99
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
YANGI
O‘ZBEKISTON
RIVOJIGA
TA’SIRI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
1.
Nasirova Sh.N., Makhmudova M.A., Abdullaeva D.A. Efficiency of computer technology
in teaching foreign languages ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal
Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13, p 1443-1450
2.
Nasirova Sh.N., Makhmudova M.A., Kholmurodova Z.N., Karimova N.A.
Specific
features of using the multimedia system in the educational process Asian Journal of
Multidimensional Research (AJMR), 10.5958/2278-4853.2020. 00201.3, Impact Factor : SJIF 2020
= 6.882, r. 40-46
100
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
YANGI
O‘ZBEKISTON
RIVOJIGA
TA’SIRI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
TA’LIMGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH TIZIMNI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
Yodgorov G’ayrat Ro’ziyevich –
NDPI, dotsent
Qo’chqorova Surmaxon Suvonovna –
NDPI, katta o’qituvchi
Nasirova Shaira Narmuradovna
–
NDPI, professor
Annotatsiya:
Hozirgi davrda ta'limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi,
mana shu sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Internet
leptoplar ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha yanada kattaroq
imkoniyatlar yaratib berdi.
Kalit so’zlar:
pedagogika, onlayn ta’lim, masofaviy ta’lim, axborot, texnologiya, innovatsiya.
Oliy ta’lim tizimi rivojiga qaratilgan muhim hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-
sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni bo‘lib, unda oliy ta’lim
jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish
tizimni rivojlantirishning
ustuvor yunalishlaridan biri sifatida qayd etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, oliy ta’lim tizimiga
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini
maqsadli tadbiq kilish, shu orqali ta’lim sifati va
samaradorligini oshirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Ta'lim tizimi, oʻquv jarayoni va oʻqitish usullari boʻyicha tashkil etilgan tizimdir. Bu tizim,
oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun qoʻllanma va qoidalarni ma'lum qiladi. Ta'lim tizimi, mak
tab,
kollej, instituti
, universitet va boshqa ta'lim muassasalari kabi oʻquv markazlarida amalga oshiriladi.
Bu tizim orqali oʻquvchilar nazariy bilimlarni oʻrganishini yanada yaxshilashadi va amaliyotga
taalluqli mahoratlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Milliy ta’limni takomillashtirish jarayonida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni yildanyilga
ortib
bormoqda, ularning joriy etilishi ta’limni modernizatsiya va rivojlantirish, shuningdek,
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish va ta’limni ilm
-fanga
olib borishga xizmat
qilmoqda. Shu bilan birga, bunday texnologiyalar ta’lim faoliyatiga mavjud yondashuvlarni qayta
ko’rib chiqishni, shuningdek ularning jamiyat va alohida ijtimoiy guruhlarga ta’sirini tahlil qilish
ni
talab qiladi. Shu munosabat bilan ta’limni raqamlashtirish va uning ijtimoiy oqibatlarini o’rganish
ilmiy tadqiqotning juda dolzarb yo’nalishi bo’lib ko’rinadi.
Ta’lim sohasi eng tez rivojlanayotgan, mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb
etadigan, zamonaviy axborot texnologiyalari, hamda raqamli resurslarni talab qiladigan istiqbolli
tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalar hamda