Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Standartlashtirilgan testlar bilan bogʻliq masalalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Standartlashtirilgan testlar bilan bogʻliq masalalar. 
Koʻpchilik odamlar ta’limda standartlashtirilgan testlarning roli haqida 
kuchli qarashlarga egalar. Ba’zilar ular individning kognitiv qobiliyati hamda 
maktab yoki oʻsha hududning sifatini aniqlashda xolisona yordam berishiga 
ishonishadi. Boshqalar esa standartlashtirilgan test natijalari ancha turgʻun 
emasligi, oʻquvchilarning aslida nima bilishini koʻrsatmaydigan va hisob-kitob 


215 
masalasida foydalanilganda ancha chalkash ekaniga deb oʻylashadi. Koʻpchilik 
psixologlar 
va 
test 
oluvchi 
ekspertlar 
qarashlarni 
farqlashgan 
va 
standartlashtirilgan testlar oʻquvchi natijalari haqida ma’lumot berishi va test 
natijalari qanday talqin qilinib foydalanishi orasida ma’lum tafovutlarni 
qoʻyishgan. Bu farqli qarashda standartlashtirilgan test bilan bogʻliq koʻpgina 
muammolar ularning ancha yuqori maqsadda masalan, bir test natijasini biror 
dasturga qabul qilinish, oʻqishni tugallash yoki litsenziya olish hamda butun bir 
maktabni yaxshi natijali yoki past natijali deb baholash uchun ishlatiladi.
Standartlashtirilgan testlar xolismi? 
Koʻp millatli jamiyatda bir muhim savol quyidagicha: standartlashtirilgan 
testlar ma’lum ijtimoiy sinf, irqiy v etnik guruhlar uchun yon bosadimi? Bu 
savol tuyulganidan koʻra ancha murakkabroqdir, chunki yon bosish turli 
ma’nolarga ega. Yon bosishning har kungi ma’nosi odatda ilgari kamroq ilmiy 
manbalarga ega boʻlgan nochor oʻquvchining olishi mumkin boʻlgan 
standartlashtirilgan testlar natijasining adolatliligidir. Masalan, koʻp mehnat 
qilgan ammo yashaydigan tumanidagi yomon maktablar va uyida bilim olish 
uchun manbalarning yetarli boʻlmagani sabab cheklangan ta’lim imkoniyatiga 
ega boʻlgan yuqori maktab oʻquvchisi Duayn birgina testdagi natijasi uchun 
maktabni bitira olmasligi kerakmi. Ta’lim olish uchun manbalarning yoʻqligi 
uning aybi emas edi va agar unga muhitni oʻzgartirish imkoni (masalan, kollejga 
borish) berilganda uning natijalari ancha yaxshilangan boʻlardi. Bu jihatdan test 
natijalari ijtimoiy tengsizlikni koʻrsatadi va uncha imtiyozga ega boʻlmagan 
oʻquvchilarni jazolashi ham mumkin, hamda meros qilib olingan qobiliyatning 
ifodasi sifatida notoʻgri talqin qilinadi. Tadqiqotchilar odatda yon bosishni 
ancha texnik tomondan oʻrganadilar va 3 ta muhim jihat muhokama qilinadi: 
predmetning mazmuni va formati, bashoratlarning toʻgʻriligi va stereotip 
tahdidi.
Predmetning mazmuni va formati: Test elementlari ba’zi guruhlar uchun 
boshqalaridan koʻra qiyinroq boʻlishi mumkin. Ijtimoiy sinfga yon bosish 
misolini tanlovli savolda talabalardan field soʻzining tarjimasi soʻralganda 
koʻrish mumkin. Talabalardan kursivda yozilgan bosh gaplarni oʻqish va field 
soʻziga mos javobni tanlash soʻralgandi (Popham 2004, p. 24): 


216 
Professionallarning bolalari field (soha ma’nosida) soʻzining bu ma’nosini 
shifokorlar, jurnalistlar va huquqshunoslarda “soha” boʻladi deb, hisobchi va 
oddiy ishchilarda esa “job” (ish) boʻladi deb qabul qilishadi, shuning uchun 
ularning bolalari field soʻzining bu ma’nosini bilishi ehtimoldan yiroq (toʻgri 
javob D).
Test qiluvchi kompaniyalar bu turdagi mazmun bilan bogʻliq 
muammolarni turli sohadagi test tuzuvchilarni ishga olish va ma’lum guruhlar 
ba’zi elementlarni qiyinroq yoki osonroq deb qabul qilishini statistik oʻrganish 
orqali kamaytirishga harakat qilishadi. Biroq muammolar hali ham mavjud va 
SAT verbal testlarining yaqindagi analizi ma’lum qilishicha oq tanlilar osonroq 
savollarda, Afrika-Amerikaliklar, Ispan-Amerikaliklar va Osiyo-Amerikaliklar 
esa qiyinroq savollarda yaxshiroq natijalarga erishar ekan (Freedle, 2002). Bu 
tafovutlar unchalik katta boʻlmagani holda, ular test natijalariga ta’sir qilishi 
mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, kundalik muloqotda ishlatiladigan 
soʻzlarni ichiga olgan oson savollar turli madaniyatlarda turlicha ma’noga ega 
boʻlishi mumkin, murakkab soʻzlar esa (masalan, vehemence, sycophant) 
kundalik muloqotda ishlatilmaydi va bunday ma’no farqlariga ega emas. Test 
formati ham test natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Ayollar odatda oson 
savollarda yaxshi natija koʻrsatadilar va SAT yaqinda insho komponentini 
qoʻshganda, ayollarning umumiy verbal SAT natijalari erkaklarnikidan ancha 
yaxshilangan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin