281
kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga ta’sir qilmaydigan bo’lsa,
auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya hisobining
yuritilishi va korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to’g’riligini
tasdiqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko’rsatilgan
kamchiliklar tugatilgandan
so’nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo’yicha xulosa tuzish
mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot
tuzishdagi kamchiliklarni
tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar bunday
ishlarning jiddiyligi
va sermehnatligi real baholansa, ikki - uch oydan oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar buzib ko’rsatilgan
holda taqdim
etilganligini u bilmagan bo’lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydy. Bu
hollarda barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim
bo’lgan, tekshirilayotgan korxona ma’muriyati va uning ma’sul
xodimlariga
yuklatiladi. Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob
xizmati xodimlari
oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari,
agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik,
mulohaza yoki qandaydir
takliflari bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari
ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki
e’tiborga olinib, xulosaning oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: