Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 OʻQITISH JARAYONIDA OʻQITUVCHINING IMKONIYATLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 
2.2. OʻQITISH JARAYONIDA OʻQITUVCHINING IMKONIYATLARI 
2.2.1. Oʻqitish jarayonini amalga oshirish maqsadlari 
Oʻqitish jarayonini amalga oshirish maqsadlari quyidagilardan iborat: 
ta’lim olayotgan va tarbiyalanayotgan shaxslarga ta’sir etish mexanizmini ochib 
berish; ta’lim olayotganlar tomonidan ijtimoiy madaniy tajribalarni oʻzlashtirish; 
ta’lim olayotganlarda turli vaziyatlardan chiqib ketish yoʻllarini oʻrgatish; 
pedagogik faoliyatning oʻziga xosligini oʻrganish, oʻqitishning qonuniyatlarini, 
mexanizmlarini oʻrgatish. Ta’lim-tarbiya jarayoni bir maqsadga qaratilgan 
ijtimoiy jarayon boʻlib, quyidagi toʻrt qismga boʻlinadi. – 
birinchisi,
tarbiyalash 
ta’lim jarayonida olib boriladi va uning barcha shakl va usullari, mazmunini 
yoritishga xarakat qiladi. 
S.L.Rubinshteyning 
fikriga 
koʻra 
―”Biz oʻqitish orqali tarbiyalaymiz, 
tarbiyalash 
orqali 
oʻqitamiz”; – 
ikkinchisi,
ta’lim 
ma’lum 
bir 
muassasa, tashkilotda olib boriladi; 
hamda 
tarbiyaning 
mazmuni 
va 
mohiyatini ochib berishga xizmat 
qiladi; – 
uchinchisi,
tarbiya ta’lim 
jarayonidan tashqarida – oila, mehnat 
jamoasi, 
guruh 
va 
jamoat 
muassasalarida amalga oshiriladi; 
– 
toʻrtinchisi,
tarbiya jarayoni klublar, madaniyat uylari, har xil toʻgaraklarda, 
ta’limning epizogik jihatlariga asoslangan holda olib boriladi. 
 S.L. Rubinshteyn.
1
Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 14-bet 


97 
Ta’lim jarayonini tashkillashtirishni oʻqituvchi amalga oshiradi. 
Respublikamiz hukumati ta’lim sohasida oʻrtaga qoʻyayotgan vazifalarni 
bajarish koʻp jihatdan oʻqituvchiga bogʻliq. Yangi iqtisodiy siyosatga oʻtish 
sharoitida 
ta’lim-tarbiyadan 
koʻzda 
tutilgan 
maqsadga 
erishish, 
oʻqituvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli 
e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib oʻstirish oʻqituvchi zimmasiga 
yuklatilgan. Oʻzining fidokorona mehnati bilan yosh avlodga ta’lim berish, 
tarbiyalash sifatini oshirishga hissa qoʻshayotgani ijodkor oʻqituvchilar soni yil 
sayin ortib bormoqda. Quyidagilar oʻqitishning asosiy didaktik vazifalari 
hisoblanadi: talabalarning oʻquv faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish; 
ta’lim oluvchilarda ijobiy oʻqish motivlarini shakllantirish va ularning ijodiy 
imkoniyatlarini oʻstirish orqali oʻqishga qiziqish uygʻotish; ta’lim oluvchilarga 
ishlarning turli xil usullari va oʻquv materiallarini tizimlashtirgan holda izohlab 
berish; oʻqituvchilarning metodik usullar va oqilona vositalardan keng ma’noda 
foydalanishi; ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, koʻnikma va malakalarini 
shakllantirish hamda kasbiy mahoratlarini takomillashtirish; tinglovchi va 
kursantlarning tayyorgarlik darajasini tekshirish, ularning bilim, koʻnikma, 
malaka va kasbiy sifatlarini baholash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin