166
munosabatlar tizimiga bogʻlanishi bilan xarakterlanadi. 5. Mehnatda oʻzini
koʻrsatish bosqichi (qisman yoki butunlay) kasbiy mehnatga taalluqli boʻlgan
talablarning (kutilmalarning) bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan bogʻliq
holda
kechadi. Shunday qilib, kasbiy jihatdan oʻz oʻzini
aniqlash - shaxs kasbiy
faoliyatining barcha davrlarini, ya’ni kasbiy intilishning paydo boʻlishidan tortib
to mehnat faoliyatidan butunlay ozod boʻlgungacha boʻlgan davrlarni oʻzida
mujassamlashtirgan jarayondir. Aytish mumkinki,
u insonning butun hayot
yoʻlini qamrab oladi. Albatta, bu jarayonning eng muhim bosqichlaridan biri
kasb tanlash amalga oshiriladigan bosqichdir. Toʻgʻri
tanlangan kasb, bir
tomondan, shaxsning ichki imkoniyatlariga mos tushadi va uning insoniy baxti
hamda
kamolotini belgilaydi, ikkinchi tomondan esa yaxshi kasb egasining
samarali mehnati ta’sirida jamiyat rivoji jadallashadi.
Dostları ilə paylaş: