Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
4.2.3. Shaxsning kasbiy kamoloti 
Muayyan bir shaxsning yetuklik darajasi uning individual xususiyatlari va 
ularning ijtimoiy muxit talablari, taraqqiyot sharoitlari bilan muvofiqlik 
darajasiga bogʻlikdir. Yetuk shaxs quyidagi xususiyatlarga ega buladi: axloqiy 
va ijtimoiy, mustaqillik, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, xarakterning 
qat’iyligi, bagʻrikenglik, ishonchlilik, samimiylik, xaqqoniylik va boshqalar. 
O.G.Noskovaning ta’kidlashicha, amerikalik psixolog K.Arjiris yetuk shaxsni 
infantil, yetuk boʻlmagan shaxsdan farqlashning 7 ta mezonlarini ajratib 
koʻrsatgan.
Shaxs yetukligini anglatuvchi bazaviy mezonlar quyidagilar: passivlik - 
faollik; 
tobelik 

mustaqillik; 
xulq-atvorni 
ixtiyoriy 
boshqarishning 
rivojlanganlik darajasi; qiziqishlarning keng va barqarorligi; hayotiy 
maqsadlarning qisqa fursatliligi yoki uzoqni koʻzlaganligi; shaxsning 
atrofdagilar bilan hamkorligi, tobelik yoki qarama- qarshi munosabatlarni 
oʻrnatish qobiliyati; refleksiyani rivojlanganlik darajasi va boshqalar. Ularga 
yana qoʻshimcha tarzda oʻzini oʻzi baholash, oʻzini oʻzi anglash va oʻzini oʻzi 


224 
rivojlantirish, tanqidiylik, tashqi olamdagi voqeliklarni toʻgʻri idrok qilish 
qobiliyati kabi xususiyatlarni kiritishimiz mumkin. Aytish mumkinki, yuqorida 
sanab oʻtilgan yetuk shaxsning xususiyatlari yetuk muttaxassis shaxsiga ham 
toʻla mos keladi, biroq mexnat sub’yektining kasbiy yetukligi mexnatga 
motivatsiyalashganlik, faoliyatning aniq bir turiga kasbiy yaroqlilik, uzoqni 
koʻzlagan kasbiy maqsad, qadriyat, dastur, harakat strategiyalarining 
anglanganligi kabi qator xususiyatlar bilan yanada boyitiladi.
Shaxs rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari qator tadqiqotlarning 
predmetiga 
aylangan 
(L.S.Vigotskiy, 
S.L.Rubinshteyn, 
B.G.Ananev, 
A.V.Ansiferova, E.Erikson, A.Maslou, K.Rodjers va boshkalar). Kator 
tadkikotlarda shaxs rivojlanishi fenomeni uning yosh davrlari bilan bogʻlanadi. 
Mutaxassis shaxsining rivojlanishi nuqtai nazaridan yetuklik davrining 
psixologik xususiyatlari muhim axamiyat kasb etadi (20-40 yosh, 40-60 yosh, 
60-75 yosh). Qiziqarlisi shuki, mutaxassis shaxsining shakllanishi yetuklik 
davrining ilk bosqichidan boshlanadi, lekin 40-60 yoshlarga kelib, oʻzining 
shaxs xususiyatlarini namoyon qila boshlaydi. A.A.Rean ham mualliflar bilan 
birga qator olimlarning va oʻzining izlanishlari natijalari asosida 40-60 
yoshlarga kelib shaxsda psixofiziologik funksiyalarning susayishi kuzatiladi, 
lekin bu kognitiv soxasida aks etmaydi va ish qobiliyatini susaytirmaydi, degan 
xulosaga keladi. Ayrim qobiliyatlar, ayniqsa, faoliyatning turli shakllari bilan 
bogʻlik qobiliyatlar taraqqiy etishda davom etadi va intellektning rivojlanganligi 
bilan ajralib turadi. Bu bosqichda shaxs donishmandga aylanadi - uning 
dunyoqarashi kengayadi, har qanday xodisalarni chuqur va har tomonlama 
oʻylab koʻradi, u yoki bu vaziyatning rivojlanishini bashorat qilishi, voqealarni 
kechishini nazorat qilishi va turli masalalarni ijodiy hal qilishi mumkin. 
Mualliflarning ta’kidlashicha, bu davrda shaxs intellektual taraqqiyotining 
xususiyatlari koʻp hollarda uning shaxsiy harakteri, hayotiy ustanovkalari, 
rejalari va qadriyatlari tizimiga bogʻlik boʻladi. Yetuklik davridagi shaxsning 
emotsional soxasi serkirrapigi bilan ajralib turadi, ularda kayfiyatning tez 
uzgarishi kuzatiladi. Yoshlik davriga kelib ijobiy emotsiya va xissiyotlarni 
yuzaga keltiruvchi oilaviy hayotning barqarorlashuvi, ruhiy va jismoniy 
potensialning toʻliq namoyon boʻlishi, Hayotiy va kasbiy rejalarning amalga 


225 
oshirish xodisasi sodir bula boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda, ularning oʻz-oʻziga 
xaddan ortiq yuqori yoki past baho berishlari, depressiya, oʻzining ijtimoiy va 
mexnat mavqeidan qoniqmaslik xissi, stressga barqarorlikni pasayib ketishi 
bilan kuzatiladi.
Mualliflarning ta’kidlashlaricha, motivatsiya tuzilishida qisqa vaqt ichida 
va toʻliq shaklda rejalashtirilgan natijalarga erishish istagining kuchi negizida 
qoʻzgʻatuvchi extiyojlarni qondirishga yunalganlik yotadi. Harakatlarni 
faollashtiruvchi asosiy motivlar - ijodiy potensialni amalga oshirish ga intilish, 
oʻzining bilim, tajriba, faoliyat natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazish, oʻzining 
va yaqinlarining xavfsizligini ta’minlash, oʻzining ijtimoiy va kasbiy mavqeini 
tartibga keltirish, hayotiy rejalarini amalga oshirishda yaqinlariga yordam 
berish, keksalik davrida tinch va farovon hayot kechirishga tayyorlanish va 
boshqalar hisoblanadi. Bu yosh davri uchun hayotga oʻzgacha nazar bilan qarash 
va chuqur mushohada qilish, shaxsiy, oilaviy va kasbiy soxalarda avval qabul 
qilingan qadriyatlar tizimini qayta koʻrib chiqish kabi xususiyatlar xosdir. 
Majburiy hayotiy va kasbiy oʻzgarishlar faqatgina stressni rivojlanishiga zamin 
xozirlabgina qolmasdan, balki avval qabul qilingan hayotiy rejalar va 
motivlarning oʻzgarishi, qolaversa ulardan voz kechishga olib kelishi mumkin. 
Yetuklik davrida “Men”-konsepsiyasi shaxsning oʻzi va atrof-muhit haqidagi 
yangi tasavvurlari bilan boyidi. “Men”-konsepsiyasi shaxsning konseptual 
negizini boyishi natijasida rivojlanadi. Uning asosida axlokiy normalar, xuquq 
va shaxsiy qadriyatlar negizida shaxsning oʻzini oʻzi faollashtirishi yotadi. 
SHaxsning oʻziga nisbatan realistik, ongli munosabati uning shaxsiy “Men”iga 
yunaltirilgan emotsiyalarni boshqarish imkonini beradi. Oʻz-oʻziga baho berish 
umumiy xarakterga ega boʻlib, ularning “proeksiyasi” turli vaziyatlarda 
namoyon buladi. “Men obrazi” ijtimoiy rollarni qabul qilish va shaxsiy mavqeni 
tiklash bilan bogʻlik ravishda boshqa shaxslarning (bolalar, oʻquvchilar va 
boshqalarning) taraqqiyotini ta’minlashga yunaltirilgan boʻladi. Yetuklik 
davrida yetakchi faoliyat mehnat hisoblanadi.
Kasbiy faoliyatda orttirilgan tajriba muhim ahamiyatga ega. Muloqot va 
shaxslararo 
munosabatlarning 
axamiyatini 
kuchaytiruvchi 
oraliq 
va 
boshqaruvchi funksiyalar bilan bogʻliq xolda kasbiy xulq-atvorning yangi 


226 
shakllari rivojlanadi va namoyon buladi. Faoliyat soxasining doirasi kengayadi, 
yangi xulq-atvor strategiyalari yuzaga keladi, shaxsiy mexnat jarayoni va uning 
natijalariga hamda boshqa mutaxassislarga nisbatan mas’uliyatlilik hissi ortadi. 
Oilaviy hayotdagi barqarorlik, maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanib, bolalarga 
va qariyalarga yordam berishga boʻlgan extiyoj kuchayadi. Mexnat 
yuklamasining kattaligi, funksional zaxiralarning susayishi va unga nisbatan 
e’tibor hamda vaqtning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklashga sarflanishi 
natijasida shaxsda dam olishni tashkil qilinishi biroz cheklanadi. Demak, 
yetuklik davrining oʻziga xos tomonlari mexnat faoliyatining muhim ta’sir 
darajasi, hayotiy va mexnat motivlarining shakllanishi va amalga oshishi, 
adekvat “Men” - konsepsiyasining tarkib topishi, shaxsiy imkoniyatlarning 
shaxsiy maqsad va rejalar bilan muvofiqligi, ma’naviy-mazmuniy 
ustanovkalarning amalga oshishi bilan shartlangan shaxs tuzilishining turli 
komponentlarini progressiv rivojlanishida aks etadi. Qolaversa, bu davrda 
me’yoriy inqirozlar va shaxs deformatsiyasi kuzatiladi, bu esa shaxs 
taraqqiyotining pozitiv tendensiyasi buzilganligidan, xattoki, shaxs tuzilishidagi 
ayrim komponentlarning namoyon bulishi va holatiga hamda shaxs xulq-
atvoriga salbiy ta’sir qilayotganidan dalolat berishi mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin