168
3.2.4. Kasbiy oʻz oʻzini aniqlash bosqichlari
Kasbiy oʻz oʻzini aniqlash bosqichni
P.A.Shavirning mulohazalariga
koʻra, shaxsning kasbiy oʻzligini aniqlashi qobiliyatning boʻlgʻusi kasbiy
talablarga mos kelishi, kasbga yaroqliligi boʻyicha oʻzini toʻgʻri baholashi,
irodaviy sifatlar saviyasini oʻstirishi, mehnatga muhabbatli boʻlishi va hayotiy
tajriba singari shaxslilik asoslari talab etilar ekan. Kasb muammosini oʻrganish
jabhalarining keng koʻlamdagi oʻz tadqiqot predmetiga egaligi bugunga qadar
amalga oshirilgan tadqiqot ishlarida kuzatiladi. Ushbu tadqiqotlarning bir necha
yil davomida olib borilganligi va ulardan olingan natijalar koʻlamining kengligi
e’tiborga molikdir. Ularning bugungi kungi izlanishlar yakunlari bilan
qiyoslanishi bu boradagi qoʻlga kiritilgan yutuqlarimizni boyitadi. Ammo
talabalar kasbiy tasavvurlarining kasbiy shakllanishga va kasbiy faoliyatga
muvofiqlashuviga ta’siri masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi. Shuningdek, qator tadqiqotlar mavjud boʻlib, ularda shaxs kasbiy
rivojlanishining psixologik jihatlariga asosiy e’tibor qaratilgan. Mazkur
masalalarga biz quyida alohida toʻxtalib oʻtamiz.
Ularning bugungi kungi izlanishlar yakunlari bilan qiyoslanishi bu
boradagi qoʻlga kiritilgan yutuqlarimizni boyitadi. Ammo talabalar kasbiy
tasavvurlarining kasbiy shakllanishga va kasbiy faoliyatga muvofiqlashuviga
ta’siri masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, qator tadqiqotlar mavjud boʻlib, ularda shaxs kasbiy
rivojlanishining psixologik jihatlariga asosiy e’tibor qaratilgan.
Kasbiy shakllanish.
Demak, kasbiy oʻz-oʻzini aniqlash kasb tanlash,
kasbiy tayyorgarlik masalalaridan xabardorlik, kasbiy yoʻnalganlik, kasbiy
yaroqlilik muhim komponentlarga boʻlinadi. Quyida ularga alohida-alohida
qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Kasbiy yoʻnalganlik inson shaxsi yoʻnalganligining
bir koʻrinishi hisoblanib, bu holat uning chuqur shaxs tuzulmalarigacha kirib
boradi. Kasbiy yoʻnalganlik insonning individual-psixologik va individual-
tipologik xususiyatlarigacha, uning qadriyatlar tizimiga, steriotiplariga,
qobiliyatlari va qiziqishlariga borib taqaladi. Kasbiy yoʻnalganlik tizimining
quyidagi funksiyalarini ajratib koʻrsak boʻladi:
169
5) Ijtimoiy funksiyasi deganda jamiyatning toʻlaqonli va teng huquqli
a’zosi sifatida ijtimoiy kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini beradigan
qadriyatlar, normalar va bilimlarning ma’lum tizimini oʻzlashtirish nazarda
tutiladi.
6)
Iqtisodiy
funksiyasi
deganda
xodimlarning
sifat
tarkibini
takomillashtirish, kasbiy faollikni yuksaltirish, ishlab chiqarish unumdorligini va
malakasini oshirish tushuniladi.
7) Psixolog-pedagogik funksiyasi deganda ma’lum kasbni tanlagan
kishining individual xususiyatlarini aniqlash, shakllantirish va inobatga olishni
tushunish mumkin.
8) Tibbiy fiziologik funksiyasi deganda sogʻliqqa va alohida fiziologik
xususiyatlarga nisbatan u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirishda zarur
boʻladigan talablarni hisobga olish nazarda tutiladi.
Shunday qilib kasbiy oʻzini-oʻzi aniqlash jarayonininng muhim
komponentlaridan biri hisoblangan - kasbiy yoʻnalganlikni hisobga olmaslik
insonning notoʻgʻri, oʻziga mos boʻlmagan kasbni tanlashga olib kelishi
mumkin. Bundan shaxsning oʻzi ham, jamiyat ham manfaatdor emas. Kasbiy
oʻzini-oʻzi aniqlashning muhim elementlaridan biri insonning kasbiy
yaroqliligidir. Ma’lumki, inson, masalan uchuvchi boʻlishga qiziqishi
mumkin.Boringki, uning kasbiy yoʻnalganligi ham toʻgʻri kelishi mumkin.
Biroq u kasbiy jihatdan yaroqsiz boʻlsa, tabiiyki bu kasbni tanlay olmaydi.
Demak, kasbiy yaroqlilik ham insonning kasbiy oʻzini-oʻzi aniqlashida muhim
oʻrin tutadi. Kasbiy yaroqlilikning ikki xil turi farqlanadi: mutloq kasbiy
yaroqlilik (bunda insondan maxsus qobiliyat talab qilinadigan kasblar uchun
yaroqlilik nazarda tutiladi)va nisbiy kasbiy yaroqlilik (bunda har qanday
sogʻlom inson uchun imkon darajasida boʻlgan kasblarga yaroqlilik nazarda
tutiladi). Kasbiy yaroqlilikni aniqlash boʻyicha ma’lum bir psixologik testlardan
foydalanishda analitik, sintetik va kompleks yondoshuvlardan foydalanish
mumkin. A.A. Stolyarov mazkur yondoshuvlarga quyidagicha ta’rif beradi: ―
Analitik yondoshuv alohida psixologik koʻrsatkichlarni oʻrganish va baholoshni
nazarda tutadi (masalan, diqqat, xotira, harakat kordinatsiyalari va h.). Bu
koʻrsatkichlar tanlangan kasb boʻyicha ta’lim va faoliyat muvaffaqiyatlari uchun
170
zarur hisoblanadi. Sintetik yondashuv yaxlit faoliyatni yoki uning muhim
elementlarini oʻrganishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham mazkur metod
darajasida turli xil apparatlardan foydalaniladi. Bu apparatlar yordamida butun
boshli kasbiy operatsiyalar modellashtiriladi. Kompleks yondashuv analitik va
sintetik yondoshuvlarning qoʻshiluvidan paydo boʻladi‖. Endi qisqacha kasb
tanlash bilan bogʻliq boʻlgan yoʻnalishlarga toʻxtalib oʻtamiz. Ulardan birinchisi
kasbiy ma’rifat hisoblanadi. Kasbiy ma’rifat deb tanlanadigan kasb haqida,
uning ijtimoiy-psixologik va boshqa jihatlari haqida bilimlarni uzatishga
aytiladi. Shuning uchun ma’lum kasbni tanlash jarayonida shu kasb haqida,
uning talablari va imkoniyatlari haqida qancha koʻp ma’lumotlarga ega
boʻlishlik shu kasbni tanlashda toʻgʻri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Darhaqiqat kasbni tanlash jarayonida kasblar olami haqidagi bilimlar, qanday
qilib tanlash haqidagi bilimlari har qanday endigina hayot yoʻlining boshida
turgan oʻspirin uchun juda foydali hisoblanadi. Keyingi yoʻnalish – kasbiy
maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi vazifalarni bajarishni oʻz oldiga
maqsad qilib qoʻyadi: A) Lugʻaviy - ma’lumot berish vazifasini bajaradi. Bu
ma’lumotlar ishga joylashish kanallari, ishga kirishga qoʻyiladigan talablar, turli
xil kasblarni egallash imkoniyatlari, kasbiy oʻsishning kelajakdagi yoʻnalishlari
haqida ish axtaruvchiga xabar beradi.
B) Diagnostik vazifani bajaradi. Bunda kasb tanlash sub’yekti shaxsini
uning ma’lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nuqtai-
nazardan oʻrganish haqida gap ketadi. Biz oʻz tadqiqotimizda ham mazkur
masalaga e’tiborimizni qaratganmiz. V)Korreksion vazifani bajaradi. Kasb
tanlash sub’yektining imkoniyatlariga uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab
oʻzgartirish korreksiya deb ataladi. Shunday qilib, kasbiy oʻzini-oʻzi aniqlash
oʻzida quyidagi psixologik muammolarni mujassamlashtiradi: kasb tanlash,
kasbiy yoʻnalganlik, psixologik tayyorgarlik masalalaridan xabardorlik.
Dostları ilə paylaş: |