O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Farg’ona davlat unversiteti Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika Psixologiya yònalishi


Kichik maktab yoshi va ularning psihalagik hususiyatlari



Yüklə 203,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix27.12.2023
ölçüsü203,02 Kb.
#199748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik maktab yoshidagi kurs ishi

 1.1Kichik maktab yoshi va ularning psihalagik hususiyatlari 
Kichik maktab davri 6-7 Yoshdan 9-10 Yoshgacha davom etadi. Uning
psixikasi bilim olishga etadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab 
Yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos 
ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat 
muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki 
o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. SHu ehtiyojlar asosida 
bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, 
kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish 
istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, Shuningdek 
uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik 
jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 Yoshga kelib bolaning 
katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu Yoshda 
inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi 
murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib 
bo‘lmagan bo‘ladi.( miyaning bu qismlari 12 Yoshda rivojlanib bo‘ladi.) Miyaning 
boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab Yoshidagi 
bolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Ayrim 6 Yoshli bolalar ota-onasining xohishi bilan hali o‘qishga tayyor 
bo‘lmay turib, maktab ostonasiga qadam qo‘yishadi. Afsuski, o‘qish davomida 
aqliy-ruhiy zo‘riqish oqibatida turli xil kasalliklarga chalinib, jismoniy va psixik 
rivojlanishda nuqsonlar paydo bo‘ladi. Bunday bolalarda eng avvalo miya 
strukturasining va nerv psixik jarayonlarining maktabda o‘qish uchun to‘liq 
etishmaganligi, ko‘ruv harakat koordinatsiyasi va kichik motorikaning 
rivojlanmaganligi, mantiqiy fikr mahsuldorligining pastligi kuzatiladi. Undan 
tashqari motivatsiya, irodaviy jihatlarining ayniqsa, ixtiyoriy diqqat va xotiraning 
shakllanmaganligi, xatti-harakatlarni ixtiyoriy boshqaruvdagi muammolar, bir so‘z 
bilan aytganda hali “O‘quvchi ichki pozitsiya”sining shakllanmaganligi maktabda 
o‘qishga tayyor bo‘lmagan bolalarning muqaffaqiyatli o‘zlashtirib ketishlariga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pedagoglar, ota-onalar, bolalarni erta maktabga 
berishning foyda yoki zarari to‘g‘risida o‘ylaganlarida inson miyasi 
rivojlanishining neyrofiziologik qonuniyatlarini ham alohida e’tiborga olishlari 
lozim. Bolani erta o‘qish, yozish, sanashga o‘rgatib uning bilish jarayonlari 
zo‘riqtirilsa, bolaning emotsional hissiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan miya 
quvvatining tanqislashuviga sabab bo‘ladi. Bundan bolalarning emotsional hissiy 
jarayonlarining kechishida yoki jismoniy rivojlanishida kamchiliklar sodir bo‘ladi.


Bunday xolatda energiya taqsimlanishining majburan buzilishi sodir bo‘lib, 
u 7-8 Yoshli bolalarni qo‘rquv, agressivlik yoki giperaktivlik holatlariga olib 
keladi. Bu bolani maktabda o‘qishga tayyorlash kerak emas degan fikr emas, lekin 
bolaning aqliy rivojlanishiga erta o‘qishni, sanashni, yozishni o‘rgatish bilangina 
erishib bo‘lmaydi. Ma’lumki, rivojlanish qonuniyatiga ko‘ra, har qanday taraqqiyot 
ko‘rgazmali obrazlilikdan abstrakt mantiqiylikka qarab boradi. Agar bola xali
o‘qishga aqliy, ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmay turib, unga harf va 
raqamlarni yozish, o‘qish o‘rgatilsa psixik rivojlanishning teskari tomonga 
ketishiga sabab bo‘ladi. Psixolog olimlarning fikricha, psixik va evolyusiya 
taraqqiyot qonunlari ham fizik qonunlardek buzilmas, hamda universaldir. 
YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, neyrofiziologik jihatdan 
ixtiyoriy diqqat va o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab miyada kechadigan 
jarayonlar asosan 7-8 Yoshda (aqliy Yoshi o‘zib ketgan bolalarda olti Yoshda 
ham) shakllanadi. YA’ni shu Yoshda bola 45 minutlik aqliy mehnatga tayyor 
bo‘ladi.
Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan uchinchi fiziologik 
krizis bilan mos keladi( bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki 
organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin 
endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi).
6-7 Yoshli maktabga tayyor bolada
"Men shuni xohlayman” 
motividan 

Yüklə 203,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin