O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Farg’ona davlat unversiteti Pedagogika va Psixologiya fakulteti Pedagogika Psixologiya yònalishi



Yüklə 203,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix27.12.2023
ölçüsü203,02 Kb.
#199748
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kichik maktab yoshidagi kurs ishi

"Men shuni 
bajarishim kerak
motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga 
kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy 
salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rqo‘vni 
kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
 
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir 
natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida 
o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi 
boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu 
Yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan 
baholariga qarab '
'Men yaxshi bolaman” 
emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar 
ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna 
boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari 
ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi 
ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va 
sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-
harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. SHuni hamisha yodda saqlash lozimki, 
bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy 
ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy 
zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda 


u – yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna 
etalonga moslashtirishga intiladi. O‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik 
xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va hislatlarni rivojlatirishi mumkin. 
Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu 
baholash asosida esa o‘z-o‘zini baholashga o‘rganib boradi. 
Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda
ham ijobiy bo‘lib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3-4 sinflarda 
o‘quvchilarda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga 
harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi. 
O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini 
va bilimlarni egallash yo‘llariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan 
mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib 
o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab 
davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi 
tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Kichik maktab 
davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va 
vazifalarga moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu 
o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida 
ko‘rinadi. O‘quvchi darsdagi va darsdan tashqari o‘z vaqtini mustaqil tashkil etish 
borasidagi maqsadlarining ahamiyatini belgilashni o‘rganib boradi. Bu uy 
vazifalarini bajarish tartibiga amal qilishda ko‘rinadi. Mustaqil ravishda o‘qituvchi 
tomonidan qo‘yilgan maqsadlardagi oraliq maqsadlari tizimini masalan, masalani 
echishning o‘z yo‘llari va bosqichlarini mustaqil aytib bera oladi, Shuningdek, 
oraliq maqsadlarga erishish vositalarini belgilay oladi. Kichik maktab davrida 
maqsad qo‘yishning murakkab xarakteri birinchi sinf o‘quvchisining irodaviy xatti-
harakatlari bilan bog‘liqligi tadqiq etilgan.(Kotirlo V.K.Razvitie volevogo 
povedeniya u doshkolnikov. Kiev,1971, S.179-182.). YUqorida ko‘rsatib o‘tilganlar
kichik maktab davridagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib borishini,
maktabgacha davrda bo‘lgan umumiy bilish va motivlarning ijtimoiy yo‘nalganligi 
aniqlashib, “o‘quvchi mavqei”ni egallashiga, ya’ni maktabga borishga intilish, bu 
pozitsiya qondirilganidan so‘ng esa yangi munosabatlarning – o‘quv motivlari va bir 
qadar murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat 
beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv-bilish 
motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarnigina emas, hatto umumiy qonuniyatlarni 
emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biron bir yo‘llarini egallashga 
qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu motivlarning shakllantirilishi kichik 
maktab Yoshidagi bolalarning o‘rta maktabga tayyorgarligining zaruriy jihati 
hisoblanadi. 
O‘qish faoliyati kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi, 
kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi 
uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. 
SHu Yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,
xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining
qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa Yoshdagi bolalardan ajralib 
turadi.
 


Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, 
moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga 
katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila 
olish, ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7-10 Yoshli bolalarda 
ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi,10-12 Yoshgacha bolalarda esa 
65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan. Kichik maktab 
o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining 
o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa 
bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli suratda o‘sadi. 
Sezgilarning o‘sishida Shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham 
ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning 
muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi. 
Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya 
tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. 
Mazkur Yoshdagi bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan 
boshqa Yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, 
o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini 
o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni 
maqonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda 
muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori 
bo‘lishi juda muhim hisoblanadi. Maktab Yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan 
bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. 
Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga 
taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi 
narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda 
estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam 
go‘zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z 
munosabatini bildira oladi.
 
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok 
va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata bilish muvafaqqiyatli o‘qish uchun 
zarur shartlardan biridir. O‘quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ularning
tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu 
Yoshdagi o‘quvchilar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. Boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari katta Yoshdagi odamlardan deyarli qolishmasdan to‘g‘ri 
chiziqni ko‘z bilan chamalab teng ikki bo‘lakka bo‘la oladilar, narsa va 
chiziqlarni katta-kichikligiga qarab taqqoslay oladilar, narsalarning fazoda 
turgan o‘rnini, ularning qaysi biri yaqinroq yoki uzoqroq, qaysi biri balandroq 
yoki pastroq joylashganini ko‘z bilan chamalab, shu masofani bosib o‘tish 
uchun talab qilinadigan vaqtni ham taxminan hisoblay oladilar. 
Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va 
shartli barqaror bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni irodaviy 
zo‘r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo‘lmaydi. 
Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. 
Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf 
o‘quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o‘quvchida 


beixtiyor his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va kuchli irodaviy zo‘riqishsiz fan asoslarini 
egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o‘quvchilari diqqatining o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri - uning etarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham 
ular o‘z diqqatlarini uzoq muddat muayyan narsalarga qarata olmaydilar va diqqat 
ob’ektlari ustida uzoq tura olmaydilar.Ta’lim jarayoni kichik maktab Yoshidagi 
o‘quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni 
rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil 
aqliy mehnat qilish, misol-masalalar echish, mashqlar bajarish, takrorlash 
irodaviy zo‘r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Bu 
Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatni to‘plash, tashkil qilish, uni taqsimlash, ongli 
ravishda boshqarish uquvi shakllana boshlaydi. 
Ushbu matritsa kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar diqqatining
ko‘chishi, taqsimlanishi, mahsuldorligi va barqarorligini aniqlash uchun 
ishlatiladi.Kichik maktab Yoshidagi bolaga Landolt xalqachalari chizilgan 
blank taqdim etiladi va unga quyidagi qo‘llanma beriladi. “Hozir biz sen bilan 
“ Diqqatli bo‘l va iloji boricha tezroq ishla“ nomli o‘yin o‘ynaymiz. Sen hozir 
boshqa o‘rtoqlaring bilan musobaqalashasan. Keyin musobaqada kim yutganini 
ko‘ramiz. Seni bajargan ishlaring o‘rtoqlaringnikidan yomon bo‘lmaydi deb
o‘ylayman. SHundan so‘ng bolaga Landolt xalqachali blank ko‘rsatiladi va u 
nima qilishi kerakligi tushuntiriladi. U xalqachalarni qatorlar bo‘yicha diqqat bilan 
qarashi va ular orasidan joyidan o‘zgartirib chizilgan xalqachalarni topishi va 
ularni belgilab qo‘yishi kerak. 
Ish 5 minut davomida bajariladi. Har bir minutdan so‘ng eksperimentator 
“chiziq” deb aytadi. Bu vaqtda bola to‘xtagan joyiga chiziq tortishi kerak bo‘ladi. 
5 minut o‘tganidan so‘ng eksperimentator “to‘xta” deb aytadi va bola ishni 
to‘xtatishi kerak va o‘sha erga ikkita chiziq tortib qo‘yishi zarur. Ish 
tugatilganidan so‘ng eksperimentator bola tomonidan har bir minut ichida hamda 5 
minut davomida ko‘rib chiqilgan xalqachalar sonini aniqlaydi. Shuningdek, ishlash 
jarayonida har bir minutda va 5 minut davomida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar 
hisoblaniladi. 
Kichik maktab Yoshidagi bola ma’lum darajada o‘z faoliyatini o‘zi mustaqil 
rivojlantira oladi. U o‘z rejasini, u yoki bu ishni qanday ketma-ketlikda bajarishni 
so‘z bilan ifodalab bera oladi. Rejalashtirish so‘zsiz bolaning diqqatini tashkil eta 
oladi va rivojlantiradi. Kichik maktab Yoshidagi bolalar o‘z diqqatlarini aqliy 
masalalarga qarata oladilar, lekin bu juda katta irodaviy kuchni va yuqori 
motivatsiyani tashkil etilishini talab etadi. 
O‘quv faoliyati boladan berilgan o‘quv materiallarini esda saqlab 
qolishni talab etadi, o‘qituvchi o‘quvchisiga nimalarni eslab qolishi zarurligi 
haqida ko‘rsatmalar beradi. O‘quvchi nimani eslab qolishi kerakligini 
takrorlaydi, uni tushunib olishga harakat qiladi. Lekin bu Yoshda ixtiyorsiz 
xotira, shubhasiz, ustunlik qiladi. Bolaning xotirasida saqlab qolishini asosan 
uning ishga bo‘lgan qiziqishi belgilab beradi. O‘quv materialini tushunish, 
eslab qolishning asosiy sharti hisoblanadi Birinchi signal sistemasi ikkinchi 
signal sistemasidan birmuncha ustunligi tufayli kichik maktab Yoshidagi 


o‘quvchilarda mantiqiy xotiradan ko‘ra ko‘rgazmali harakatli xotira ustunlik 
qiladi. Shuning uchun ham ular nazariy qonun va qoidalardan, mavhum 
tushunchalardan ko‘ra yaqqol ma’lumotlar, axborotlar, voqea va hodisalarni, 
obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq 
muddat esda saqlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar ta’lim olish 
munosabati bilan mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish
qobiliyati o‘sib boradi. Esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, 
materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. 
Ba’zan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, hatto mazmuni tushunarli bo‘lgan 
materialni ham ma’nosiga e’tibor bermasdan, mexanik ravishda o‘rganib 
oladilar. Respublikamizning psixolog olimi E.G‘.G‘ozievning fikriga ko‘ra, 
buning sabablari quyidagilar:1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira 
turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani uchun ham ma’lumotlarni 
aynan,o‘zgarishsiz eslab qolish imkonini beradi; 
2) o‘quvchilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab etmaydilar,natijada uning 
“to‘g‘ri tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar; 
3)ularning nutq boyligini etishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini 
bilmasligi) materialni ijodiy to‘ldirish, unga qo‘shimcha qilish imkoniyati
yo‘qligi uni so‘zma-so‘z qaytarishni osonlashtiradi; 4) o‘quvchilar matnni 
to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar. Bunday holat shu Yoshdagi 
bolalarda albatta bo‘lishi kerak emas. Mexanik esda qoldirish ko‘pincha 
o‘qituvchilar o‘quvchilarida mantiqiy xotirani o‘stirishga etarli e’tibor 
bermagan hollarda bo‘lishi mumkin.Ta’lim jarayonida o‘quv materialining 
ma’nosini, mohiyatini, turli mulohazalarni, dalillarni, ilmiy asoslarini eslab 
qolish va esga tushirish orqali o‘quvchilarda mantiqiy xotira takomillashadi. 
Birinchi sinfdan boshlab ixtiyoriy esga tushirish qobiliyati tez rivojlana 
boshlaydi. O‘qish jarayoni uchun ixtiyoriy esda qoldirish ham, ixtiyoriy esga 
tushirish ham barobar talab etiladi. Busiz o‘qish jarayonining normal 
bo‘lishi mumkin emas. O‘quvchilardan faqat o‘rganib, bilib olishgina emas, 
balki o‘rganib bilib olganini xotirlay olish ham talab etiladi. O‘quv 
materialini muayyan sistema bilan xotirlash faqat ixtiyoriy esga tushirish
yo‘li bilan bo‘lishi mumkin. 
O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay kolganlarida 
yoki ta’riflash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, 
xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. Dars jarayonida o‘qituvchi 
turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so‘raydi. Bu holat, albatta, biron-bir 
yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo‘lgan taqdirdagina 
o‘quvchi tasavvurini rivojlantirishi mumkin. Aks holda bu Yoshdagi bolalar 
mustaqil tasavvur, harakatlar qilishga qiynaladilar. Kichik maktab davrida 
tasavvur asosan bolalar rasm chizayotganlarida, Shuningdek ertak va 
hikoyalar to‘qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar
o‘z xayollari va tasavvurlariga asoslangan holda qiziqarli ertak va hikoyalarni 
o‘zlari mustaqil ravishda to‘qiy oladilar. Kichik maktab Yoshidagi bolalar 
tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‘ladi. Ayrim o‘quvchilar real borliqni 
tasavvur etsalar, boshqalari esa fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur 


etadilar. SHu bois kichik maktab Yoshidagi bolalarni realistlar va 
fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‘pincha o‘zlariga ma’lum siymolar, 
syujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. 
Juda ko‘p multfilmlar ana shunday bolalarning tasavvurlari asosida yaratilgan. 
Turli tasavvurlar zamirida ularning qo‘rquvni engishi, do‘st topishi, 
xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari, tasavvur terapevtik natijaga olib 
keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Bola real hayotda 
qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ham 
ko‘pincha xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 
bola o‘zining hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo‘lishini, bu uyga o‘g‘rilar 
kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. O‘z tasavvurida yaxshi 
yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o‘zining kelgusi xatti -
harakatlari motivatsiyasi uchun zamin tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan 
bo‘lgan tasavvurning bolalar hayotidagi ahamiyati juda katta. Bola tasavvur 
qilib atrof-hayotni chuqurroq bila boshlaydi, o‘z-o‘zining shaxsiy 
tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati 
rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Maktabning birinchi sinfiga kelgan bolada xayol etarli darajada rivoj topgan 
bo‘ladi va u xilma-xil tasavvurlarning kattagina zaxirasiga ega bo‘ladi. O‘qish 
jarayonida u faqat idrok va xotira tasavvurlariga tayanib qolmasdan, balki shu 
bilan birga, xayolida yaratilgan tasavvurlarga ham tayanib, o‘rgatilayotgan 
materialni yaqqol tarzda o‘zlashtira boradi.
Bolaning xayoli tevarak-atrof taassurotlari, tasviriy san’at asarlarini etarli 
darajada aks ettirishda vujudga keladi. Siymolar, shartli belgilar, tabiat 
manzaralari jamlanib, o‘quvchilarda xayol paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari o‘ynaydigan o‘yinlarda ham ularning xayolini o‘sishi davom 
etaveradi.O‘quvchilar o‘z o‘yinlarida turli narsalarni yasaydilar, turli erlarga 
sayohat qiladilar. Bunday o‘yinlarlardan o‘quvchi mazmundor taassurotlar oladi 
va unda turli tasavvurlar hosil bo‘ladi, uning ijodiy, qurish-yasash va badiiy 
qobiliyatlari o‘sadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchining xayoli o‘zining 
kengligi va mazmundorligi jihatidangina o‘zgarib qolmasdan, balki yo‘nalishi 
jihatidan ham o‘zgaradi. Kichik maktab davridagi o‘quvchining ixtiyorsiz xayoli 
ham, ixtiyoriy xayoli ham maktabgacha Yoshdagi bolalarning xayolidan o‘zining 
barqarorligi bilan farq qiladi.
Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi o‘z fikrini bayon eta 
oladigan darajada ortadi. 6 Yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 
3000-7000 so‘zni ishlatadi. Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabdagi
o‘qish faoliyati ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga kelmasidan oldin 
o‘zi qanday gapirayotgani ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan faqat aloqa 
va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan
til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan fan bo‘lib qoladi. Maktabda
o‘qiyotgan

bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan shug‘ullanishi 
natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga muvofiq ongli ravishda
tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘rganish jarayonida bola nutqining
fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologik jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi,


sintaksis tuzilishi esa ancha takomillashadi. Nutqning ayrim jihatlariga xos
bo‘lgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib 
qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fanlarning 
ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va 
shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at zaxirasi 
boyiydi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning,
har kaysi terminning ma’nosi aniqlanadi. Boshlang‘ich sinf Yoshidagi bolalar 
nutqi asosan ot, sifat, son, fe’l va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu Yoshdagi 
bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgani afzal-u, qaysilarini ishlatish 
mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 Yoshli bola jumlalarini murakkab 
grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda 
egallab borib, uni o‘zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 Yoshli 
bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular o‘z fikrlarini 
bayon etish uchungina emas, balki o‘z suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb 
qilish uchun ham gapiradilar. 
Bu davrda bolaning yozma nutqi ham shakllana boshlaydi. YOzma nutq 
jumlalarni to‘g‘ri tuzish va so‘zlarni to‘g‘ri yozishga ma’lum talablar 
qo‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so‘zlarni qanday eshitgan bo‘lsa, 
shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga 
o‘rganishi zarur. YOzma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida 
ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana 
boshlaganligi bois, bolada o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish 
malakasi hali rivojlanmagan bo‘ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati 
beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda 
berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun 
ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, reja tuzish, uni ma’lum 
ketma-ketlikda bayon etish, malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to‘g‘ri 
tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, 
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z xatolarini topa olish va to‘g‘rilash 
aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Metodistlar kichik maktab 
Yoshidagi bolalarning nutqini rivojlantirish uchun quyidagi nutq turlarini 
sistemali ravishda tashkil etish sxemasini tavsiya etadilar. 

Yüklə 203,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin