v ba`zan
f aytilsa ham,
v yoziladi.
11.
Ff harfi: 1)
fan, fe`l, futbol, fizika; asfalt, juft; insof, isrof kabi so`zlarda jarangsiz
sirg`aluvchi lab undoshini ifodalash uchun yoziladi;
2)
fasl, fayz, Fotima, fursat kabi so`zlarda
f tovushi ba`zan
p aytilsa ham,
asliga muvofiq
f yoziladi.
12.
Mm harfi moy, muborak, tomon, ilhom kabi so`zlarda ovozdor lab-lab
burun undoshini ifodalash uchun yoziladi.
13.
Dd harfi: 1)
dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so`zlarda til oldi jarangli portlovchi
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2)
odob, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo`r kabi so`zlarda
t aytilsa ham,
d yoziladi.
14.
Tt harfi tong, tun; butun, o`tin, o`t, kut kabi so`zlarda ti1 oldi jarangsiz
portlovchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
15.
Zz harfi: 1)
zar, zamon; toza, o`zbek; yoz, g`oz kabi so`zlarda til oldi jarangli
sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2)
iztirob, izquvar, bo`zchi, tuzsiz kabi so`zlarda jarangsiz undoshdan oldin
s aytilsa ham,
z yoziladi.
16.
Ss harfi sog`, somon, oson, asos, olmos kabi so`zlarda til oldi jarangsiz
sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
17.
Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi so`zlarda til oldi jarangsiz sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
S h harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga tutuq (`) belgisi qo`yiladi:
Is`hoq, as`hob kabi.
18.
Jj harfi: 1)
jon, jahon, jiyda, tijorat; rivoj, vaj kabi so`zlarda til oldi jarangli qorishiq
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2)
jurnal, projektor; gijda, ajdar, tiraj kabi o`zlashma so`zlarda til oldi
jarangli sirg`aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi.
19.