ta’minlanadi va
chiqishda ham musbat, ham manfiy signal olish imkoniyati yuzaga
keladi. Real OKlarda kuchlanish manbai qiymati yo3 V ÷ yo18 V oralig‘ida
yotadi. Signal umumiy shinaga ulangan simmetrik signal manbaidan 1 va 2
kirishlarga, yoki ikkita alohida manbalardan uzatilishi mumkin. Bu kirishlardan
biri inverslaydigan kirish va umumiy shinaga, ikkinchisi esa – inverslamaydigan
kirish va umumiy shinaga ulanadi.
OK doim teskari aloqa zanjirlari bilan qamrab olinagan bo‘ladi. Teskari aloqa
zanjiri turiga ko‘ra OK analog signallar ustidan turli amallarni (operatsiyalarni)
bajarishi mumkin. Bunday amallarga yig‘indi olish, integrallash, differensiallash,
solishtirish, logarifmlash va boshqalar kiradi. Shuning uchun bunday
kuchaytirgichlar –
operatsion
deb ataladi.
OK ideal kuchaytirgich element hisoblanadi va butun analog elektronikaning
asosini tashkil etadi. OK yetarlicha murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, yagona
kristall
yuzasida bajariladi va birvarakayiga ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. Shuning
uchun OKni diod, tranzistor va x.z. kabi elektron sxemalarning sodda elementi
kabi qarash mumkin. Hozirgi kunda OKlarning yuzlab turi ishlab chiqariladi,
kichik o‘lchamga ega va juda arzon hisoblanadi.
Katta kuchaytirish olish uchun OKlar ikki yoki uch bosqichli o‘zgarmas tok
kuchaytirgichlari asosida quriladi.
OKlarda kirish bosqichi sifatida differensial kuchaytirigich qo‘llaniladi, bu
kuchaytirish dreyfini maksimal kamaytirishga va ancha yuqori kuchaytirish olishga
imkon yaratadi. U bilan kuchaytirgichning yuqori kirish qarshiligi, sinfaz
signallarga sezgirlik va siljish kuchlanishi aniqlanadi. Oraliq (muvofiqlashtiruvchi)
bosqichlar kerakli kuchaytirishni ta’minlaydilar va
differensial kuchaytirgich
chiqishidagi kuchlanish siljishini nolga yaqin qiymatgacha kamaytiradi. Oraliq
bosqichlarda differensial kuchaytirgichlar kabi, bir bosqichli kuchaytirgichlar ham
qo‘llaniladi. Chiqish bosqichlari OKning kichik chiqish qarshiligi va katta chiqish
quvatini ta’minlashi kerak. Chiqish bosqichlari sifatida
odatda AV rejimda
ishlaydigan komplementar emitter qaytargich qo‘llaniladi.
Birinchi avlod operatsion kuchaytirgichlari, masalan K140UD1, uch bosqichli
tuzilmasi sxema asosida
n–p-n
tranzistorlarda bajarilgan. Birinchi kuchaytirish
bosqichi klassik differensial kuchaytirgichda bajarilgan (DK rasmiga qarang).
Ikkinchi bosqich ham differensial kuchaytirgichda bajarilgan bo‘lib, bu bosqichda
BTG qo‘llanilmaydi. Chiqish bosqichi
A
rejimida
ishlaydi, ya’ni emitter qaytargich
vazifasini bajaradi. Mazkur operatsion kuchaytirgichlarninng kamchiligi bo‘lib
uncha katta bo‘lmagan kuchaytirish koeffitsiyenti (
KU0
=300÷4000) va kichik
kirish qarshiligi (
RKIR
4 kOm) hisoblanadi.
Aytib o‘tilgan kamchiliklar
Dostları ilə paylaş: