Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Munosabatlarda va e’tiqotdagi madaniy tafovutlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Munosabatlarda va e’tiqotdagi madaniy tafovutlar 
Tildagi tafovutlar va metodlardagidan tashqari, tildagi madaniy guruhlar 
turli munosabatlarda va e’tiqodlarda bir biridan farqlidir. 
Turli yosh davrlarida shaxs psixik tarakkiyoti shaxs tuzilishining u yoki 
bu komponentlarining oʻziga xos sifatlari va bu jarayonning namoyon boʻlishini 
ayrim qonuniyatlari bilan cheklanib qolmasdan, aynan:

Turli 
psixik 
funksiyalar 
va 
xususiyatlarning 
taraqqiyotini 
nomuvofiqligi (ular oʻzlarining yuksalish chuqqisi, barqarorlik va inqiroz 
bosqichlariga ega), shu bilan birga taraqqiy etganlik qanchalik past bulsa, 
ikkilanish shunchapik kuchli buladi;

Shaxs hayot-faoliyati va psixik faoliyat funksiyalari hamda ta’lim tizimini 
roli va tuzilishining oʻziga xosligi orqali aniqlanuvchi shaxsning aloxida 
komponentlarini shakllanishining turli vaqtlarda sodir boʻlishi- geteroxronlik fazasi;


227 

Psixik faollik tizimini barqarorligini ta’minlovchi, vaqtga bogʻlik 
bulmagan xolda namoyon boʻluvchi rivojlanishning aloxida bosqichlarini 
beqarorligi;

Senzitivlik, ma’lum vaqt davomida tashqi ta’sirlarga nisbatan psixik 
funksiyalarning ta’sirchanligini ortib ketishi;

Taraqqiyotning divergentligi-konvergentligi - bunda psixik taraqqiyot 
jarayonining serqirraligini ortishi va saralashning ortishi bilan tavsiflanadi. Bu 
qonuniyatlar shaxs kasbiy shakllanishi va uning taraqqiyoti muammosi 
oʻrganilib chiqilgandan soʻng yuqoridagidek tasniflandi.
Kasbiy yetuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mexnat 
sub’yektining kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida koʻrib chiqish maqsadga 
muvofiqdir. Bu jarayon mexnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan 
bogliq, lekin u faqatgina operatsional soxa taraqqiyoti, bilim, koʻnikma va 
malakalarni oʻzlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balki S.L.Rubinshteyn, 
B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshkalarning tadqiqotlarini guvohlik 
berishicha, shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional 
tizimini shakllanishi bilan bogʻliq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini 
asosiy qonuniyatlari xaqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar 
ta’sirida uning dinamikasini boshqarish muhim rol oʻynaydi, buning natijasida 
shaxs oʻzini kasbiy faoliyat sub’yekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining 
ijtimoiy axamiyatlilik darajasini tushunadi. Shaxsning kasbiy shakllanish 
jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga 
yoʻnalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma- bosqich kashf qilinishi va uning 
alohida komponentlari hamda tuzilishining oʻzgarishini muhim manbasi boʻlib 
hisoblanadi. Mexnat sub’yektining kasbiy shakllanishi, shaxsning mutaxassisga 
aylanish jarayonida faoliyatning operatsional tomonini egallash qobiliyatini 
qidirish va yaratish, faoliyatning psixologik tizimi komponentlarini uzaro 
aloqasi va mazmunini oʻzlashtirishini oʻz ichiga oladi. Bu jarayonni 
boshqarishning asosiy mexanizmlaridan biri oʻzi hakidagi tasavvurlarning 
(“Men-konsepsiyasi”), “Men-mutaxassis” obrazi va mutaxassis modeli 
namunasining shakllanishi, qolaversa, bu tasavvurlarning muvofiqligi, ular 
orasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash va taxlil qilish hisoblanadi. Koʻrsatib 


228 
oʻtilgan sub’yektiv modellarning roli qator tadqiqotlarda oʻz aksini topgan 
boʻlib, ular: “stereotiplashgan kasbiy namunalar shaxs tajribasining toʻliq 
integratsiyasiga yoʻl qoʻymaydi, bu vaziyatda kasbiy shakllanish shaxs 
taraqqiyoti uchun toʻsiq boʻlib xizmat qilishi ham mumkin”, degan goyani 
tasdiqlaydilar. Faqatgina individuallashtirilgan, qolaversa, shaxsning individual 
xususiyatlarini inobatga olgan xolda yaratilgan kasbiy namunagina shaxs 
taraqqiyoti uchun xizmat qilishi mumkin, chunki ular muayyan bir shaxsning 
oʻziga xos xususiyatlari bilan muvofiq boʻladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin