Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


II BOB. Adabiyot o`qitishda integrativ yondashuv – o`quvchilar fikrlash qobiliyati va dunyoqarashini rivojlantiruvchi omil



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə6/9
tarix13.03.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#87526
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI namuna uchun

II BOB. Adabiyot o`qitishda integrativ yondashuv – o`quvchilar fikrlash qobiliyati va dunyoqarashini rivojlantiruvchi omil
2.1. Adabiyot ta`limida integrativ yondashuv
Adabiyot darslarida bilimlarrni chuqurlashtirish va o`quvchilarning faolligini oshirishda fanlararo integratsiyani amalda qo`llash uchun ta`lim tizimidagi barcha fanlarning adabiyot bilan bog`liq ma`lumotlarini tanlab olishda materiallarning o`zlashtirilishiga, adabiy ta`limda o`rganilayotgan badiiy asarning boshqa fanlar bilan bog`liqligini amaliy jihatdan isbotlay olishga va ana shu bog`liqlikni ta`minlashda bevosita ilmiy mantiqqa, davr bilan hamohangligiga e`tibor qaratish zarur.
Badiiy asar tahlilida fanlarari integratsiyadan foydalanishda o`quvchilarni mustaqil fikrtlashga o`rgatish g`oyasi yotadi. Badiiy asar tahliliga bunday yondashuvni ifodalashda yagona qoida asosida ya`ni shakldan mazmunga tarzda ish ko`rish zarur. Shunday qilinganda asar mazmuniga va jozibasiga pututr yetmagan bo`ladi. Chunki bunda bir vaqtning o`zida muayyan voqelik uchun bir qator tasniflarning mavjud bo`lishi fanlararo aloqadorlik, integratsiya elementlari asar tahlilini yanada mukammal bno`lishini ta`minlaydi.
Asar yuzasidan bildirilgan mulohazalar davomida o`quvchining fikrlash qobiliyati o`sadi. Ayni shu jarayonda xilma-xil innovatsion texnologiyalarni tizimli bir loyiha zanjiriga birlashtirishni o`quvchi va o`qituvchi faoliyatini ijobiy va samarali natijani ta`minlashga mashg`ulotdan ko`zlangan natijani ro`yobga chiqishiga xizmat qiladi.
O`qituvchi o`quvchilarga adabiyot fanini, badiiy asar tahlilini fanlararo integratsiya asosida o`rgatishga kirishar ekan, shunday savol tug`iladi:
Qaysi o`qitish usuli tanlanadi, qanday didaktik ateriallardan foydalanish mumkin, asar tahlilini qaysi usullar orqali amalga oshirish samarali bo`ladi?
Umumiy holda usulning tanlanishi ta`lim-tarbiyaning maqsadi bilan aniqlanadi.
Ayrim hollarda o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faoliyat turlari almashinib turadi. Bu hol ko`pincha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ko`zga tashlanadi. Tabiiyki bunday faoliyat turlariga mos holda o`qitish usullari o`zaro muvofiqlashtiriladi.
Adabiyot o`qituvchisining badiiy asar tahliliga tayyorgarlik ko`rishi metodik usullarni tanlash – uning o`zaro almashinuvi vaqt va didaktik maqsad bo`yicha muzvozanatlashtiradi. Bu esa o`z navbatida o`quvchilar faolligining yuqori darajasini ta`minlashga sharoit hozirlaydi. To`g`ri, qo`llaanilgan usullar badiiy asarga o`quvchilarda qiziqish va muhabbatni kuchaytiribgina qolmay, asar tahliliga oid ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga boshqa turdagi fanlardan olingan bilimlarni qayta xotirlash orqali ularni yanada chuqurlashtiriladi.
Adabiy asarlar tahlilida fanlararo integratsiyadan foydalanish o`quvchilar bilim doirasini har tomonlama rivojlanishi va kasbiy qiziqishlarini takomillashishiga, amaliy faoliyatmi faollashishiga olib keladi.
Professor R. Safarova ta`lim jarayonini integrativ darslilar va dasturlar asosida tshkil etishda mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiya; o`quv dasturlarida o`zaro uyg`unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan inhtegratsiya; modullashgan integratsiya; integrativ dasturlar hamda mavzulararo integratsiya kabi pedagogik integratsiyaning turli darajalarini e`tirof etadi.
Haqiqatdan ham, yuqoridagi kabi integratsiya turlari mohiyatida o`quv materiallarini ular orasidagi uzviy bog`liqlik amalga oshiriladi. Takrorlar bartaraf etiladi, turdosh fanlarga oid bilimlar tizimlashtiriladi. Bir necha o`quv fanlariga doir mavzular mazmunidagi umumiy jihatlarni birlashtirish masalasi ko`zda tutiladi.
Ko`rinadiki, ta`lim jarayonini integratsiya asosida tashkil etish bir vaqtning o`zida ham pedagogik ham iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta`minlaydi. Ta`lim ishtirokchilarining vaqti va kuchi tejalishiga asosiy zamin hozirlaydi.
Yosh metodist olima K.Mavlonova “Asarni tahlil qilishda foydalaniladigan savol va topshiriqlarni belgilashda adabiyot darslarini ona tili darslari bilan integratsiyalash zarurligini ko`rsatadi. U fikrini davom ettirib :
“She`riy asardan keltirilgan parchaga aksariyat o`qituvchilar ifodali o`qiydigan matn sifatida qaraydilar. Bunda quyidagi izchillik joriy etilgani ma`qul:

  • parchani ifodali o`qish

  • til hodisalarini aniqlash va izohlash

  • qo`shimcha ravishda badiiy tasvir vositalari bilan ishlash

  • she`rni yakuniy ifodali o`qish.

Metodist olima S. Kambarova ta`lim jarayonida qaysi fanlar uyg`unlashuviga asoslanilsa, shu soha mutaxassisi bilan o`zaro hamkorlikdagi pedagogik faoloyatni tashkil etish, fan dasturlari mavzularning bir-biriga mos kelishi, ikki yo undan ortiq fanlarning yagona mavzu yoki umumiy masalalar atrofida birlashuvining samaradorligini e`tirof etgan holda fanlararo integratsiya ta`lim oluvchilarning o`quv-biluv darajalarini oshirishi, bilimlarini umumlashtirishi , dunyoning yaxlit manzarasi, kishilar o`rtasidagi o`zaro munosabat va bog`liqlikni anglash tarzini qaror toptirish masalasiga alohida e`tibor qaratadi.
Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish uchun mos usullarni tanlashda quyidagi mezonlarga amal qilish lozim:
Fanlararo integratsiya badiiy asar tahlilini yuksak saviyada bo`lishiga, o`quvchilarni asar mavzusi va mazmuni, asar jozibasini his qilishlariga yo`naltirishi lozim.
Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyani amalga oshirishda qo`llaniladigan innovatsion texnologiyalarning hasrakatlanish shakli aniqlanadi.
Bu o`z navbatida mavzu mazmunini to`liq ochib berishga, keng yoritishga, boshqasi uni to`ldirishiga imkon hosil qiladi.
Tanlangan usullar o`quvchilar o`quv imkoniyatiga to`liq mos kelishi, bunda o`quv faoliyati uchun ichki va tashqi sharoitlar birligi ta`minlanadi. Real o`quv imkoniyatlarni aniqlashda quyidagi shartlarni aniqlash kerak:

  • o`quvchilarning mustaqil faoliyatga tayyorgarligi (o`quv ishlarini rejalashtirish, mashg`ulot maqsad va vazifalarini to`liq belgilab olish, o`z-o`zini nazorat qilish, teskari muloqot o`rnatish)

  • o`quvchilarning ijodiy faoliyatga tayyorgarligi (fikrlash mustaqilligi, asosan, badiiy ravishda idrok etishi, topshiriq shartlarini belgilash va uni yechish, yechim toppish metodlarini mustaqil toppish ko`nikmasi)

  • o`qishga munosabat

  • -tizimlilik

  • Izchillik va boshqalar.

Adabiyot darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanishda pedagogning shaxsiy imkoniyatlari mos kelishi. O`qitish usullari, nazariyasi va amaliyoti o`qitish jarayonining qonuniyatlari , bilish nazariyalari, ta`lim nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganlik darajasi.
Badiiy aar tahlili jarayonida fanlararo integratasiyani ta`minlashda o`quv jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish(frontal (yalpi) guruhli va individual shakllari)
Asar voqealarining ko`lamiga qarab mavzuning murakkablik darajasiga mos holda shakl va uslublarning o`zaro uyg`unligini ta`minlash.
Kelajakda adabiyot o`qitish ishi bilan shug`ullanadigan talabalarning adabiy ta`limb o`yicha olgan bilimlari o`qitish amaliyotida ona tili, adabiyotshunoslik, tarix, pedagogika, san`atshunoslik fanlari bo`yicha bilimlari bilan bevosita ruhshunoslik, tabiatshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan esa bilvosita integratsiyalashadi.
Masalan, M. Shayxzodaning ” Jaloliddin Manguberdi” dramasini oladigan bo`lsak, Bu mavzuni o`rganishda , albatta, tarix fani bilan integratsiyalash jarayoni orqali o`qitish maydonga keladi. Bu orqali o`quvchida anashu fang abo`lgan qo`shimcha ma`lumotlarni bilish talab etiladi. Ikki fan o`zaro birga tahlil qilinib o`rganilayotgan materialnning oson tushunarli bo`lishi hamda fanlar orasidagi mustahkamlashga olib keladi.
O`tkir Hoshimovning “ Dunyoning ishlari” asari qissa shaklida yozilgan bo`lib, o`z ichiga katta-kichik hikoyalarni oladi. Uni o`rganishda ruhshunosdlik fani o`qituvchiga qo`l keladi. Asarda ifodalanmoqchi bo`lgan g`oy ava umumlashma xulosalar ruhshunoslik faniga bog`lngan holda ifodalansa, asar tashiyotgan ma`no-mazmunni to`laroq mangalshga zamin hozirlaydi.
Yoki bo`lmasa, jahon adabiyotshunosligini o`qitish bir muncha qiyin bo`lgan jarayon. Negaki, o`zbek adabiyoti asarlaridagi ifodalanayotgan ma`no va his-tuyg`ular bevosita mentalitetimizga, yashash turmush sharoitiumizga bog`liq bo`lib, uni o`quvchi ko`z oldiga keltirish va anglab yetishi nisbatan oson.
Jahon adabbiyoti namunalari 5-sinf darslikdan boshlab berib boriladi. Masalan, Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi. Uni o`rganishda geografiya faniga tayanilsa, ko`zlangan natija erishish yo`lini soddalashtiradi.
O`quvchida xaritada o`rgangan joyi, Makoni haqida tasavvur uyg`onadi. Bilimlar tizimlashtiriladi.
6-sinf adabiyot darsligidan o`rin egallagan Janni Rodarining “Hurishni eplolmagan kuchukcha” asarini o`rganishda zoologiya, biologiya fanlari yordamga keladi. Hayvon tabiatiga hos xususiyatlar va uning boshqa jonivorlarga solishtirib o`rganish orqali zoologiya faniga oid ma`lumotlar ham, tabiiyki, yodga olinadi.
Abdulla Qahhorning “Bemor” hikoyasini o`rganishda tarix fani yordamga keladi. Urush va uning oqibatlari haqidagi yig`ma ma`lumotlar tarix darsliklariga ifodalanganbo`lsa, adabiyot darslaridagi asarlar orqali insonlar turmushiga solgan dahshatli oqibatli o`quvchi ko`z-o`ngida tasvirlashga yordam beradi.
Erkin Vohidovning “Nido’ dostoni ,O`tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, Odil Yoqubovning “Muzqaymoq” asarlarini o`rganishda ham tarix fani, 2-jahon urushi haqidagi ma`lumotlar kerak bo`ladi.
Demakki, o`quv fanlarini o`rganish jarayonida o`zlashtirilgan bilimlarni integratsiyalashgan holda amalga oshirish mumkin.
Yuqori isnflar adabiyot darslarida mumtoz asarlarni , jumladan, Alisher Navoiyning “Xamsa” , Boburning “Boburnoma” asarlarini o`rganishda tasviriy san`at namunalari , xususan, mazkur nasarlarga ishlangan miniaturalardan foydalanish adabiy ta`lim mazmunining integrak xaraktyerda bo`lishini ta`minlaydi.
Adabiyot va boshqa fanlarga oid tushunchalarni kompleks o`zlashtirish, o`zaro fikr almashish va integratsiyalashgan fanlarga oid yangiliklarni qiyoslashga ham imkon hozirlaydi. Shuningdek, muayyan qahramon ruhoyatidagi ichki kechinmalarni tahlil qilishda “Psixologiya”, tashqi portret ifodasida “Tasviriy san`at’, va “adabiyot” fanlari o`rtasidagi integratsiyaga murojaat qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. Fanlararo integratsiya o`quvchilarda borliqni , undagi hodisalar mohiyatini chuqurroq anglashga , umumiy mavzu asosida bir butun muammolar yechimini topishga, turli fan sohalariga qiziqish uyg`otishga va qiziqish bilan yondashishga olib keladi. Bundan kelib chiqadiki, garchi adabiyot darslarida berilgan o`quv materiallarini bolaga yetkazib berishda integrativ jihatdan yondashish ko`rinmas holatda bo`lsa-da, amaliy ish jarayonida yaqqol namoyon bo`ladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin