavzu maqsadiga mos tarzda loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
O`rganilayotgan badiiy asarni tahlil iqlish. Ta`lim mazmuni elementi sifatida asarning o`ziga xos jihatlari va mavzu doirasi aniqlanadi. Badiiy asarning mantiqiy tuzilmasi , xarakteri va psixologik tabiati belgilab iolinadi. Asar tahliliga mos keladigan o`qitish metodlari tanlanadi.
O`rganilayotgan badiiy asarning o`quvchilar uchun yangilik va bilimlarni egallashda mustaqillik darajasini vaqt omili hamda variantlarning mazmunini tahlillsh asosida ajratilgan bilish natijalarini maqbullashtirish masalalari hisobga olinadi.
Badiiy asarning mazmunidan kelib chiqqan holda o`qitishning muayyan bosqichidagi tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalalarni yechish zaruriyatini hisobga olgan holda belgilangan topshiriqlarni tahlillash va baholash.
Badiiy asar tahlilida fanlararo integratsiyani amalag oshirish jarayonida qo`llaniladigan innovatsion texnologiyalarning bir-biriga qo`shilishi , ketma-ketligini muvofiqlashtirish.
Badiiy asarlarni o`rganish jarayonida o`quvchilar faoliaytini murakkablashtirish va mustaqilligini oshirishga qaratiladi.
Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish uchun mos usullarni tanlash mezonlari: Fanlararo integratsiya badiiy asar tahlilining yuksak saviyada bo`lishiga, o`quvchilarni asar mavzusi va mazmuni, asar jozibasini his qilishlariga yo`naltirilish ilozim;
Fanlararo integratsiyani amalaga oshirishda qo`llaniladigan innovatsion texnologiyalarning harakatlanish shakli aniqlanadi. Bu o`z navbatida, mavzu mazmuni to`liq ochiq berilsa, boshqasi uni to`ldirishiga imkon hosil qiladi;
Tanlangan usullarni o`quvchilar o`quv imkoniyatiga to`liq mos kelishj, bunda o`quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart-sharoitlar birligi ta`minlanadi. O`quvchilarning mustaqil ijodiy faoliaytga tayyorgarligi, o`qishga munosabat va boshqalar;
Integratsiyadan foydalanishda pedagogning shaxsiy imkonioyatlari mos kelishi, o`qitish usullari nazariyasi va amaliyoti, o`qitish jarayonining qonuniyatlari , bilish nazariyalari, ta`lim nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganlik darajasi;
Fanlararo integratsiyani ta`minlashda o`quv jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish (yalpi) (individual) shakllari. Asar voqealarining ko`lamiga qarab mavzuning murakkablik darajasiga mos holda shakl va uslublarning o`zaro uyg`unligini ta`minlash.
Adabiyot darslarida o`qituvchilar mavzuni tushuntirish uchun bir qancha pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalandi. Ana shu metodlarga integrativ jihatdan yondashish uchun mavzuga mos keluvchi ma`lumot va undan foydalanish usulini ishlab chiqsa yaxshi samara beradi. Masalan, quyidagi ba`zi metodlar misolida uni ko`rish mumkin…
Barchaga tanish bo`lgan Venn diagrammasi metodida integratsiyadan foydalanish orqali bir necha ma`lumotlar hamda ikki fan o`rtasidagi umumiylik jihatlariga tayanib asarni to`laqonli anglashga erishish mumkin. Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romani bilan xonliklar davri tarixi o`rtasidagi bog`liqlikni anglash va u orqali metod vazifasini bajarish uchun tarix va adabiyot darsligida olingan bilimlar o`zaro qiyoslanadi.
Adabiyot darsi faqat ma`lumotlarni o`rganish bilan chegaralanmaydi, balki ana shu ma`lumot badiiy tasvir vositalari va janrlarda o`rganiladi. Bu orqali olinayotgan ma`lumotning badiiy qimmati oshadi. O`quvchi asar nozikligini ular orqali his qiladi, ong-shuuriga singdiradi. Mumtoz adabiyotimiz janri bo`lmish ruboiy haqida o`quvchilarga keng ma`lumot berish uchun matematika faniga bog`lab tushuntirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu orqali o`quvchida ikki fandan olingan bilimlar soilishtiriladi va tizimli ravishda qiyoslanadi. Ma`lumotlar xotirada yaxshi saqlanishiga olib keladi.
Yuqorida ko`rsatilgan yo`nalishda ishlash ham fanga integrativ jihatdan yondashishning bir ko`rinishidir. O`qituvchi undan to`g`ri foydalansa, mashg`ulotdan ko`zlanagn maqsadga erishish uchun muhim vosita bo`lib xizmat qiladi.
Fanlararo integratsiya deyarli barcha adabiy asarlarda qo`llnilishi mumkin va bunga imkoniyatyetarlichadir. Masalan:
Adabiyot murakkab va ko`p qirrali fandir.
U o`quvchilarni hayot bilan tanishtiradi, ularda atrof-muhit va inson xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini, Vatanga, xalqiga sadoqatli bo`lish tuyg`ularini shakllantiradi.
Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi predmetlararo ichki bog‘lanishda birinchi navbatda uzviylikni ta’minlashi lozim. Predmet mavzulari o‘zaro uzviy bog‘lanib, oddiydan murakkabga, osondan qiyinga qarab borish tamoyili asosida yangi mavzuni oldin o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab olib borishdir. Bu tadbirlar fanlararo bog‘lanishning ma’lum bo‘lgan uch turi, ya’ni yangi mavzuni o‘tishdan oldin, yangi mavzuni o‘rganish jarayonida va yangi mavzuni o‘tib bo‘lgandan so‘ng bog‘lash usullaridan foydalanib amalga oshiriladi. Adabiyot darslari boshqa o‘quv predmetlaridan alohida,mustaqil yashay olmaydi. Aksincha u ta’lim bosqichlarida o‘rganiladigan xilma-xil o‘quv predmetlari, xususan, ona tili, matematika, fizika, informatika, tarix, xorijiy tillar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganilsa, o‘z samarasini beradi. Chunki ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlik – integratsiya darslarini tashkil etisho‘quvchilarning mavzuni tez va oson anglashiga olib keladi. Adabiyot darslari asosida so‘z va matn turgani uchun ham bu imkoniyat yanada kengayadi. Chunki matn vazifasini istagan o‘quv fani materiali bajara oladi. Umuman olganda, fanlararo aloqalarni amalga oshirishning turli xil usullari mavjud. Adabiyot darslarida badiiy matnning ma`no xususiyatlarini, uslublarini o‘rganish, shu orqali o‘quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda bajariladigan ish turlaridan biri undan biror badiiyat yoki uslubini aniqlash va izohlash, bunda o‘quv fanlararo integratsiyalashdan foydalanishdir. Mazkur ish usuli mohiyatan hosil qilinayotgan bilimlarni mustahkamlash jarayonini ifoda etadi. Dastlab o‘qituvchi badiiy vositalar haqida umumiy ma’lumot beradi va o‘quvchilarga kerakli manbaalarni yozdirib o‘tadi. Mavzu tushintirib berilgan keyin, bevosita boshqa fanlar bilan bog‘laydi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ona tili darslarini adabiyot bilan uyg‘unlikda olib borish, о‘quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashlarini yanada boyishiga olib keladi. Aynan adabiyotda biror bir nazariy ma’lumot о‘rganilayotgan bir paytda о‘quvchilarga aynan shu damda ona tili, tarixdan о‘tilayotgan hikoya, matnlar, asardan parchalardan misollar topib kelish, yoki ruboiy, g‘azallardagi sо‘zlarni til nuqtayi nazaridan tahlil qilishga о‘rgatib borilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Bu keyinchalik ularning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirishga, oliy ta’limda tahlil yuzasidan bilim, kо‘nikma, malakalar bо‘yicha mustahkam bilimga ega bо‘lib, asar badiiyati va jozibasi, serqirraq ma`nosi bо‘yicha nazariy ma’lumotlarini mustahkamlab borishda yordam beradi.
Ona tili — millat tafakkurini ifodalovchi, shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi eng asosiy vositadir. O‘tkaziladigan har bir mashg‘ulot tilimizning
beqiyos go‘zalligi, joziba va qudratini o‘rganishga qiziqish uyg‘otishi, uning keng
qonuniyatlari bilan tanishtirishi zarurki, bu zamonaviy ta’limni yo‘lga qo‘yishda
eng asosiy va muhim omillardan biridir.
Tilimiz jozibasidan foydalanib yozilgan asarlar sarchashmasining boy go`zalliklarini o`quvchiga yetqazishning turli usullari qatorida integrativ jihatdan ham yondashish samarali vositadir.
Xulosa Maktabda o‘qitiladigan adabiyot fanining maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘qitishning mazmuniga, uning g’oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganidek, o‘quvchilarning adabiyot fanining o‘zlashtirish darajasi ham, o‘z navbatida, o‘qitishning amaliy-ilmiy asosda maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o‘qituvchining o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta‘lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, usullari hamda vositalaridan foydalana olishiga bog`liqdir. Shuningdek, o‘qitishning natijalari ham o‘qituvchining, o‘qitishning ko‘zlangan maqsadi, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilab olishiga kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va usullaridan ilmiy asosda foydalana bilishga bog’liqdir. Adabiyot o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bu o‘zaro bog’lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta‘sir ko‘rsatib boradi. Adabiyot o‘qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e‘tiborga olmasdan turib yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Adabiyot darslarida fanlararo integratsiya(bog‘lanish)dan foydalanish yoshlarni mehnatga ongli munosabatda bo‘lishi ruhida, o‘zbek xalqining ona tili o‘tmishi, milliy ma‘naviyati ruxida, huquqiy tarbiyalash, hamda ularni bilish va ijodiy ishlash, o‘rgatib borish ko‘zga tutiladi. O‘quvchilarda adabiyot tafakkurni shakllantirishda va rivojlantirishda fanlararo integratsiyadan foydalanish muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim jarayoni o‘qituvchi rahbarligida boshqariladi. O‘quv materialini o‘rganish, o‘rganilgan bilimlar asosida malaka hosil qilish va ularni umumlashtirish hamda tekshirishga ketgan vaqt o‘quv jarayoni hisoblanadi. O‘quv jarayoni mantiqini o‘quv materiali va uni o‘zlashtirish psixologiyasi tashkil etadi. Boshqacha aytganda, o‘quv jarayoni mantiqiy o‘quv materiali mazmuni bilan uni o‘zlashtirish psixologiyasining o‘zaro bog‘lanishidan iborat. Bu haqda M.A. Danilov shunday deb yozadi: “O‘quv jarayoni logikasi–obektiv qonuniyat. U bolalarning o‘quv predmeti, uning bo‘lim va mavzularini o‘rganish boshlangan davrdagi bilim saviyalari, taraqqiyot darajalaridan tortib, to o‘quvchilarning bilim va taraqqiyotlariga mos ravishda ta’lim predmeti, uning bo‘lim va mavzularini to‘liq o‘zlashtirgunga qadar bo‘lgan izchil harakatini o‘z ichiga oladi”.
Demak, o‘quv jarayoni mantiqi deganda, ta’lim mazmunining statikasi emas, aksincha, uning dinamikasi nazarda tutiladi.
O‘quv jarayoni mantig‘i o‘quv jarayoni taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, u o‘quvchilar oldiga qo‘yilgan vazifalarda, bu vazifalarni yechish uchun bolalar ko‘rsatadigan aqliy, jismoniy, hissiy intilishlarda o‘z aksini topadi. O‘quv jarayonida bolalar oldiga qo‘yilgan har bir topshiriq faoliyatni talab etadi.
Faoliyat ko‘rsatish orqali har bir topshiriqda ifodalangan mazmun o‘zlashtiriladi. O‘quv predmeti bo‘yicha o‘tkaziladigan darslarning, dars doirasida tashkil etiladigan topshiriqlarning o‘zaro aloqadorligiga rioya qilish yo‘li bilan o‘quv jarayonining dialektik mohiyatiga amal qilinadi. , fanlararo integratsiya o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni faqat bir predmet doirasida chegaralanib qolmaslikka va doimo izlanishda bo‘lishga undaydi.
O‘qituvchi bunday darslarga oldindan tayyorlanadi va yondosh fanlardan saboq beruvchi o‘qituvchilar bilan hamkorlik o‘rnatadi. Ko‘rinib turibdiki, fanlararo integratsiya ta’lim sifatini oshiradi va o‘quvchilarni ko‘proq izlanishga undaydi.