214
T.S.Malikov, N.H.Haydarov
13-BOB. MOLIYAVIY HISOBOTLARDA MOLIYAVIY
KOEFFITSIYENTLARDAN FOYDALANISH
Moliyaviy hisob va buxgalteriya hisobining asosiy prin-
siplari va amaliy normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qa-
ramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida
uning moliyaviy
ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risi-
da ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga kompaniya ning
bo‘lajak ishini tahlil qilish va istiqbollarini belgilashda al-
batta, asqotadi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari aso-
sida kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil
qilishda bir qator maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi
va bu koeffitsiyentlar yordamida turli kompaniyalar ko‘rsat
-
kichlarini yoki bitta kompaniyaning turli yillardagi ko‘rsat-
kichlarini taqqoslash mumkin.
Mazkur
koeffitsiyentlardan foydalanib, firma faoliyati
samaradorligining quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil
ilish mumkin:
1.
Rentabellik (profitability).
2. Aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover).
3. O‘z mablag‘i yoki qarz olingan mablag‘lardan moli-
yalashtirish yoki moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (fi
-
nancial leverage).
4. Likvidlik (liquidity).
5. Bozor qiymati (bahosi) (market value).
13.1jadvalda (navbatdagi betga qarang) ushbu koeffi
tsi yentlarning barchasi va “XYZ”
korporatsiyasi uchun
ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan.
254
Jadvalda birinchi bo‘lib,
rentabellik
(yoki
daromadli-
lik
) koeffitsiyenti keltirilgan. Tahlil davomida firma sotish
rentabelligi koeffitsiyentini (return on sales), uning aktivlari
rentabelligi (return on assets) yoki kapital daromadliligi-
ni (return on equity) aniqlash mumkin.
Birinchi va ikkin-
254
Mazkur bobda qator hollarda ba’zi terminlarni ifodalashda sinonim-
lardan foydalanamiz. Bu o‘quvchiga terminlarning turli variantlarini
ko‘rsatish uchun qilinadi. – Mualliflar eslatmasi.
Moliya
215
chi holatda foyda ko‘rsatkichi sifatida foizlar va soliqlarni
to‘lashdan oldingi korporatsiya foydasi olinadi (EBIT – earn-
ings before interest and taxes), oxirgi holatda esa –
sof foy-
da olinadi. Bundan tashqari agar moliyaviy koeffitsiyentni
hisoblab chiqish uchun asos bo‘ladigan bitta ko‘rsatkich
kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hi-
sobotdan olingan bo‘lsa, demak ma’lum davrni ifodalaydi.
Ikkinchi komponent esa balansdan olinadi va kompaniya-
ning ma’lum vaqtdagi moliyaviy ahvolini aks ettirsa, u hol-
da odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans ko‘rsatkichlarin-
ing o‘rtacha arifmetik soni (qiymati) hisoblab
chiqariladi va
bu son maxraj sifatida ishlatiladi.
Bundan keyin jadvalda
aktivlar aylanuvchanligi
koeffi
tsiyenti keladi. Ular yordamida firma daromad olish maqsa
-
dida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali foydalanayotganini
aniqlash mumkin. Aktivlar aylanuvchanligi –
bu umumiy
mezon. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi va tovar-moddiy
zaxiralar aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni
baholash uchun qo‘llaniladigan maxsus mezonlardir.
Shuningdek, jadvalda
moliyaviy “dastak”
koeffitsiyent
-
lari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular firma kapitali tuzilmasini va
firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi darajasini aks etti
-
radi. Qarzdorlik koeffitsiyenti kapital tuzilmasini o‘lchashga
xizmat qiladi. Foizlarni qoplash koeffitsiyenti yordamida esa
firmaning foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ko‘tara
olish
qobiliyatini o‘lchash mumkin.
13.1jadvaldagi to‘rtinchi guruh koeffitsiyentlari
likvidlik
koeffitsiyentlaridan tashkil topgan. Bu koeffitsiyentlar firma
o‘zining qisqa muddatli majburiyatlari bilan bog‘liq xara-
jatlarni qoplashga yoki o‘z hisob varaqlari bo‘yicha to‘lashga
va shundan keyin to‘lovga qodir bo‘lib qolishini baholash
uchun ishlatiladi. Likvidlik darajasini baholashga xizmat
qiladigan asosiy koeffitsiyentlar – bu joriy likvidlik koeffi
tsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan kritik baholash
koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib,
ular yordamida eng yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar:
pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari baholanadi.