177
turdagi testlarni tanlaganida yoki boshqa oʻqituvchi testni tekshirganida, baholar
oʻzgargan boʻlarmidi? Baholash talabalarning bir paytdagi mehnatining aniq
oʻlchamlaridan foydalangan holda ular haqda ma’lumot beradi.
Toki baholashdagi natijalar turli vaziyatlarda,
turli baholovchilarda yoki
turli vazifalarda (xuddi bir mazmunli sohada) barqarorligicha qolmasa,
natijalardagi ishonch pasayadi va talabaning bilimini oshirishda u foydali boʻla
olmaydi.
Aniqki, biz mukammal barqarorlikni umid qilolmaymiz. Talabalarning
xotirasi, diqqati, charchoqliklari, harakatlari va bezovtaliklari oʻzgarib turadi va
bu ularning ishiga ham ta’sir etadi. Hatto malakali baholovchilar yozma ish, fan
loyihasi yoki ogʻzaki prezentatsiya kabi ishlarni baholashda farq etadilar.
Shuningdek, soʻz tanlash va aniq mavzular dezayni
ham talabalar mehnatiga
ta’sir etadi. Biroq ba’zi baholash tizimlari boshqalariga qaraganda ishonchliroq
va shuningdek oʻqituvchilar ishonchlilikni oshira oluvchi bir qancha
strategiyalar ham mavjud.
Birinchidan, koʻproq mavzu yoki vazifalardan iborat baholash tizimining
ishonchlilik darajasi koʻproq. Buni tushunish uchun, ikkita test olaylik:
birida
beshta mavzu bor, ikkinchisida 50 ta mavzu bor. Imkoniyat faktorlari uzunroq
testga
qaraganda, kichikroq testga ta’sir qiladi. Agar talaba birinchi testdagi
mavzulardan birini tushunmasa, bu umumiy bahoga katta ta’sir oʻtkazadi (20
foizga kamayadi). Aksincha, 50 ta mavzuli testda bir mavzu tushunarsiz boʻlsa,
umumiy bahoga kamroq ta’sir boʻladi (faqatgina 2 foiz). Aniqki, bu testlar juda
uzun boʻlishi
kerak degani emas, ammo oʻrtacha va imkoniyat farqini
kamaytirishga yetadigan sonda mavzular qoplanishi kerak. Ikkinchidan, aniq
yoʻllanmalar va mavzular ishonchlilikni oshirishga yordam beradi. Agar
yoʻllanmalar va aniq mavzu va vazifalar soʻzlari noaniq boʻlsa,
u holda
talabalarning oʻzlari natija aniqligiga ta’sir etgan holda tahmin qilishlariga
toʻgʻri keladi. Uchinchidan, aniq baholash kriteriyalari
yuqori ishonchlilikni
ta’minlashda muhim hisoblanadi (Linn & Miller, 2005). Ushbu boʻlim soʻngida
biz baholash kriteriyalarini rivojlantirish uchun ishlatiladigan strategiyalarga
izoh beramiz.
Dostları ilə paylaş: