Imlo qoidalari



Yüklə 77,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü77,8 Kb.
#199769
1   2   3   4   5   6
Imlo qoidalari

Ch ch harflar birikmasi
choy, chevar, chiroyli, chaman; achchiq, uchun, 
bichiqchi; kuch, kech 
kabi so`zlarda til oldi jarangsiz qorishiq undoshni ifodalash 
uchun yoziladi. 
20. 
Rr harfi
rahmat, rohat, orom, doira, bor, diyor
kabi so`zlarda til oldi 
ovozdor titroq undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
21. 
Ll harfi
lola, loyiq, la`l; iloj, mahal
kabi so`zlarda sirg`aluvchi ovozdor 
yon undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
22. 
Nn harfi:
1) 
non, nomus; ona, tana; bilan, tomon
kabi so`zlarda til oldi ovozdor burun 
undoshini ifodalash uchun yoziladi; 
2) 
shanba, yonbosh, jonbozlik; yonma-yon, ko`rinmaslik
kabi so`zlarda 
n
tovushi ba`zan 
m
aytilsa ham, 
n
yoziladi. 
23. 
Gg harfi
gul, go`zal; ega, gugurt; teg, eg
kabi so`zlarda til orqa jarangli 
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
24. 
Kk harfi
ko`l, ko`ylak; uka, moki; tok, bilak
kabi so`zlarda ti1 orqa 
jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
25. 
Yy harfi
yo`l, yigit, yetti, yaxshi, yoz, yulduz; tuya, dunyo, tayyor; soy, tuy
kabi so`zlarda til o`rta sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
26. 
Ng ng harflar birikmasi
yangi, ko`ngil, dengiz, singil, keling, bordingiz; 
tong, ming, teng 
kabi so`zlarda ti1 orqa ovozdor burun tovushini ifodalash uchun 
yoziladi. 
27. 
Qq harfi
qizil, qimiz, qirq, haqiqiy, aql 
kabi so`zlarda chuqur til orqa 
jarangsiz portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 


28. 
G`g` harfi
g`oz, bag`ir , tog` 
kabi so`zlarda chuqur til orqa jarangli 
sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
29. 
Xx harfi
xabar, xo`roz, xohish, xushnud, baxt, axborot, mix
kabi so`zlarda 
chuqur til orqa jarangsiz sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi. 
30. 
Hh harfi
hosil, hamma, bahor; isloh, nikoh
kabi so`zlarda jarangsiz 
sirg`aluvchi bo`g`iz undoshini ifodalash uchun yoziladi. 
31. Yonma-yon keladigan undoshlarning imlosi: 
1) 
baland, Samarqand, poyezd; do`st, artist, g`isht
kabi so`zlarda 
d, t
tovushi 
ba`zan aytilmasa ham, yoziladi; 
2) 
metall, kilogramm, kilovatt, kongress
kabi o`zlashma so`zlar oxirida bir 
undosh aytilsa ham, ikki harf yoziladi. Lekin bunday so`zlarga xuddi shu tovush 
bilan boshlanadigan qism qo`shilsa, so`z oxiridagi bir harf yozilmaydi: metall+lar= 
metallar, kilogramm+mi=kilogrammi kabi. 
32. 

Yüklə 77,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin