285
hisobotni olgan shaxslarning barchasini yuzaga kelgan vaziyat to’g’risida xabardor
qilish uchun zarur choralarni ko’rmayotgan va auditor moliyaviy hisobotni qayta
ko’rish zarur deb hisoblagan bir paytda moliyaviy hisobotni qayta ko’rib
chiqmayotgan bo’lsa, auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va boshqaruv
yuklatilgan shaxslarni (boshqaruv yuklatilgan shaxslarning barchasi tadbirkorlik
sub’ektiga rahbarlik qilishda ishtirok etadigan hollar bundan mustasno), mazkur
auditorlik hisoboti (xulosasi)ga tayanish mumkin emasligi to’g’risida uchinchi
shaxslarga xabar qilish uchun zaruriy choralarni ko’rishi haqida xabardor qilishi
lozim. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati yoki boshqaruv yuklatilgan
shaxslar bunday xabarni olganlariga qaramay mazkur zaruriy choralarni ko’rgan
bo’lmasalar, auditor mazkur auditorlik hisoboti (xulosasi)ga tayanish mumkin
emasligi to’g’risida xabar berish uchun tegishli harakatlarni bajarishi lozim.
Dostları ilə paylaş: