ijodiy o‘yinlarga nisbatan qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi.
Bunday
o‘yinlarda uning ijtimoiy qiziqishlari, emotsiyalari, jamoa uchun tashvishlanish
kabi hislari aks etadi. Qiziquvchanlik kichik maktab Yoshidagi bolalarning keng
aqliy faolligini namoyon etilish shakli hisoblanadi. Vatanga kerakli inson bo‘lish
uchun o‘qishning muhimligi va ahamiyatini bilishi uchun ochiqlik,
ishonuvchanlik, ustozining barcha topshiriqlarini bajarishga tayyorlik xususiyatlari
keng ijtimoiy burch motivlari, ma’suliyatlilik samarali shartlar hisoblanadi.
Maktab ta’limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilim egallashga
nisbatan qiziqishlar, intellektual qiziqishlar sezilarli darajada rivojlanadi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, dastavval ayrim faktlarga, boshka narsalardan
ajratib olingan yolg‘iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar hosil bo‘ladi. III - IV
sinflarda esa sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro
bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar rivojlanadi.
III sinfdan boshlab o‘qishga qiziqish differensiallasha boshlaydi.
O‘quvchilardagi bunday qiziqishlar o‘zini anglash va o‘z xatti-harakatiga baho
berishi kabi xususiyatlarni shakllantiradi.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning
qiziqishlarida samarali o‘qish uchun halaqit beruvchi qator salbiy
xarakteristikalari ham mavjud. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning
qiziqishlari:
-etarlicha amaliy natija bera olmaydi;
- qatiy emas, vaziyatli;
-tez qondiriladi va ustozning qo‘llab-quvvatlashisiz tez so‘nadi;
-o‘quv materiali va topshiriqlar o‘quvchining joniga tez tegadi va charchashni
yuzaga keltiradi;
– kam anglanilgan, o‘quvchining ma’lum bir predmetdagi nima yoqishini va
nima uchun yoqishini aytib bera olmasligida ko‘rinadi;
- umumlashtirishning pastligi, bir yoki bir nechta predmetlarning tashqi
belgilarigagina qarab umumlashtirish;
-o‘quvchini o‘qishning o‘quv faoliyatining usullariga emas, balki natijalariga
yo‘nalganligi. Kichik maktab davrining so‘ngiga qadar o‘quv ishlaridagi
qiyinchiliklarni engishga nisbatan qiziqish yuzaga kelmaydi
(bu holat ko‘pincha o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni
aksariyat hollarda o‘quvchining qiyinchiliklarni engishga harakati emas, balki
natija baholaniladi). Bularning barchasi kichik maktab Yoshida qiziqishlarning
etarli darajada rivojlanmaganligi bo‘lib, ba’zan o‘qishga nisbatan yuzaki
munosabatni keltirib chiqarishi mumkin. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilardagi
motivlarning umumiy dinamikasiga nazar tashlansa, quyidagilarni ko‘rish
mumkin: kichik maktab davrining boshida maktabda bo‘lishning tashqi jihatlariga
(partada o‘tirish, forma kiyish portfel ko‘tarish v h.), so‘ngra birinchi o‘quv
mehnati natijalariga (birinchi bor harf va sonlarni yoza olishlariga, o‘qituvchining
bahosiga), keyinchalik, jarayonning o‘ziga, o‘qishning mazmuniga va shundan
so‘nggina bilimlarni olish yo‘llariga qiziqish kuchli bo‘ladi. O‘qishning ijtimoiy
ahamiyatini tushunish (2- 3 sinflarda) o‘qish mazmunini va bilimlarni egallash
yo‘llariga qiziqish bilan mustahkamlanishi zarur. Bunday holda kichik maktab
davrining oxirlariga borib, o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga
tashlanmaydi.
Bilish motivlari quyidagicha o‘zgarib boradi: kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchilarning qiziqishlari alohida bir faktlarga qiziqishdan, qonuniyat va
prinsiplarga qiziqishga aylanib boradi. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan psixologik
tadqiqotlar kichik maktab Yoshining o‘rtalariga borib bilimlarni o‘zlashtirish
yo‘llariga qiziqish yuzaga kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Kichik maktab
davrida mustaqil ta’lim motivlari ham yuzaga kelib, lekin ular eng oddiy shaklda -
bilimlarni olish qo‘shimcha manbalariga va qo‘shimcha kitoblarni vaqti-vaqti bilan
o‘qishga qiziqish bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelganida
differensial bo‘lmagan umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi
sabablarini chuqur anglashga, “o‘zi uchun “ o‘qish mazmunini anglab etishga
tomon o‘zgarib, ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo‘ladi.
Bu Yoshdagi vaziyatli ijtimoiy motivlar o‘qituvchining
qo‘llab-quvvatlashini olishga nisbatan bo‘lgan ehtiyoji hisoblanadi. Bolaning
ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy
va unga ishonch bildirishi saqlanib qolaveradi. Unda o‘rtoqlari va sinfdoshlari
o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, asta sekinlik bilan
o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘ladi.
O‘quv faoliyati kichik maktab Yoshidagi bolalarda o‘qishda ma’lum yutuqlarga
erishish ehtiyojini qondirishga, Shuningdek, tengdoshlari orasida o‘z o‘rniga ega
bo‘lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o‘rin yoki mavqega erishish
uchun ham bola yaxshi o‘qishga harakat qiladi. Bu Yoshdagi bolalar doimiy
ravishda o‘zlari erishgan muvaffaqiyatlarini boshqa tengdoshlari
muvaffaqiyatlari bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo‘lish
nihoyatda muhim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga kirishish
motivi tabiiy psixologik ehtiyoj hisoblanib, bu motiv ularga kuchli emotsional
zo‘riqishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bog‘cha davridan boshlab yuzaga
kela boshlaydi va kichik maktab davrida, Shuningdek o‘smirlik davrida ham
yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bergan
baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shuningdek, o‘quvchining
o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga ham
bog‘liq bo‘ladi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan
baholari turlicha - yuqori, adekvat - mos yoki past bo‘lishi mumkin. Bu
Yoshdagi bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga
beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida shakllantirish
uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida boshqarishdan o‘z-
o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda muhimdir. Etakchi bo‘lgan o‘quv
faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar - o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham
o‘quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida
muvaffaqiyatga erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususiyatlari
tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli faoliyatlarda
muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni
yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda
muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib topa boshlaydi. Bu Yoshdagi bolalar
soatlab yolg‘iz holda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va
shular asosida ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.
Kichik maktab davridan boshlab o‘quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga amaliy
va psixologik jihatdan tayyorlashga e’tibor beriladi. Bu davr ichida bolalarda
mehnatga nisbatan ongli, ijobiy munosabatda bo‘lish asoslari tarkib topa
boshlaydi. Ularda mehnatga havas uyg‘onadi, mehnatga va mehnat ahllariga
hurmat bilan qarash, ijtimoiy foydali ishlarda qatnashishga intilish singari fazilatlar
tarkib topadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik, asosan,
o‘qish va mehnat faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Kichik
Yoshdagi o‘quvchilar zarur bo‘lgan harakat va amallarni darhol o‘zlashtirib va
egallab ololmaydilar, ko‘proq ortiqcha va chalkash harakatlar qiladilar. Mehnat
jarayonidagi turlicha ish harakatlarini, chunonchi: tikish, to‘qish, kiyish yoki
taxtalarni randalash kabi ish harakatlarni qiynalmasdan va birmuncha silliq
bajaradigan bo‘lish uchun har bir ishda har qanday harakatlar qilish kerakligini va
bu harakatlarning qay yo‘sinda amalga oshirilishini aniq bilib olish va esda
qoldirish kerak bo‘ladi. Harakatlarni qayta-qayta takrorlash, mashq qilib borish
natijasida kichik Yoshdagi o‘quvchilarda uchrab turadigan ortiqcha va chalkash
harakatlar yo‘qolib boradi.
O‘qituvchilar mehnat darslarida o‘quvchilarning mehnatiga etarli darajada
e’tibor berishlari, mehnat darsiga alohida tayyorgarlik ko‘rishlari, o‘quvchilarning
har bir harakatlarini ziyraklik va kuzatuvchanlik bilan nazorat qilishlari, ularga
individual munosabatda bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnati:
- bolalarni Yosh, individual va jismoniy rivojlanishiga mos bo‘lishi;
- o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi;
- undan kundalik ish jarayonida o‘z-o‘ziga xizmat qilishga asoslanganligi;
- jamoa bo‘lib mehnat qilish orqali bolalarda bir-biriga nisbatan
hamkorlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularini shakllantirishi;
- o‘quvchini o‘zini tuta bilishga, sabr-toqatli bo‘lishga, qiyinchiliklarga bardosh
berishga o‘rgatadigan va ularni shakllantirishi;
- o‘quvchi o‘z mehnati natijasidan bahramand bo‘ladigan mehnat xususiyatlariga
ega bo‘lishi lozim.
Bola o‘z mehnat mahsuli sinf yoki maktab jamoasiga, jamoatchilikka manfaat
keltirayotganligini bilib, undan xabardor bo‘lib borsa undagi ijtimoiy foydali
mehnatga bo‘lgan ishtiyoq yana ham ortadi va mehnatga nisbatan faol, ijodiy va
ongli munosabat shakllana boradi.
Mehnatsevarlik bolada o‘zi qilayotgan mehnati unga zavq bergan
taqdirdagina yuzaga keladi va rivojlanadi.
Bu davrda mustaqillikning poydevori yuzaga kelib, o‘quv vazifalarini mustaqil
bajarish layoqati yuzaga keladi. Mustaqillikka moyillikning rivojlanishi ikki
yo‘nalish asosida amalga oshiriladi.
1.
Mustaqillikning shaxs hislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga
bog‘liq. Bu bog‘liqlik mustaqillikka bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari
sohasida va qadriyatlarda ifodalangan mustaqillik mazmuni xarakterida
ifodalanadi.
2.
Mustaqillikning shaxs hislati sifatida shakllanishida individual xususiyatlar,
shaxs yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga
hamda shaxsning qobiliyatlariga, uning faolligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bolada mustaqillik xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘liq.
Agar bola haddan ziyod ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo‘lsa, unda
asta-sekinlik bilan bo‘ysunuvchanlik, tobelik xususiyati mustahkamlana boradi.
Biroq bolani erta mustaqillikka undash, unda ba’zi salbiy hislatlarning
shakllanishiga ham olib kelishi mumkin, Chunki u hayotiy tajribalari kamligi
uchun asosan, kimlargadir taqlid qilgan holda harakat qilishi mumkin.
Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq
topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek, shunday
bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir mas’ul
vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini
tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his
bolada mustaqil bo‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi.
7-11 Yoshli bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar.
Bolaning o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va mustahkamlana
boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada ko‘proq ahamiyat bera
boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilari tomonidan ijobiy
qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi ko‘rinishi va gavda
tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida ahamiyati juda katta.
Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o‘zlarining yuz-
tuzilishlariga alohida e’tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab Yoshidagi
o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni
o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir
fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga
hamda bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam
beradi, o‘quvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda
do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo‘lib qoladi. Axloqiy his-tuygular
va shaxsning irodaviy xususiyatlari ham shakllanadi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida iroda tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o‘zini tuta bilish,
sabotlilik, chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy
sifatlarni o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bo‘lishining oldini olish va
agar bunday sifatlar paydo bo‘lsa, ularni yo‘qotishdan iboratdir.Bolalar
irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga ishonmaslikdir. O‘ziga
ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez -tez
qaytarilib turadigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladi.
F.I.Ivashchenko tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha,
o‘qish sharoitida o‘quvchilarning o‘zlariga ishonmaslik holatlari asosan
quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:” a) o‘qishda izchillik prinsipiga
rioya qilmaslik tufayli; b) o‘quvchilarga kuchlari etmaydigan, ya’ni
ortiqcha talab qo‘yib yuborish orqali; v) ayrim pedagoglar, ota-onalar va
Shuning bilan birga sinfdoshlarning o‘quvchilar kuchiga, xotira
qobiliyatlari va fahm-farosatlariga ishonchsizlik bildirishi tufayli; g) ana
shunday o‘quvchilarni yomon baho olganliklari uchun qo‘rqitish va jazolash
orqali”.
Iroda tarbiyasi tafakkur va hissiyotlar tarbiyasi bilan mahkam
bog‘liqdir. Biz bolalarda tafakkurni taraqkiy ettirishimiz bilan birga, ularda
o‘z oldiga to‘la anglab, muayyan maqsadlar ko‘ya olish va juda yaxshi
asoslangan qaror va harakatlarni tanlay ola bilish qobiliyatini ham
tarbiyalaymiz. Bolalarda ijobiy axloqiy hislarni tarbiyalar ekanmiz,
buning bilan axloxiy qaror qabul qilishga va Shuning bilan birga, o‘z qaror
hamda harakatlariga axloqiy baho berishga odatlantirib boramiz.
Vatanparvarlik va vijdoniy burch hissini tarbiyalash ayni vaqtda
boshlang‘ich sinf o‘quvchisining harakat motivlarini tarbiyalash hamdir.
5-6 Yoshlarda ko‘zga tashlangan bolalarning xususiyatlari kichik maktab yillari
davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi. O‘smirlik davrining boshlariga kelib,
juda ko‘pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari
ularning bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari
kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga
borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashlanadi.
Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan
muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa
layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ularning
atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan bo‘ladigan munosabati
katta ta’sir ko‘rsatadi. 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o‘rtoqlari bilan
munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya
maqsadlarida foydalanishlari mumkin. I – IV sinf o‘quvchilari o‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish, turli materiallardan har xil buyumlar yasash, o‘simliklar ekib o‘stirish,
uydagi yumushlarga qatnashish kabi bir qancha ishlarda ishtirok etadilar va bu
sohada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |