Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 


178 
Tarafkashlikning yoʻqligi 
Tarafkashlik baholashni amalga oshirayotganda talabaning shaxsiy 
xarakteristikasi (masalan, jinsi, irqi yoki ijtimoiy kelib chiqishi) tufayli uning 
mehnatini buzib koʻrsatish orqali paydo boʻladi (Popham, 2005). Ikkita 
tarafkashlik baholash turi muhimdir: qoʻpollik va adolatsiz jazolash. Baholash 
tizimi qoʻpol boʻlishiga sabab koʻpincha testda salbiy stereotiplar borligidir. 
Misol uchun, sogʻlik darsining baholash tizimida barcha doktorlar erkak va 
barcha hamshiralar ayol deya tariflangan boʻlishi mumkin. Yoki ijtimoiy 
bilimlar sinfida Latinolar va Osiyoliklar tugʻma Amerikalik emas, balki 
imigrantlar deb aytilishi mumkin. Ushbu misollarda ba’zi ayollar, Latinolar va 
Osiyoliklar stereotiplardan tahqirlanishlari mumkin va testda yaxshi ishlay 
olmasliklari mumkin. 
Adolatsiz jazolash mavzular bir guruhni haqorat qilganida emas, balki, 
turlicha tajriba tufayli boʻlishi mumkin. Misol uchun, qaysidir sport bilimini 
baholovchi matematik mavzu guruhlarni oʻsha sport turidan behabar deya 
baholashi mumkin (masalan, imigrantlar uchun Amerika futboli). Yoki bir 
guruhga oʻz jamoalarining konsepsiyasiga simfonik orkestr yordamida modul 
yaratish buyurilsa, bu ish oldin orkestr ijrolariga qatnagan talabalar uchun 
osonroq kechishi mumkin – ehtimol, serob oilalardan chiqqan talabalarda. 
Adolatsiz jazolashlar faqatgina talabalar darsda yomon qatnashganida sodir 
boʻlmaydi. Masalan, fizikaviy ta’lim darsida qaysidir sport haqida muhokama 
qilib, keyin u haqda savol berish adolatsiz jazolash hisoblanmaydi, chunki bu 
savol sinfda oʻrgatiladigan bilimdan tashqari narsani qamramaydi.
Koʻp irqli sinfxonalarda ilk bora dars berayotgan oʻqituvchilar uchun 
murakkablik paydo boʻlishi mumkin, chunki ular guruh a’zolarini noqulay holga 
solmaydigan baholash tizimlarini yaratishlari kerak. Oʻqituvchilar talabalarning 
turli kelib chiqishlari kuchli ta;sir qilishini jiddiy oʻylab koʻrishlari kerak. 
Talabalar nima deyishini diqqat bilan tinglash va ularning kelib chiqish bilimlari 
haqida oʻrganish muhimdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin