Хорижий филология. №2, 2017 йил
75
Farruxiy Siistoniy o‗zining yuqoridagi
g‗azalida jonlantirish san‘ati asosida Quyosh,
Oy va bir qator osmon jismlari – yulduzlarni
jonlantirib, ularga insoniy xususiyatlar va
sifatlarni berib, Oy misolida ishq yo‗lida
g‗aribu notavon oshiq timsolini yaratadi.
G‗azalda Oy o‗z mashuqasi diydorini
ko‗rolmay xasta va ozor chekkan inson
qiyofasida namoyon bo‗ladi. Mashuqasi
Quyosh vasliga etishganidan keyin Oy ikki
kunu ikki tun uning didoriga to‗ymay u bilan
bazmu jamshid qilib, atrofida parvona bo‗lib,
visol oqshomlaridan bahramand bo‗ladi.
Osmon yulduzlari Oyning bu ishidan ogoh
bo‗ladi va Oy buning natijasida hijolat
chekadi. Atoqli shoir Farruxiy Siiston
iy
g‗azalda Oyning tutilish holati voqeasini
bayon etish jarayonida mufassal tashxis
turidan foydalanadi. Shoir tabiatning oddiy
bir hodisasini lirik timsollar bilan ifodalab,
o‗quvchi qalbini o‗zining poetik mahorati
bilan to‗lqinlantiradi.
X-XI asrlarda fors-tojik mumtoz
adabiyotining atoqli shoirlari ijodiyotida
tabiatning go‗zal manzaralari tasviri, turli
mevalar, Mehrjon, Navro‗z, Sada singari
xalq bayramlari tavsifi katta ahamiyatga ega
edi. Shoirlar o‗zlarining turli xalq bayramlari
va tabiat unsurlari haqidagi she‘rlarini sahli
mumtane‘, ya‘ni Xuroson uslubida turli
badiiy san‘atlar ishtirokida mohirlik bilan
bayon
etganlar.
Shoirlarning
tabiat
manzaralari haqidagi she‘rlarida ko‗pincha
so‗z san‘atlaridan tashxis, tavsif, mubolag‗a,
istiora va tashbihdan foydalanib kelganlar.
Xususan, mazkur davr shoirlari ijodida turli
hayvonlaru
qushlar,
mevalar,
tabiat
manzaralari
va
peyzajlarini
tasvirlash
jarayonida tashxis va jonlantirish san‘atining
o‗rni nihoyatda beqiyosdir. Buning misolini
biz somoniylar va g‗aznaviylar adabiy
muhitining
atoqli
shoirlari
Rudakiy
Samarqandiy, Bashshori Marvaziy, Farruxiy
Siistoniy,
Manuchehriy
Domg‗oniy va
Unsuriy
ijod
namunalarida
bevosita
ko‗rishimiz mumkin.