Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


Munosib baholash texnikalarini tanlash I: yuqori sifatli baholash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

Munosib baholash texnikalarini tanlash I: yuqori sifatli baholash 
tizimlari. 
Baholash yuqori sifatli boʻlishi uchun u yaxshi yaroqlilik va ishonchlik 
xususiyatlariga ega boʻlishi, shuningdek, tarafkashlikdan yiroq boʻlishi lozim. 
Yaroqlilik 
Yaroqlilik bu berilgan individuallar guruhi uchun “baholash natijalarining 
qoʻllanilishi va izohlari yetarliligi va munosibligi” tahlilidir (Linn & Miller, 
2005, p. 68). Misol uchun, imigrantlarga berilgan matematik kasr boʻyicha test 
natijalari ularning kasrni tushunganligini anglatadi deya xulosa qilish oʻrinlimi? 
Oʻqituvchi oʻz kuzatuvlaridan kelib chiqqan holda, bogʻcha oʻquvchisi Jasmin, 
oʻqituvchining ogʻzaki koʻrsatmalariga tshunmasligi uchun, e’tibor tanqisligi 
kasalligiga chalingan deb xulosa qilishi oʻrinlimi? Har ikkala vaziyatda ham 
boshqacha mulohazala boʻlishi mumkin, masalan, imigrantlar matematikaga 
qaraganda ingliz tilidan sustroq boʻlishlari va Jasminning eshitish qobiliyati 
zaiflashgan boʻlishi mumkin. 
Shuni tushunish kerakki, yaroqlilik talqinga ham aloqador va u baholash 
protsedurasidan emas, balki, uning natijalaridan foydalanadi. Masalan, kasrga 
doir xuddi shunday test natijalari toʻgʻrisida qaror chiqarish faqatgina 
talabalarning bari ingliz tilini yaxshi tushunsagina yaroqli boʻlishi mumkin. 
Oʻqituvchining talaba e’tibor tanqisligi kasalligiga chalingan deb hisoblashi 
faqatgina talaba eshitish apparatlari va boshqa kasalliklarga tekshirilganidagina 
toʻgʻri kelishi mumkin (shunga qaramay, kasalliklar tasnifi faqat bitta oʻqituvchi 
tomidan qoʻyilmaydi). Yaroqlilik tahlillar va baholash natijalari tasdiqlanganligi 
darajasi haqida umumiy qaror chiqarishni oʻz ichiga oladi. Yaroqlilik bu daraja 
masalasidir (masalan, yuqori, oʻrta yoki past yaroqlilik), u keskin rad yoki qabul 
emas (masalan, butunlay yaroqli yoki yaroqsiz) (Linn & Miller, 2005). 
Yaroqlilikni baholashda uchta dalil manbaalari hisobga olinadi – mazmun, 
konstruksiya va taxminiy. Mazmun yaroqlilik dalili quyidagi savol bilan bogʻliq: 
Baholash tizimi oʻz ichiga mazmun va vazifalarni qanchalik yaxshi qamraydi? 
Masalan, tasavvur qiling, sizning ta’limiy psixologiya instruktoringiz oraliq test 
oʻylab topdi va sizga bu test oʻz ichiga qoʻllanmadagi birdan yettigacha boʻlgan 
boʻlimlarni qamrashini aytdi. Aniqki, testdagi barcha mavzular sizning 


175 
metodlaringiz yoki madaniyat darsliklaringizdan emas, balki ta’limiy 
psixologiya mazmuniga asoslangan boʻlishi kerak. Shuningdek, mavzular 
barcha yettita boʻlim mazmunini qamrab olishi kerak, faqatgina uchdan 
yettigacha boʻlganlarini emas – agar instruktoringiz shu boʻlimlar muhimroq 
ekanligini aytmasa. 
Oʻqituvchilar mazmun yaroqliligiga asoslangan dalil yigʻishni 
boshlashdan avval, ular oʻz maqsadlari va vazifalarini aniqlashtirib olishlari 
kerak. Mazmun yaroqliligi baholash tizimi oʻqituvchi (yoki test tuzuvchi) 
tomonidan baholangan vazifalarga munosib ekanligi darajasini belgilaydi va ular 
oʻzlarining maqsad va vazifalarini tasvirlaydilar (Linn & Miller, 2005). 
Oʻqituvchilar baholash vazifalarini yaratayotganda, mazmun yaroqliligi haqida 
ham oʻylashlari muhimdir. Buni qilishning usullaridan biri esa tavsilotlar 
jadvalini yaratishdir. Pensilvania shtati 3-sinf geografiyasiga asoslangan namuna 
quyida keltirilgan. Chap tomondagi ustunda 20 mavzuli test uchun koʻrsatmali 
mazmun keltirilgan va oʻqituvchi buni ikki xil koʻrsatmali vazifa (tanishtirish va 
samara)lar yordamida barpo etmoqchi. Ikkinchi va uchinchi ustunlar har bir 
mazmun hududi va har bir koʻrsatmaviy vazifalar uchun atalgan mavzular sonini 
belgilaydi. Agar kuzatsangiz, oʻqituvchi oltita mavzuni geografik tasvirlar sub-
hududiga bagʻishlagan – har qanday sub-hududdanda koʻproq. Tafsilotlar 
jadvalini yaratish oʻqituvchilarga ba’zi mazmun yoki konsepsiyalar haddan 
tashqari koʻp namunalashtirilganligini (masalan, haddan tashqari koʻp mavzular) 
va ba’zilari haddan tashqari kamligini (masalan, haddan tashqari kam mavzular) 
koʻrishda yordam beradi. 
Konstruksiya yaroqlilik dalili mazmun yaroqlilik dalilidan ancha 
murakkabroq. Odatda biz talaba ishlari borasida kengroq qarorlar qabul qilishga 
qiziqamiz va kasr kabi aniq qobiliyatlari bizni unchalik qiziqtirmaydi. E’tibor 
asosan matematik mulohaza yoki oʻqish mashqlariga qaratilgan boʻlishi 
mumkin. Konstruksiya bu biz xulq-atvorni tushuntirib berish uchun yaratilgan 
deb hisoblovchi odam xarakteristikasidir. Misol uchun, biz havotirlanish testi 
konsepsiyasini ishlatamiz, va bunda nima uchun individuallar test paytida 
e’tiborlarini bir yerga jamlashda qiynalishlarini, terlash kabi fiziologik 
reaksiyalarga uchrashlarini va testni oddiy sinf vazifasiga qaraganda yomonroq 


176 
bajarishlarini tushuntirib beramiz. Shu tarzda, matematik mulohaza va oʻqish 
mashqlari konstruksiyalardir va biz ulardan baholashdagi ishlarni izohlashda 
foydalanamiz. Konstruksiya yaroqliligi bu baholashdagi ish izohlana oladigan 
va konstruksiyaga boshqa nomunosib faktorlar ta’sir etmagan oʻlchovni aniqlash 
jaronidir. Misol uchun, Yuqori keltirilgan imigrantlarning ingliz tilida 
matematik mulohaza testi haqidagi qarorlar ingliz tiliga bogʻliq boʻlganda 
pastroq yarorlilikni tashkil etgan boʻlardi, lekin bu narsaning matematikaga 
aloqasi yoʻq. Xuddi shunday tarzda, semestr soʻngidagi imtihonlar ham oddiy 
vazifalarga qaraganda test paytida koʻp havotirlanadigan talabalar uchun ogʻir 
kechadi. Oʻqituvchilar talabalar mehnatiga ta’sir etuvchi ammo baholanayotgan 
konstruksiyaga nomunosib boʻlgan faktorlarni kamaytirgan holda konstruksiya 
yaroqliligini oshirishga yordam berishlari mumkin. Bu faktorlar bezovtalik, 
ingliz tili qobiliyatlari va oʻqish tezligidan iborat (Linn & Miller 2005).
Yaroqlilik dalilining uchinchi shakli bu kriteriyaga asoslangan 
yaroqlilikdir. AQShdagi tanlov orqali oluvchi kollejlar ACT yoki SAT 
dasturlaridn foydalanishadi chunki ushbu standardlashtirilgan testlar birinchi 
kurs talabalarini topishda yordam beradi, masalan, ularda yuqori kriteriyaga 
asoslangan yaroqlilik mavjud. Ba’zi maktablar kuzgi semetrda talabalarga 
matematika yoki oʻqish boʻyicha testlar berishadi, shu bilan ular qaysi talabalar 
bahor paytidagi shtat imtihoniga tayyor va qaysilari yordamga muhtojligini bilib 
olishadi. Agar kuzgi testlar talabalarning mehnatini aniq belgilay olmasa, 
keyinchalik kerak boʻlmagan talabalarga kriteriyaga asoslangan yaroqlilik 
toʻgʻrisida qoʻshimcha yordam berilishi mumkin.
1

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin