Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Mehnat sub’yektining kasbiy shakllanish omillari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
4.2.4. Mehnat sub’yektining kasbiy shakllanish omillari
Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishini dinamik xarakterini
shaxsning oʻziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, 
undagi mehnat faoliyatining rolini, sub’yektning kasbiy shakllanishini oʻziga 
xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda bu jarayonni “professiogenez” atamasi 
bilan atash mumkin.
Professiogenezning markaziy nuktasida mexnat sub’yektining kasbiy 
shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng kulamda koʻrib chiqish maqsadga 
muvofiqdir: Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida - bu muayyan mexnat 
sub’yektining faollik darajasiga bogʻlik va yetakchi faoliyat xarakteriga 
asoslangan xolda aniq bir yosh davrida namoyon boʻladi. Psixik taraqqiyot eng 
avvalo, mexnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning 
faollashishi va aniq bir faoliyatning talablariga muvofiq ravishda shaxs 
qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi. Ikkinchidan, sub’yekt 
ijtimoiylashuvi sifatida - bu individ tomonidan ijtimoiy normalarning 
oʻzlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida 
qoʻllashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va 
ijtimoiy masalalarda namoyon boʻladi. Uchinchidan, sub’yektning kasbiy oʻzini 
oʻzi anglashi, oʻzini oʻzi namoyon qilishi sifatida - bu hayot faoliyati davomida 
kasbiy shakllanishiga zamin tayyorlaydigan oʻzini oʻzi anglash, uzini uzi 
boshqarish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali 
namoyon boʻladi. Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh 
davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va 


229 
shaxsning oʻzini oʻzi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga 
bogʻlik boʻladi. Toʻrtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida 
namoyon boʻladi va tavsiflanadi - bunda shaxs shakllanishining dinamik 
sharoitlari va uni shaxsiy xarakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi koʻrib 
chiqiladi. Kasbiy shakllanish jarayonini professiogenetik yondashuv asosida 
oʻrganish borasida bir kator tadqiqotlar olib borilmoqda va bu muammoning 
turli jixatlari keng doirada ochib berilmoqda. 
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs 
xulq-atvori va kasbiy soxasida oʻz aksini topib kelmokda. Yetuklik davridagi 
shaxslarni kasbiy sayta yunaltirish keng tarqalgan voqelikka aylangan. Oʻzini 
oʻzi anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda 
sub’yektlarning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, 
shakllangan shaxs tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, 
kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega 
boʻldi. Aytish mumkinki, shaxsning kasbiy shakllanishidagi individual farqlar 
mutaxassislarni kasbiy yetuklikka erishishlarining turli imkoniyatlarini belgilab 
beradi. Mexnat sub’yektining kasbiy shakllanishi taraqqiyot jarayoni sifatida 
mutaxassisning qator yakuniy natijalarga erishishi, ayniqsa, yukori darajadagi 
professionalizm, 
malakaga, 
kompetentlikka 
va 
yetuklikka, 
egaligida 
mujassamlashadi. Bu tavsiflarning xar biri kasbiy shakllanganlikning oʻziga xos 
xususiyatlarini, shaxs taraqqiyoti darajasi va xususiyatlarini, eng asosiysi, bu 
jarayonning natijalarini muxokama qilishda muhim axamiyatga egadir. “Kasbiy 
shakllanganlik” tushunchasi mexnat sub’yektining kasbga egalik qilish darajasi 
va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, koʻnikma, tajriba 
va mahoratlarning shakllanishi va namoyon boʻlishi asosida ishlab chiqarish 
samaradorligiga erishishi sifatida qoʻllaniladi. Mexnat sub’yektining aniq bir 
faoliyat soxasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga egaligi mehorat deb 
yuritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin