UNLILAR IMLOSI
1.
Aa harfi:
1)
aka, alanga, aloqa, og`a; sentabr, noyabr
kabi so`zlarda old qator keng
unlini ifodalash uchun yoziladi;
2)
bahor, zamon; savol, gavda; vasvasa
kabi so`zlarning oldingi bo`g`inida,
vaqt, vahm kabi so`zlarda a aytiladi va yoziladi.
2.
Oo harfi:
1)
ona, omon, quyosh, fido, baho, xola, lotin; mukofot, mahorat
kabi so`zlarda
orqa qator keng unlini ifodalash uchun yoziladi;
2)
boks, poyezd, tonna, talon; agronom, mikrofon; direktor, termos
kabi
o`zlashma so`zlardagi unlini ifodalash uchun yoziladi.
3.
Ii harfi:
1)
ish, iz, qil; xirmon, ilhom, ikki, ixtisos, shoyi, tulki; volida, piramida; bilan,
biroq, sira, qishloq, chiroq
kabi so`zlarda old qator tor unlini ifodalash uchun
yoziladi;
2)
o`tin, o`rik, bo`lim
kabi oldingi bo`g`inida
o`
unlisi keladigan so`zlarning
keyingi bo`g`inida
i
aytiladi va yoziladi.
4.
Uu harfi:
1)
uy, kun; buzoq, buloq, Buxoro; butun, uchuq, usul, yulduz; mafkura;
ko`zgu, uyqu; aluminiy, yubiley
kabi so`zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun
yoziladi;
2)
qovun, sovun, tovush, yovuz, qirg`ovul, chirmovuq
kabi so`zlarning oldingi
bo`g`inida
o
unlisi kelsa, keyingi yopiq bo`g`in boshidagi
v
undoshidan keyin
u
aytiladi va yoziladi.
5.
O`o` harfi
o`t, o`q, o`zbek, o`simlik, do`ppi; bo`tako`z, semizo`t, gulko`rpa,
noo`rin
kabi so`zlarda orqa qator o`rta-keng unlini ifodalash uchun yoziladi.
6.
Ee harfi
ekin, esla, evara, ekran, eksport; kel, zehn; kecha, behi; telefon,
teatr; poyezd, atelye; e`lon, ne`mat, she`r
kabi so`zlarda old qator o`rta-keng unlini
ifodalash uchun yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |