"Men shuni bajarishim kerak"
motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda
birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat
uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum
darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon
bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar
uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri
kelib boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish
zaruriyatini taqazo etadi. Maktabga tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar
salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli
moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining
faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir
narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Maktabda
o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan ikkinchi fiziologik inqiroz bilan mos
keladi (bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi,
vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y
beradi). Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal
o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi
o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib, boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Ushbu Yoshdagi o‘zgarishlar salbiy
oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli
moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining
faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi
faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy,